Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARNI MILLIY-MA’NAVIY TARBIYALASHDA UMUMIY PEDAGOGIKANING AHAMIYATI
UMUMIY PEDAGOGIKANING AHAMIYATI · Mubdi’ma G‘ulomjonova – FarDU talabasi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘quvchilarni milliy-ma’naviy tarbiyalashda umumiy pedagogikaning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Milliy qadriyatlar, urf- odatlar va an’analarni yosh avlod qalbiga singdirishda pedagogik tamoyillar asosida olib boriladigan tarbiya jarayonining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, umumiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi, zamonaviy yondashuvlar va tarbiyaviy metodlar orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik, axloqiy fazilatlar va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi, pedagogik jarayonni samarali tashkil etishning milliy-ma’naviy tarbiyadagi o‘rni asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: Milliy tarbiya, ma’naviyat, axloqiy fazilatlar, umumiy pedagogika, didaktik o‘yinlar, interfaol metodlar, o‘quvchilarni tarbiyalash, pedagogik jarayon, mehnat tarbiyasi, vatanparvarlik. Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rni beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va uning xulq-atvorini bosqichma-bosqich malakaga aylantirish va asosiy kompetensiyalarni shakllantirish zarur. Bugungi kunda ta’limning zamonaviy modeli jamiyatda erkin fikrlovchi shaxsni shakllantirishga olib kelmoqda. U real maqsad va irodaga ega insonlarni tarbiyalash imkoniyatini beradi. Ta’lim va kadrlar tayyorlash zamon talablari asosida muttasil rivojlanib, yangilanib bormoqda. Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuterlashtirish, iste’mol mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda. Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi. Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o‘z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so‘zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo‘y–basti, ko‘rinishi, kiyinishi va hatti– harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu– istaklari, intilishlari, his-tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog‘liq bo‘lib bir-birini to‘ldiradi. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas, https://scientific-jl.com/wsrj 3 6 9 Volume-40_Issue-2_June-2025 World scientific research journal balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O‘zbekistron Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Bugungi kun ta’lim tizimining maqsadi o‘zgarishlar, yangilanishlar sharoitida mustaqil holda o‘ziga to‘g‘ri yo‘l topa oladigan, barcha imkoniyatlarning yuzaga chiqara oladigan erkin ijodkor shaxsni-barkamol yoshlarni tarbiyalashdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida, ta’lim tizimida ham yangilanishlar zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bugungi kun talabiga javob bera oladigan zamonaviy darslarning asosiy shartlari uning qiziqarli o‘tilishi, o‘quvchilarni zerikmasligidir. Bilim oluvchini mustaqil o‘qibo‘rganishiga undaydigan bunday darslarda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyatga egadir. O‘yinlar orqali o‘quvchining faolligi ortadi, ijodiy imkoniyatlari ro‘yobga chiqadi. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari; aqliy harakatli va aralash o‘yinlaridan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, psixologik,estetik, badiiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinlar o‘quvchilarni ichki imkoniyatlarini ishga tushirishga o‘ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga,ijodkorlikka undaydi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish , hisoblash, o‘lchash, yasash,kuzatish, xulosa chiqarish, solishtirish, mustaqil qaror qabul qilish, nutq o‘stirish, til o‘rganish va yangi bilimlar olish faoliyatini rivojlantiradi. Didaktik o‘yinlar turlarini tanlashda o‘qituvchi quyidagi mezonlarga rioya qilishi zarur: - ishtirokchilarning tarkibi bo‘yicha (o‘gil bolalar, qizlar yoki aralash); - O‘quvchilarning soni bo‘yicha (yakka, guruhli,juftlik, kichik guruh va hk); - O‘yin jarayoni bo‘yicha (fikrlash, o‘ylash, topag`onlik,harakatlar,musobaqa, berlashuv) - Vaqt meyori bo‘yicha (dars davomida, ma’lum vaqt oralig`ida, g`olib aniqlanguncha va hk). O‘yinlarni qo‘llashdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilarga uning shartini tushuntirishi va imkon qadar birgalikda bajarishi lozim. Buning uchun o‘qituvchining o‘zi o‘yin shartini obdon o‘rganishi, uni o‘quvchi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘quvchilarni milliy-ma’naviy tarbiyalashda umumiy pedagogikaning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘quvchilarni milliy-ma’naviy tarbiyalashda umumiy pedagogikaning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mehnat tarbiyasi, axloqiy fazilatlar, Kalit so‘zlar: Milliy tarbiya, o‘quvchilarni tarbiyalash, ma’naviyat, didaktik o‘yinlar, interfaol metodlar, pedagogik jarayon, vatanparvarlik., umumiy pedagogika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025