Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QILICHBOZLARNING JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJALARINI OSHIRISH BO‘YICHA USLUBLAR
BO‘YICHA USLUBLAR · Kadirimbetov Rashid Nietbaevich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
By promoting the development of fencing in the Republic of Karakalpakstan, the government can contribute to the physical, mental, and social well-being of its youth, while fostering a sense of national pride and international integration. Keywords: Young fencers, Training process, Step-by-step planning, Methodological principles, Physical training, Psychological training, Competition experience, Qualified coaches, Sports equipment, Karakalpakstan, Sports infrastructure, Sports psychology, Medical support, Individual approach, Motivation. Kirish: Sportchilarni tayyorlash tizimining takomillashtirilishi qilichbozlik turlarida texnika va taktikaning rivojlantirilishini va musobaqalarni o‘tkazish tizimlarini oldindan prognozlashga asoslanadi. O‘z navbatida, alohida sportchilarni tayyorlashni tuzib chiqish ularning erishgan yutuqlarini hisobga olish va Shuningdek, o‘zlashtirilgan mashg‘ulotlar mashqlari hajmi hamda musobaqa yuklamalari bilan belgilanadi. Bundan tashqari, qilichbozlarning yakka tartibdagi morfo– fuknsional o‘ziga xos tavsiflari ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, jumladan ularning sezilarli darajadagi yuklamalarga bardosh bera olish qobiliyati va rasmiy turnirlarda kutilgan ko‘rsatkichlarga erisha olish holatlari e’tiborga olinadi. [4; 302-b.] Qilichbozlarning tayyorgarligini modellashtirish quyidagi holatlarni hisobga olishga asoslanishi talab qilinadi: – Asosiy musobaqalarda g‘alabaga erishish uchun talab qilingan sport natijalari; – Rejalashtirilgan natijalarning ro‘yobga oshirilishi vaqtida sportchilarning yoshi va sport faoliyati bilan shug‘ullanish davri davomiyligi (staji); 1524 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 – Sportchilar salomatligining holati, ularning organizmining musobaqalarga xos bo‘lgan ta’sirga barqarorligi, Shuningdek turli xil kasalliklar va jarohatlanishlarga nisbatan chidamliligi; – Morfo–funksional belgilar (bo‘y, tana vazni); – Kutilgan natijalarga erishish imkonini beruvchi – jismoniy va ruhiy jihatdan tayyorgarlik darajasi; Mavzuning dalzarvligi: Jangni olib orish vositalarining tarkibi va ularning qilichbozlarda yakka tartibdagi o‘ziga xos xususiyatlarga muvofiqlik darajasi, bajariluvchi usullar strukturalarining musobaqa sharoitida sindiruvchi ta’sir ko‘rsatiuvchi omillarga nisbatan barqarorligi kabi holatlar orqali ifodalanuvchi – texnik jihatdan tayyorgarlik darajasi; – Turli xil jang vaziyatlarida harakatlardan foydalana olish, jangning ziddiyatli sharoitlarida belgilangan maqsadlarni ro‘yobga oshira olish darajasi va Shuningdek, musobaqa vaziyatlari va raqibning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holatda taktikani o‘zgartira olishni bilish darajasi bilan belgilanuvchi, taktik tayyorgarlik darajasi; [8; 192-b.] – Ixtisoslashtirilgan tafakkurlash va sensomotor jarayonlar darajasida namoyon bo‘luvchi, Shuningdek nisbatan katta qiymatdagi mashg‘ulotlar yuklamalaridan foydalanish sharoitida va musobaqaning ekstremal sharoitlarida ruhiy xususiyatlarning barqarorligi, o‘zining emotsional holatini boshqara olish kabi jihatlar bilan ifodalanuvchi – ruhiy tayyorgarlik darajasi; – Funksional holatning tibbiy–biologik tavsiflari; – Mashg‘ulotlar va musobaqalardan keyin, qayta tiklanish qobiliyati; O‘z–o‘zini takomillashtirishga qaratilgan bilimlar va qobiliyatlar darajasi va boshqalar. Jismoniy tayyorgarlik Qilichbozlik sportining barcha tayyorgarlik bosqichlarida markaziy, ajralmas va asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu tayyorgarlik turi sportchining texnika, taktika va psixologik tayyorgarligini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun zarur bo‘lgan funksional va harakat sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, yil davomida qurilgan murabbiylik sikllari asosida sportchining ixtisoslashgan harakatlari uchun kerakli jismoniy sifatlarni yo‘naltirish va ularni maqsadga muvofiq takomillashtirish dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘ladi. [5; 281-b.] Qilichbozning harakatga oid imkoniyatlari, avvalo, kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik, koordinatsiya va mushaklarni ixtiyoriy ravishda boshqarish kabi muhim jismoniy sifatlar darajasiga bog‘liqdir. Bu sifatlarning shakllanishi texnika va taktik mahoratni egallashning funksional asosini tashkil qiladi. Shuning uchun, jismoniy tayyorgarlikning ta’siri faqatgina mushak kuchi yoki nafas olish tizimining faoliyati bilan emas, balki sportchining umumiy harakat madaniyati va koordinatsion imkoniyatlari bilan ham belgilanadi. Jismoniy tayyorgarlik ikki yo‘nalishda olib boriladi: umumiy va maxsus tayyorgarlik. Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportchining umumiy salomatligini mustahkamlash, organizm funksiyalarining keng qamrovda faollashuvi, turli harakat turlarini bajarishdagi tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi. Bu bosqichda turli sport turlarining (basketbol, futbol, boks, akrobatika va boshqalar) elementlaridan foydalangan holda ko‘p qirrali tayyorgarlik olib boriladi, bu esa Qilichbozlikka mos harakatlar repertuarini kengaytiradi. Shuningdek, murabbiylar har bir sifatning rivojlanishi b
Доказательный фрагмент
«By promoting the development of fencing in the Republic of Karakalpakstan, the government can contribute to the physical, mental, and social well-being of its youth, while fostering a sense of national pride and inter…»
Образец извлечения
Демо-превьюBy promoting the development of fencing in the Republic of Karakalpakstan, the government can contribute to the physical, mental, and social well-being of its youth, while fostering a sense of national pride and inter… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Young fencers, Training process, Step-by-step planning, Methodological, Psixologik tayyorgarlik, Tibbiy qo‘llab-quvvatlash, Sport infratuzilmasi, Metodik prinsiplari, Mashg‘ulot jarayoni, Sport psixologiyasi, Sport anjomlari, Yosh qilichbozlar, Qoraqalpog‘iston, Individual yondashuv, Jismoniy tayyorgarlik, Musobaqa tajribasi, Malakali murabbiylar, Motivatsiya., Bosqichma-bosqich rejalashtirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025