Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QILICHBOZLARNING BELLASHUV JARAYONIDA MAXSUS JISMONIY HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN DASTUR
Kadirimbetov Rashid Nietbaevich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
С помощью научно-педагогических основ фехтования можно поощрять молодежь к здоровому образу жизни, формировать важные жизненные навыки, способствовать дальнейшей силе и сплоченности общества. Ключевые слова: Молодые фехтовальщики, Тренировочный процесс, Поэтапное планирование, Физическая подготовка, Психологическая подготовка, Соревновательный опыт, Квалифицированные тренеры, Спортивный инвентарь. Annotatsiya. Qilichbozlikning ilmiy pedagogik asoslari orqali yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirish, muhim hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, jamiyatning yanada kuchli va hamjihatligiga hissa qo‘shish mumkin. Keywords: Young fencers, Training process, Stage planning, Physical training, Psychological training, Competition experience, Qualified coaches, Sports equipment. Kirish: Qoraqalpog‘istonda o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligini mustahkamlash va har tomonlama kamol toptirish vositasi sifatida qilichbozlikni rivojlantirishning ilmiy pedagogik asoslariga e'tibor qaratib, ushbu maqola sportning afzalliklarini ko‘rsatib beradi. Qilichbozlik nafaqat jismoniy tayyorgarlikni kuchaytiradi, balki kognitiv rivojlanish va muhim hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirishga ham hissa qo‘shadi. Qoraqalpogʻistonda inklyuzivlik va gender tengligini ta‘minlashga intilayotgan holda qilichbozlikni rivojlantirish borasidagi sa‘y-harakatlari sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan yaxlit yondashuvni aks ettiradi. [3; 163-b.] Mavzuning dolzarbligi: Qoraqalpogʻiston Respublikasida qilichbozlik sportini yosh avlod salomatligi va farovonligini oshirish vositasi sifatida qamrab olgan holda, jismoniy tarbiya, aqliy ziyraklik va xarakter kamolotini qadrlaydigan jamiyatni shakllantirish mumkin. Qilichbozlikning ilmiy pedagogik asoslari orqali yoshlarni sogʻlom turmush tarziga rag’batlantirish, muhim hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish, jamiyatning yanada kuchli va hamjihatligiga hissa qoʻshish mumkin. Qoraqalpogʻistonda qilichbozlikning ahamiyatini eʻtirof etish va yoshlarning porloq kelajagini taʻminlash uchun uni rivojlantirish zarur. Qilichbozlikda jangovar holatga kirishdan avvalgi tayyorgarlik harakatlari texnik-taktik tayyorgarlik tizimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu harakatlar jang davomida zarur bo‘ladigan strategik qarorlarni oldindan rejalashtirish, raqib harakatlarini taxmin qilish va unga qarshi samarali javob choralari ishlab chiqishda muhim omil sanaladi. Mazkur tayyorgarlik vositalari quyidagi asosiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: [7; 224-b.] 1. Razvedka harakatlari sablya bilan jangda razvedka — bu raqib harakatlarini aniqlash va baholashga qaratilgan faoliyat bo‘lib, u zarbalar va himoya harakatlarini imitatsiya qilish, 1516 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 shuningdek, oldingi olishuvlar tahliliga asoslangan manevrlar orqali amalga oshiriladi. Ayniqsa, arbitor tomonidan e’tirof etilmagan ikki tomonlama zarba holatlarini o‘rganish orqali jangdagi ustunlikni aniqlash imkoniyati yaratiladi. Raqibning reaksiya vaqtini o‘lchash va uni tahlil qilish, aldamchi harakatlar, qisqa qarshi hujumlar yoki tayyorgarlikka qarshi zarbalar orqali amalga oshiriladi. 2. Niqoblash (maskirovka) jang boshlanishi bilan darhol amalga oshiriladigan xujumlarda harakatlarni niqoblash texnikasi — bu zarbalar sektorlarini almashtirish orqali raqibni chalg‘itish va unga oldindan zarba tomoni haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini bermaslikdan iborat. Ushbu niqoblash taktikasi qarshi hujumni to‘xtatish yoki zarba berish sektorini yashirishga xizmat qiladi. Shuningdek, orqaga qisqa chekinishlar bilan qurollangan qo‘lga zarba berish orqali qarshi hujumni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan vaqt va vaziyat tanlash imkoniyati yaratiladi. 3. Chorlash (provokatsiya) olishuvlar startida raqibni hujumga undash — bu jang taktikasida tez-tez qo‘llaniladigan chora bo‘lib, u odatda sekinlashtirilgan qadamlar yoki niqobga zarba ishorasi orqali amalga oshiriladi. Chorlovchi harakatlar raqibni hujumga undab, so‘ng ularning himoya reaktsiyasini o‘rganish va javob zarbasi bilan ustunlikka erishish imkonini beradi. Shuningdek, aldamchi himoyalanish bilan boshlanadigan chorlov harakatlari raqibning zarba berishga tayyorgarligini buzish, xujum vaqtini kechiktirish yoki ochiladigan sektorni noto‘g‘ri tanlashiga olib kelishi mumkin. [2; 182-b.] 4. “Qurol chiziqda” holati ushbu holat odatda sansh zarbasiga tayyorgarlik sifatida kam qo‘llaniladi, biroq murakkab manevrli olishuvlarda bu holat strategik ahamiyat kasb etadi. “Qurol chiziqda” holati jang boshlanishi oldidan raqib tashabbusini to‘xtatib turish, unga tayyorgarlik harakatlarini qo‘llashga majbur qilish va shu orqali o‘z hujumini samarali rejalashtirish uchun ishlatiladi. Bu tayyorgarlik holati sportchiga o‘z hujumini oldindan tayyorlash, qarshi hujumni erta bosqichda amalga oshirish yoki himoyalanish bilan zarbani qaytarib, javob hujumini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. 1-jadval Qilichbozlarning joyida turib nishonga sanchish texnik harakat k
Доказательный фрагмент
«С помощью научно-педагогических основ фехтования можно поощрять молодежь к здоровому образу жизни, формировать важные жизненные навыки, способствовать дальнейшей силе и сплоченности общества.»
Образец извлечения
Демо-превьюС помощью научно-педагогических основ фехтования можно поощрять молодежь к здоровому образу жизни, формировать важные жизненные навыки, способствовать дальнейшей силе и сплоченности общества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Young fencers, Training process, Stage planning, Physical training, Psixologik tayyorgarlik, Mashg‘ulot jarayoni, Sport anjomlari., Yosh qilichbozlar, Jismoniy tayyorgarlik, Musobaqa tajribasi, Malakali murabbiylar, Bosqichma-bosqich rejalashtirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025