К содержанию
РецензированоUZ2025

ROLANDIK EPILEPSIYA (BECTS): BOLALAR ORASIDA ENG KO‘P UCHRAYDIGAN YENGIL EPILEPSIYA TURINING KLINIK VA ELEKTROENSEFALOGRAFIK XUSUSIYATLARI

NEW RENAISSANCE · Ma’rufjon Muxtarov Erkinjon o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Rolandik epilepsiya yoki bening epiliptik tutqanoq sindromi bolalik davridagi eng keng tarqalgan yengil epilepsiya turi hisoblanadi. Bu turdagi epilepsiya asosan 3–13 yosh oralig‘idagi sog‘lom rivojlanayotgan bolalarda uchraydi va ko‘pincha balog‘at yoshiga kelib o‘z- o‘zidan yo‘qoladi. Ushbu ishda rolandik epilepsiyaning klinik ko‘rinishlari va elektroensefalografik (EEG) xususiyatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Rolandik epilepsiya, BECTS, bolalar, EEG, klinik belgilari. Asosiy qism: Rolandik epilepsiya, yoki BECTS (Benign Epilepsy with Centrotemporal Spikes), asosan 3–13 yosh oralig‘idagi sog‘lom rivojlangan bolalarda uchraydi. Klinik jihatdan bu turdagi tutqanoq og‘iz, til, yonoq yoki tomoq atrofida karash, qaltirash va og‘zidan so‘lak oqishi bilan boshlanishi mumkin. Ko‘pincha tutqanoqlar uyqu vaqtida yoki tongda sodir bo‘ladi va qisqa davom etadi. Ba'zi holatlarda bolaning nutqi vaqtincha to‘xtaydi yoki og‘zida "xiralik" seziladi, bu holat “rolandik” hududdagi disfunktsiya bilan bog‘liq. Aksariyat hollarda bolalar hushini yo‘qotmaydi, bu esa BECTSning benign (yengil) tur ekanini ko‘rsatadi. Rolandik epilepsiyada EEG tahlili muhim diagnostik vosita hisoblanadi. Ko‘pchilik bemorlarda centrotemporal (Rolandik) sohalarda maksimal bo‘lgan "spike-and-wave" tipidagi paroksizmal to‘lqinlar kuzatiladi. Bu to‘lqinlar ayniqsa uyqu davrida kuchayadi, aynan shuning uchun uyqudagi EEG tavsiya etiladi. Interiktal (tutqanoq orasidagi) davrda bu o‘zgarishlar asimptomatik bo‘lishi mumkin, ammo ular tashxis qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. EEGda aniqlangan centrotemporal o‘choqli o‘zgarishlar BECTSni boshqa epilepsiya sindromlaridan farqlashga yordam beradi. Rolandik epilepsiyaning prognozi odatda ijobiy bo‘lib, aksariyat bolalarda o‘smirlik davrida tutqanoqlar to‘xtaydi. Uzoq muddatli nevrologik oqibatlar kamdan-kam uchraydi, ammo ayrim holatlarda o‘rganishda qiyinchiliklar yoki diqqat yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin. Davolash har doim ham talab qilinmaydi, ayniqsa tutqanoqlar kam uchrasa va yengil bo‘lsa. Ammo tez-tez va og‘ir tutqanoqlar bo‘lsa, antiepileptik davo (masalan, levetirasetam, karbamazepin) qo‘llaniladi. Rivojlanayotgan bolalar uchun davolashning individual yondashuv asosida olib borilishi muhim hisoblanadi. Metodlar: Tadqiqot davomida 6–12 yoshdagi 20 nafar bolalar o‘rganildi. Ular klinik simptomlari, nevrologik tekshiruvlari va EEG natijalari asosida tahlil qilindi. EEG ro‘yxatga olish 20-40 daqiqa davomida, uyg‘oqlik va uyqu holatida amalga oshirildi. Natijalar: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlarning asosiy qismi tunda yuzaga keluvchi qisqa muddatli tutqanoqlar bilan namoyon bo‘ldi. EEGda markaziy–temporar sohalarda rolandik sepkilar (spike-wave) kuzatildi. Aksariyat holatlarda tutqanoqlar yengil shaklda kechgan va bola ongini yo‘qotmagan. 497 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 Xulosa: Rolandik epilepsiya — bolalarda uchraydigan yengil va o‘tkinchi epilepsiya turi bo‘lib, unga xos klinik va EEG belgilari asosida erta tashxis qo‘yish mumkin. Vaqtida aniqlansa, bu holat maxsus davolashni talab qilmaydi va ko‘pincha o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

Доказательный фрагмент

«Rolandik epilepsiya yoki bening epiliptik tutqanoq sindromi bolalik davridagi eng keng tarqalgan yengil epilepsiya turi hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Rolandik epilepsiya yoki bening epiliptik tutqanoq sindromi bolalik davridagi eng keng tarqalgan yengil epilepsiya turi hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Rolandik epilepsiya, EEG, BECTS, bolalar, klinik belgilari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники