К содержанию
РецензированоRU2026

KAMONDAN OTISH TEXNIKASINI TAKOMILLASРTIRISH

Kuralbaev Azibek Kuralbaevich · Rejepova Mavlyuda Muratbay qızı

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются пути совершенствования технического мастерства в стрельбе из лука. Проанализированы методы тренировок, способствующие развитию техники выстрела, вопросы биомеханического анализа и психологической подготовки спортсменов. Особое внимание уделено индивидуальному подходу и использованию современных технологий для достижения высоких результатов. Результаты исследования имеют практическую значимость для деятельности спортивных школ и тренеров по стрельбе из лука. Ключевые слова: стрельба из лука, техника, спортивная подготовка, биомеханика, психологическая подготовка, методы тренировки. Annotation. This article explores methods for improving technical skills in archery. It analyzes training techniques that enhance shooting performance, including biomechanical analysis and psychological preparation of athletes. The study emphasizes the importance of an individual approach and the use of modern technologies to achieve high results. The findings offer practical value for coaches and sports schools specializing in archery. Keywords: archery, technique, sports training, biomechanics, psychological preparation, training methods. KIRISH: Kamondan otish bo‘yicha texnikani takomillashtirish sport sohasida doimiy tadqiqot va tahlilni talab qiladigan dolzarb yo‘nalishlardan biridir. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar ushbu sport turida yuqori natijalarga erishish uchun faqat jismoniy tayyorgarlik emas, balki texnik, biomekanik va psixologik omillarning uyg‘unlashuvi zarurligini ko‘rsatmoqda [1,2]. ADABIYOTLAR TAHLILI: Xalqaro olimlar, xususan, J. McKinney (2018) va A. Lee (2020) o‘z tadqiqotlarida kamondan otish texnikasini tahlil qilib, har bir harakat bosqichining aniqligi, tana holati, qo‘l va ko‘z muvofiqligi muhimligini ta’kidlagan. Ularning fikricha, texnikani yaxshilashda videoanaliz texnologiyalari, yuqori aniqlikdagi o‘lchov asboblari va individual mashg‘ulot dasturlarining joriy etilishi asosiy omillardan hisoblanadi. [1,3]. 1456 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 O‘zbekistonda ham bu borada ayrim uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Jumladan, M. Xolmatov (2019) va N. Qodirova (2021) tomonidan yozilgan metodik qo‘llanmalarda kamondan otish mashg‘ulotlarining bosqichma-bosqich tashkil etilishi, yosh sportchilar uchun moslashtirilgan dasturlar va texnik o‘rgatishning bosqichlari haqida fikrlar bayon etilgan [4,5]. Biomexanika fanining sportga tatbiqi ham muhim rol o‘ynamoqda. Turg‘unlik, mushaklar faolligi va otish momentidagi kuch taqsimoti kabi ko‘rsatkichlarni o‘rganish orqali texnikani ilmiy asosda baholash imkoniyati paydo bo‘lmoqda [6,7]. Xulosa qilib aytganda, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kamondan otish texnikasini takomillashtirish uchun faqat tajriba emas, balki ilmiy yondashuv, analitik tahlil va individual mashg‘ulot tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot maqsadi: Kamondan otish sport turida sportchilarning texnik mahoratini takomillashtirishga xizmat qiluvchi samarali usullarni aniqlash, ularni amaliyotga joriy etish va texnika o‘rgatishda zamonaviy yondashuvlar asosida tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot vazifalari: 1. Kamondan otish texnikasining nazariy asoslarini o‘rganish va tahlil qilish. 2. Yuqori natijalarga erishgan sportchilarning texnik harakatlarini biomekanik jihatdan tahlil qilish. 3. Texnikani takomillashtirishda ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillarni (psixologik, jismoniy va texnologik) aniqlash. 4. Mashg‘ulot jarayonida foydalaniladigan zamonaviy vosita va metodlarni o‘rganish. 5. Sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqish. 6. Amaliy tajribalar orqali taklif etilgan usullar samaradorligini sinovdan o‘tkazish va ularni tahlil qilish. 7. Kamondan otish bo‘yicha sport maktablari va murabbiylar faoliyati uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODLARI Tadqiqot jarayonida asosiy obyekt sifatida 14–18 yosh oralig‘idagi sport maktablarida tahsil olayotgan kamondan otish bilan shug‘ullanuvchi 20 nafar yosh sportchi jalb etildi. Tadqiqot sportchilarning texnik harakatlarini baholash, mashg‘ulot metodlarini sinovdan o‘tkazish hamda ularning samaradorligini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot quyidagi metodlar asosida olib borildi: 1. Nazariy tahlil – kamondan otish texnikasi bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar va ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganildi. 2. Amaliy kuzatuv – sportchilarning otish jarayonidagi harakatlari, tana holati va texnik xatoliklari mashg‘ulotlar davomida kuzatildi. 3. Videotahlil – texnikani chuqur o‘rganish maqsadida yuqori aniqlikdagi videotasvirlar orqali sportchilarning harakatlari kadrma-kadr tahlil qilindi. 4. Biomekanik tahlil – sportchilarning tana holati, mushaklar ishtiroki va harakat muvofiqligi o‘zaro taqqoslab baholandi. 5. Eksperimental metod – sportchilarga yangi mashg‘ulot usullari joriy etilib, ularning texnika rivojlanishiga ta’siri o‘rganildi. 6. So‘rovnoma va suhbat

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются пути совершенствования технического мастерства в стрельбе из лука.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются пути совершенствования технического мастерства в стрельбе из лука. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
archery, technique, sports training, biomechanics, psychological preparation, kamondan otish, biomekanika, mashg‘ulot usullari., texnika, sport tayyorgarligi, psixologik tayyorgarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники