К содержанию
РецензированоUZ2026

BOKSCHILARNI TAYYORLASH JARAYONIDA JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH VA TEXNIK-TEXNIK HARAKATLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Adilshaev Pamir Maxsetbaevich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Development of a feasible plan for participation in competitions, taking into account the capabilities of boxers, the characteristics of the opponent, and the specific conditions of the competitions: Keywords: Boxing, boxer's technique, knowledge and experience, competitive activity, training, learning technique, individual characteristics Kirish: Bokschilarning tayyorgarligi amaliyotiga tizimli yondashuvning tatbiq etilishi boksda sportchilar tayyorgarligining turli bosqichlarida texnik ko‘rsatkichlari miqdoriy baholari tizimini ishlab chiqish hamda qo‘llash uchun sharoit yaratadi. Bokschilarning texnikasi alohida ko‘rsatkichlari ko‘p mutaxassislar tomonidan bayon etilgan, ularni qo‘llashning turli yo‘nalishlari belgilab berilgan. Bu ma’lumotlarning hammasi texnik ko‘rsatkichlari tizimining ishlab chiqilishini talab etadi, busiz sport mashg‘ulotlarining turli bosqichlarini samarali tarzda nazorat qilib bo‘lmaydi, sport muvaffaqiyatlarini bashorat qilish usullarini ishlab chiqish, dasturiy tayyorgarlikning maqsadli vazifalarini qo‘yish mumkin emas. Bokschilarning texnik ko‘rsatkichi tayyorgarligining umumiy baholanishi tarkibiga kiruvchi texnik tayyorgarligi xususiyatlarining miqdoriy ifodasidir. Ayrim ko‘rsatkichlarning miqdoriy ifodalarini asosiy deb qabul qilib, sportchi yoki jamoaning texnik-taktik tayyorgarligi darajasini, shuningdek, sport tayyorgarligi pedagogik jarayonining sifati va dinamikasini baholash mumkin. Ishning dolbzarbligi: Bugungi kunda jismoniy tayyorgarlik boks sport turida yuqori natijalarga erishish asosi hisoblanadi. U bokschining jismoniy sifatlari, shuningdek, organizmi shakllari va funksiyalarining ma’lum darajada rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Boks sport turi bilan shug’ullanuvchilar organizmi qancha mustahkam va ishchanlik qobiliyati qanchalik yaxshi bo’lsa, mashg‘ulot yuklamalarini shuncha yaxshi qabul qiladi. Boks mashg’ulotlariga tezroq moslashadi hamda uzoq vaqt davomida mashqlanganlik holatida turadi. 1461 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Mahsg’ulotlarda bellashuv sharoitlarida optimal jismoniy tayyorgarliksiz bokschining texnik, taktik va psixik malakalari hamda jismoniy sifatlarining samarali va uzoq vaqt davom etishi mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin. Shuning uchun jismoniy tayyorgarlik bokschi qizlar texnik-taktik elementlarini takomillashtirish jarayoni bilan birgalikda mashg‘ulotda yetakchi ro’l o’ynaydi. Hozirgi vaqtda bokschilar tayyorgarligini baholash asosan musobaqa faoliyati jarayonida yoki nazorat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda ko‘pincha bokschilarni tayyorgarligining bahosi sifatida musobaqada egallangan o‘rin yoki jang natijalari hisobga olinadi. Yuqorida ko‘rsatilgan natijalar qo‘lga kiritilganidan so‘ng murabbiy-pedagog va sportchi oldinda turgan musobaqaning xususiyatlarini modellashtirib, ma’lum darajada muayyan sportchilar bilan bo‘lajak janglarning natijalarini bashorat qilib, sport tayyorgarligi pedagogik jarayoniga qandaydir o‘zgartirishlar kirita boshlaydilar. Tayyorgarlikning mavjud darajasiga doyir bunday ma’lumotlar yoki modellar bor ekan, raqibning kuchli jihatlarini engish uchun qandaydir javob choralarini ko‘rish, uning bo‘sh tomonlaridan foydalanib, jangda yutib chiqishga harakat qilish kerak. Bokschilarning tayyorgarligi amaliyotiga tizimli yondashuvning tatbiq etilishi boksda sportchilar tayyorgarligining turli bosqichlarida texnik ko‘rsatkichlari miqdoriy baholari tizimini ishlab chiqish hamda qo‘llash uchun sharoit yaratadi. Bokschilarning texnikasi alohida ko‘rsatkichlari ko‘p mutaxassislar tomonidan bayon etilgan, ularni qo‘llashning turli yo‘nalishlari belgilab berilgan. Bu ma’lumotlarning hammasi texnik ko‘rsatkichlari tizimining ishlab chiqilishini talab etadi, busiz sport mashg‘ulotlarining turli bosqichlarini samarali tarzda nazorat qilib bo‘lmaydi, sport muvaffaqiyatlarini bashorat qilish usullarini ishlab chiqish, dasturiy tayyorgarlikning maqsadli vazifalarini qo‘yish mumkin emas. Bokschilarning texnik ko‘rsatkichi tayyorgarligining umumiy baholanishi tarkibiga kiruvchi texnik tayyorgarligi xususiyatlarining miqdoriy ifodasidir. Ayrim ko‘rsatkichlarning miqdoriy ifodalarini asosiy deb qabul qilib, sportchi yoki jamoaning texnik-taktik tayyorgarligi darajasini, shuningdek, sport tayyorgarligi pedagogik jarayonining sifati va dinamikasini baholash mumkin. Texnik tayyorgarlik darajasi deganda, texnik ko‘rsatkichlari yig‘indisining shunga muvofiq asosiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan taqqoslanishiga tayanuvchi nisbiy tavsifnoma tushuniladi. Bokschilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlarni tarbiyalash va texnik- texnik harakatlarni takomillashtirish bilan yonma-yon shaxsiy xususiyatlari hamda shaxsiy sifatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish juda muhimdir. Sportchini o‘z ustida ishlashga, madaniyati va tafakkurini oshirishga muntazam yo‘naltirib turishi lozim. Mashg‘ulot jarayoni davomida va musobaqalarda shaxsiy sifatlarni shakllantirishga izchil ta’sir ko‘rsatib, jamoa yorda

Доказательный фрагмент

«Development of a feasible plan for participation in competitions, taking into account the capabilities of boxers, the characteristics of the opponent, and the specific conditions of the competitions: Keywords: Boxing,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Development of a feasible plan for participation in competitions, taking into account the capabilities of boxers, the characteristics of the opponent, and the specific conditions of the competitions: Keywords: Boxing,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Boxing, boxer's technique, knowledge and experience, competitive, musobaqa faoliyati, individual xususiyati., Texnikani o‘rganish, Boks, mashg’ulot o‘tkazish, bilim va tajribalardan, Bokschi texnikasining
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники