Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KLASIFIKATSIYA ASOSIDA YOSH FUTBOLCHILAR MASHG‘ULOT JARAYONLARINI REJALASHTIRISH
JARAYONLARINI REJALASHTIRISH · Kutlimuratov Muxammeddin Amangeldi uli
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Maqolada yosh futbolchilar bilan olib boriladigan sport tayyorgarlik jarayonlarini rejalashtirish va boshqarish, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida qurilmaviy, blokli- modulli rejalashtirishning zamonaviy yondashuvlari ko‘rsatib o‘tilgan. Mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish bosqichlarga bo‘lib tayyorlov jarayonlarini tashkil etish, blook-modulli orqali yillik siklni rejalashtirish va shunga asosan jismoniy sifatlarni takomilashtirib borish jarayoni davom etish ko‘zda tutilgan. Blokli-modulli rejalashtirish jarayoni yosh futbolchilar yoshiga qarab jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texnik va taktik harakatlarga o‘rgatishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Tayanch so‘zlar: sport tayyorgarlik, mashg‘ulot jarayoni, funksional tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik, mashg‘ulot jarayoni bosqichlari, mashg‘ulot jarayonlarining siklli qurilmasi, tayyorgarlik davri, musobaqa davri, o‘tish davri. Kirish. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda iste’dodli va salohiyatli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sportchilarni shakllantirish, zamonaviy yondashuvlar asosida mashg‘ulot jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish ishlari muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida qayd qilish lozimki, O‘zbekistonda yoshlar futboli va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilarning yangi avlodini tayyorlash, mamlakat futbolining xalqaro obro‘sini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora- tadbirlari to‘g‘risida", 04.12.2019 yildagi pf-5887-sonli farmoni qabul qilgan bo‘lib, yoshlar terma jamoalarini, oliy liga jamoalarining tarkiblarini to‘ldirishga qodir bo‘lgan yosh futbolchilarni tayyorlash, takomillashtirish bo‘yicha zaruriy shart-sharoitlar va ilmiy-metodik ishlanmalarni yaratish kabi muhim vazifalarga ustuvoretib belgilangan [1]. Maxsus adabiyotlar tahliliga ko‘ra, sport tayyorgarlik jarayonida turli xil mashg‘ulot vositalari va usullaridan foydalanish orqali sportchi organizmining funksional tizimlarini ma’lum moslashtirilgan qayta qurishga erishish, musobaqa faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ma’lum bir tayyorgarlik darajasiga erishishni ta’minlashga qaratilgan [7] bo‘lsada, yosh futbolchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulot jarayonlarini rejalashtirish va ilmiy boshqarish masalalari to‘liq o‘z yechimini topmagan. Bu muhim masalalarni hal qilish aspektida yosh futbolchilarni tayyorlash tizimini ishlab chiqish muammosining holatini tavsiflash yetarlicha o‘rganilmagan ilmiy-metodik vazifalarni aniqlashtirish zarurati mavjud. Alohida ishlarda (Orlov A.V., 2022 y.) yosh futbolchilarda mashg‘ulot yuklamasini loyihalash algoritm-uslulida haftalik mashg‘ulot sikllari modeli ishlab chiqilgan, mashg‘ulotlarning maxsus tayyorgarlik bosqichida organizmning funksional holati ko‘rsatkichlari dinamikasi, hamda haftalik mashg‘ulot sikllaridagi tayyorgarlikning umumiy hajm samaradorligi o‘rganilgan ilg‘or yondashuvlar ham mavjud [7]. Yosh futbolchilar misolida turlicha shart-sharoitlarni taqozo etuvchi ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonlarini rejalashtirish, yosh hamda malaka bo‘yicha har xil sportchilar bilan, ko‘pincha xususiy masalalarni hal qilish bilan cheklangan holda hech qanday tizimlilik va o‘zaro bog‘lanishlarsiz bajarilgan yondashuvlarni kuzatish mumkin [2,3,5]. 1450 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Maqolaning maqsadi. Yosh futbolchilarni dastlabki ixtisoslashuv bosqichidagi jismoniy tayyorgarligini blokli-modulli tuzish uslubiyatini ishlab chiqish va tajribalarda asoslash. Materiallar va uslublar. Sport nazariyasi va amaliyotida ko‘p yillik mashg‘ulot jarayoni bir nechta bosqichlarda tashkil topgan bo‘lib, ular ma’lum darajali bog‘liqlik va ketma-ketlikka ega [10]: - dastlabki sport tayyorgarligi; - dastlabki ixtisoslashuv; - chuqurlashtirilgan tayyorgarlik; - sport takomillashuvi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili: Yoshlik davrida suyak to‘qimasini jadal o‘sishi sodir bo‘ladi. 17-18 yoshga kelib nafaqat bo‘yni o‘sishi, balki uzun suyaklarning suyaklanishi ham tugallanadi. 15-16 yoshda umurtqa pog‘onasining yuqori va pastki suyaklarini (bo‘g‘inlarini), to‘shni suyaklanishi va uni qovurg‘alar bilan qo‘shilib o‘sishi boshlanadi. Umurtqa pog‘onasi ancha mustahkamlashadi, ko‘krak qafasi esa, kuchli rivojlanishida davom etadi, bu yoshlarda, ular deformatsiyaga kam uchraydi va ancha darajadagi yuklamalarga ham chidamli bo‘ladi. 17-18 yoshga kelib tos suyaklarini qo‘shilib o‘sish jarayoni yakunlanadi, lekin ularinng to‘liq suyaklanishi 20-25 yoshda sodir bo‘ladi. Suyaklanish jarayoni juda uzoq davom etadi, u, organizmni rivojlanishini barcha bosqichlarida sodir bo‘ladi va 20-25 yoshga kelib yakunlanadi. Skelet mushaklari 15 yoshdan to 18 yoshgacha ortishida davom etadi va funksional jihatdan takomillashadi. Suyaklar bu da
Доказательный фрагмент
«Maqolada yosh futbolchilar bilan olib boriladigan sport tayyorgarlik jarayonlarini rejalashtirish va boshqarish, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida qurilmaviy, blokli- modulli rejalashtirishning zamonaviy yondashu…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada yosh futbolchilar bilan olib boriladigan sport tayyorgarlik jarayonlarini rejalashtirish va boshqarish, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida qurilmaviy, blokli- modulli rejalashtirishning zamonaviy yondashu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mashg‘ulot jarayoni, mashg‘ulot jarayoni bosqichlari, sport tayyorgarlik, mashg‘ulot jarayonlarining siklli qurilmasi, funksional tayyorgarlik, tayyorgarlik davri, musobaqa davri, jismoniy tayyorgarlik, o‘tish davri.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014