Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZULFIYANING SHE’RLARIDA BADIIY SAN’ATLARNING O'RNI
Tuliboyeva Gulsevar Zafar qizi (O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti) · Yusupov Sardor Shodi o’g’li (O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning ayrim she’rlari tahlil ostiga olingan. She’rlarda qo’llanilgan badiiy san’atlarning she’r mazmunini va ohangdorligini yanada oshirishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so’zlar: She’r, badiiy va she’riy san’atlar, “Bahor keldi seni soʻroqlab”, oʻxshatish, nido san’atlari. She’riyat har doim badiiy san’atlarsiz tasvirlanmagan va badiiy sanʼatlarsiz tasavvur qilib koʻrilmagan. Sheʼriy sanʼatlar badiiy asarda ifodalangan gʻoyalarning hayotiyroq, taʼsirchanroq ifodalanishiga koʻra lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga misralar, baytlar va bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini taʼminlashga xizmat qilgan. Hech qaysi she’r sheʼriy sanʼatsiz dunyoga kelmaydi. Sheʼriy sanʼat ifodalanmagan she’r xuddi soyasi yoʻq daraxtga oʻxshab qoladi. Sheʼriy sanʼatlar shoir badiiy salohiyatini koʻz-koʻz qilishi, uning xilma-xil sanʼatlardan mohirona foydalanish usullarini namoyish etish emas, balki ijodkor badiiy tafakkur dahosining koʻlami yuksak ijtimoiy-axloqiy gʻoyalarini jilolantirish sanʼatkorligi ifodasi boʻlib kelgan. U yoki bu shoir ijodiga u yoki bu badiiy asarga baho baho berilar ekan, ijodkor ifodalayotgan gʻoya oʻz aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, maʼrifiy- tarbiyabiy muommolar mohiyati va koʻlami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda qoʻllangan sheʼriy sanʼatlarning mantiqiy asoslanishi va shu kabi masalalarga ham alohida diqqat qilingan. Zulfiyaxonim Isroilovaning sherlarini juda ham chiroyli sheʼriy sanʼatlar va katta mahorat bilan bizga taqdim qilgan. Shoira oʻzining barcha sheʼrlarida juda ham koʻp va turli xil badiiy san’atlardan mohirona va juda noziklik bilan ifodalagan desak mubolagʻa boʻlmaydi. “Bahor keldi seni soʻroqlab” sheʼriga nazar tashlaydigan boʻlsak, bu sheʼrning har bir misrasida badiiy sanʼatlarni koʻrishimiz mumkin. Masalan, “Salqin saharlarda bodom gulida Binafsha labida yerlarda bahor” [1:7] Bu misralarining ikkinchi misrasida tashbeh yani oʻxshatish badiiy sanʼatini qoʻllagan. Tashbeh sanʼati bu sharq adabiyotida keng tarqalgan sanʼatlardan biri boʻlib “oʻxshatish” maʼnosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani va ular oʻrtasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga koʻra oʻxshatish sanʼatidir va bu yerda binafsha labida birikmasini tashbeh qilib olishimiz mumkin, chunki binafshaning labi boʻlmaydi va bu qoʻllagan sanʼati sheʼrni ohangdorligini oshirishiga yordam bergan. Bu sheʼrda eng koʻp qoʻllangan bsdiiy sanʼat bu tashxis sanʼatidir. https://scientific-jl.com/wsrj 3 3 3 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scientific research journal Tashxis bu “jonlantirish” hayvonlar, qushlar, jonsiz narslarga inson xususiyatlarini koʻchirish sanʼati hisoblanadi va bu sheʼrda u bahir faslini jonlantirishga muvaffaq boʻlgan. Masalan, “Mana qimmatligim yana bahor kelib Seni izlab yurdi, kezdi sarsari Qishning yoqasidan tutib soʻradi seni U ham yosh toʻkdiyi, chekildi nari.” Bu yerda bahor fasli kelib tinmay shoirni izlagani va lekin topolmay juda gʻamgin holatga tushgani tasvirlanganini koʻrishimiz mumkin. Bahor faslini gapitirib bu sheʼrda “intoq” sheʼriy sanʼatini vujudga keltiradi. Intoq sheʼriy sanʼati aslida gapirtirish, soʻzlatish maʼnosidagi intoq sheʼriy sanʼati hisoblanib u badiiy asarda haybonlar yoki jonsiz narsalarni xuddi inson singari gapirtirishi yoki soʻzlatishiga aytiladi. Bunga misol qilib, “Qani men kelganda kulib qarshilab Qoʻshigʻi mavjlanib bir daryo oqqan Baxtim bormi deya yakkash soʻroqlab Meni sheʼrga oʻrab suqlanib boqqan.” [1:45] Bu misralarda bahor faslini soʻzlatgani va intoq sheʼriy sanʼatini ifodalaganiga guvoh boʻlishimiz mumkin. “Urush noming oʻchsin jahonda Hamon bitmas sen solgan alam Sen tufayli koʻp xonadonda Ota nomli buyuk shodlik kam.” [1:52] Bu oʻgʻlim sira boʻlmaydi urush sheʼrida nido badiiy sanʼatini qoʻllagan. Nido san’ati aslida arab tilidan oʻzlashgan boʻlib “qichqiriq, chaqiriq” degan maʼnolarni ifodalaydi. Bu undalma qoʻllash deb ham aytiladi va shoir kimgadir murojaat qilishiga aytiladi. Bu sheʼrda urushga nido qilinyapti, ya’ni urushga qarata qichqiryapti. Bu maqolamizdan xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Zulfiyaning barcha sheʼrlarida sheʼriy sanʼatlarni juda tartibli, chiroyli va mohirona foydalana olgan hisoblanadi. Bu sheʼriy sanʼatlar orqali sheʼrning mazmuni, jozibadorligi, ohangdorligini oshirgan. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Zulfiya Isroilova. Bahor keldi seni so’roqlab, she’rlar. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2019. 192 b. 2. Erkin Xudoyberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Тoshkent. Iqtisod-moliya, 2007. 304 b. 3. Anvar Hojiahmedov. Sher sanʼatlari. Sharq nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent, 2001. 95 bet 4. Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent, Noshir, 2019. 336 bet. https://scientific-jl.com/wsrj 3 3 4 Volume-40_Issue-1_June-2025
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning ayrim she’rlari tahlil ostiga olingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning ayrim she’rlari tahlil ostiga olingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy va she’riy san’atlar, nido san’atlari., Kalit so’zlar: She’r, oʻxshatish, “Bahor keldi seni soʻroqlab”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024