Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAIF ESHITUVCHI O‘QUVCHILARNING JISMONIY TARBIYA DARSLARINING SAMARADORLIGINI “MOTION CONTROL XR” USKUNASI YORDAMIDA OSHIRISH
R.O. Xursanova
Современная наука и исследования · 2 · 216-218 · 2025
Аннотация
In the study conducted by the author of this article, the effectiveness of physical education classes for students with hearing problems was increased using the “motion control XR” equipment. The overall and motor intensity of the class was determined by timing. The operating order of the “Motion Control XR” equipment is also mentioned. Keywords: Hearing impaired students, educational process, general density, motor density, timing, equipment, physical education, efficiency. Bugungi kunda, eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish masalasi muhim va dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, Eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar ko‘pincha jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida to‘laqonli ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘lishadi, bu esa ularning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini pasaytirishi mumkin. Bunday o‘quvchilarda motorik qobiliyatlarning rivojlanishi, tana muvozanati va koordinatsiyasi kabi jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga alohida yondashuv zarur. Shu sababli, maxsus mashqlar yordamida eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bugungi kunda jahon pedagogikasi va reabilitatsiya sohasidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Ushbu dissertatsiya mavzusi dolzarb bo‘lib, eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarning hayot sifatini oshirish va ularning jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan maxsus metodikalarning zarurligini ko‘rsatadi. Respublikamizda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bunday bolalarning harakatlanish imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘quvchilarning 470 Iyun, 2025-Yil dars mashg‘ulotlarini boshqarish tizimini tubdan yangilashni shuningdek, maktab dastur bo‘limlarida mavjud bo‘lgan sport turlarining jismoniy, texnik-taktik harakatlarini takomillashtirishni talab etmoqda. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bilasizki, davlat xalqqa xizmat qiladi, degan tamoyilni o‘zimizga maqsad qilib olganmiz. Sizlar ham jamiyatimizning munosib a’zosisizlar. Ushbu sohaga hamma sharoitlarni yaratamiz. O‘zbekistondagi har bir odam men uchun qadrli” degan edilar. Shuningdek, eshitishida muommosi bo‘lgan bolalarni sportga jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida “jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlari dasturi” tasdiqlanganligi ham fikrimizning yorqin ifodasidir. [1; 12-b] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13- oktabrdagi PQ-4860-son qarori, 2021 yil 5- noyabrdagi PQ-5280-son “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son “Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi VMQ-118-son “2019-2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari Qarorlari ushbu faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi. Xronametraj o‘tkazishdan avval u haqida ta’rif bersak. Jismoniy tarbiya darslarida xronometraj darsning umumiy va motor zichligini aniqlash maqsadida olib boriladi. Darsning umumiy zichligi deb pedagog nuqtai nazardan to‘g‘ri foydalanilgan vaqtning butun dars davomidagi nisbatiga aytiladi. Darsning motor zichligi deb, o‘quvching bevosita harakat faoliyatiga, mashq bajarish uchun sarflangan vaqtga aytiladi. [4; 201-b] Xronometrajdan olingan ma’lumotlar darsning pedagogik taxlilini ma’lum darajada chuqurlashtiradi, chunki har xil faoliyat uchun ketadigan vaqtni ratsional sarflash imkonini beradi. Darsni tekshiruvchi xronometrajning quyidagi hujjatlarni: xronometraj bayonnomani; umumiy va motor zichligini; dars zichligini matnda yozilgan taxlilini olib borish kerak. Dars boshlanguncha tekshiruvchi xronometraj bayonnomaga dars vazifalarini, shuningdek har xil bo‘limlarga yoki dars kismlariga belgilangan vaqtni aniqlab olishi kerak. Buning uchun tekshiruvchi dars o‘tuvchining konspekti bilan tanishishi shart. Kuzatish davomida dars bir o‘quvchi ustidan olib boriladi va uning familiyasini protokolga yozish tavsiya etiladi. pedagog faoliyatining mazmuni aniq va mashg‘ulotning ketma-ketligi yoziladi. Masalan: O‘quvchi saflash. Raport. O‘qituvchi tomonidan dars vazifalarini tushuntirish. Yurish. Mashqlarni tushuntirish. 471 Iyun, 2
Доказательный фрагмент
«In the study conducted by the author of this article, the effectiveness of physical education classes for students with hearing problems was increased using the “motion control XR” equipment.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the study conducted by the author of this article, the effectiveness of physical education classes for students with hearing problems was increased using the “motion control XR” equipment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Hearing impaired students, educational process, general density, motor density, dars jarayoni, zaif eshituvchi o‘quvchilar, samaradorlik., umumiy zichlik, jismoniy tarbiya, motor zichlik, uskuna, xronametraj
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025