Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBALLASHUV SHAROITIDA O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI O‘TKAZISHNING MUHIMLIGI
Ilmiy rahbar: Jumayeva Z.Q. · Izatova N.N.
Современная наука и исследования · 1 · 145-149 · 2025
Аннотация
Maqolada globallashuv va raqobat sharoitida O‘zbekiston tijorat banklarining transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishning ahamiyati va kelgusi istiqbollari tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqotda, tijorat banklarining zamonaviy iqtisodiy sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun qanday o‘zgarishlar zarurligi, ularning raqobatbardoshligini oshirish va global moliya tizimiga integratsiya qilish yo‘llari ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: globallashuv, raqobat, tijorat banklari, transformatsiya, bank tizimi, raqamli texnologiyalar, moliyaviy barqarorlik, bank islohotlari, raqamli xizmatlar. Zamonaviy iqtisodiyotda globallashuv jarayoni barcha mamlakatlarning moliyaviy tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro bozorlarning integratsiyalashuvi, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va yangi iqtisodiy modelning shakllanishi bank sohasida ham muhim o‘zgarishlarni talab qilmoqda. Ayniqsa, tijorat banklari uchun globallashuv sharoitida raqobatbardoshlikni oshirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash muhim strategik vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar doirasida bank tizimini modernizatsiya qilish va transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Bank xizmatlarini raqamlashtirish, mijozlarga qulay va innovatsion moliyaviy yechimlarni taqdim etish, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kengaytirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Globallashuv va kuchayib borayotgan raqobat sharoitida O‘zbekiston tijorat banklarining transformatsiyasi muhim strategik jarayon bo‘lib, u bank tizimining barqarorligini oshirish, moliyaviy xizmatlarning sifatini yaxshilash va mijozlar bazasini kengaytirish uchun zarur hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston bank tizimi so‘nggi yillarda tub islohotlar jarayonidan o‘tmoqda. 1-jadval Tijorat banklari transformatsiyasining samaradorligini baholashning SWOT-tahlil natijalar Tarkibiy jihat Tavsif Kuchli tomonlar Davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, banklarni modernizatsiya qilish bo'yicha strategik dasturlar mavjudligi Zaif tomonlar Kichik va o'rta biznes uchun moliyaviy xizmatiaming yetarli darajada rivojlanmagani, IT infratuzilmaning to'liq saqlanmagani 492 Iyun, 2025-Yil Imkoniyatlar Xalqaro investorlarni jalb qilish, fintech hamkorliklari va sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarni rivojlantirish. Tahdidlar Global iqtisodiy beqarorlik, kiberxavfsizlik muammolari, xalqaro raqobatning ortishi. O‘zbekiston tijorat banklari uchun globallashuv va raqobat sharoitida transformatsiya jarayonlarini o‘tkazish strategik zaruriyatga aylanib bormoqda. Raqamli texnologiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani oshirish orqali banklar o‘z xizmatlarini yanada samarali taqdim eta oladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan transformatsiya jarayoni nafaqat tijorat banklarining daromadliligini oshirishga, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Shunday qilib, ilmiy adabiyotlarda innovatsion jarayonlarning natijalarini belgilovchi omillar yetarli darajada batafsil o‘rganilgan. Ko‘pgina olimlar tadbirkorlik subyektiga nisbatan innovatsion rivojlanish omillarining ikkita katta guruhini ajratib ko‘rsatishadi: tashqi va ichki muhit omillari. Har doim tashqi va ichki omillar o‘rtasida dialektik o‘zaro ta’sir va o‘zaro bog‘liqlik mavjud: ichki omillar rivojlanish dvigateli, tashqi omillar esa rivojlanish uchun sharoitdir. 2-jadval 2023-yilda internet tezligi bo‘yicha mamlakatlar reytingi Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinadiki mamlakatimizda solishtirganda internet tezligi bir oz past bo‘lib, reytingdagi 180 ta davlatlar ichida 91 o‘rinni egalladi. Qo‘yidagi jadvalda biz O‘zekistonda aholi yoshiga qarab bank xisobraqami mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Jadvaldan ko‘rinadiki bank mijozlarining asosiy qismi yoshlarga to‘g‘ri keladi. Ko‘rib chiqilgan omillarni hisobga olgan holda va innovatsion jarayonni rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, raqobatbardosh milliy innovatsion tizimni shakllantirish orqali muvozanatli, barqaror va ijtimoiy yo‘naltirilgan rivojlanish omili bo‘ladigan iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin. 493 Iyun, 2025-Yil Yangi texnologiyalarni joriy etish va dolzarbligini ta’minlash uchun yuqori xarajatlar. Banklar yangi texnologiya va dasturiy ta’minotlarni joriy etaman deb xarajatlari oshganda boshqa bank uchun o‘rnatilgan normalarni bajarolmay qolish ehtimoli yuzaga kelishi mumkin. Gartner tadqiqotchilari tadqiqotiga ko‘ra moliya tizimda 2019-yilda IT harajatlari yeyarli 5 foizga oshib 539,121 mlrd AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa 2020-yilga kelib 4.7 foizga kamaygan va 2021-yilga kelib 2.8 foizga yana ko‘tarilgan. O‘zbekistonda statistik ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 2023-yilning 1-yanvar holatida mamlakatimiz tijorat banklari jami harajatlari 64254 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa shundan
Доказательный фрагмент
«Maqolada globallashuv va raqobat sharoitida O‘zbekiston tijorat banklarining transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishning ahamiyati va kelgusi istiqbollari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada globallashuv va raqobat sharoitida O‘zbekiston tijorat banklarining transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishning ahamiyati va kelgusi istiqbollari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transformatsiya, globallashuv, raqamli texnologiyalar, bank tizimi, raqobat, raqamli xizmatlar., moliyaviy barqarorlik, bank islohotlari, tijorat banklari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014