К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARIDA ISH YURITISH VA IJRO NAZORATINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNI JORIY ETISH MASALALARI

Joʻrayev Javlonbek Norboboyevich

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida qabul qilinayotgan hujjatlarning ular faoliyatidagi ahamiyati, ularning turlari va hujjatlarga qoʼyiladigan talablar boʼyicha tushunchalar, oʼziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, normativ hujjatlarning ijrosi boʼyicha hisobdorlikni tashkil qilishning ahamiyati, ushbu faoliyat doirasida yuritiladigan hujjatlar, faoliyatdagi muammo va kamchiliklar, shuningdek, ayrim turdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf yetish boʼyicha bir kator takliflar, xorijiy davlatlarning ilgʼor tajribasi hamda milliy qonunchiligimizdan farqli hamda oʼxshash tomonlari, shuningdek, ushbu faoliyatni takomilashtirish yoʼnalishlari yoritib berilgan. Kalit soʻzlar: ijro intizomi, normativ hujjat, “Ijro.gov.uz” subektlar, moddiy resurslar, ijrochilarning manfatlari, ijrochilarni tanlash, yagona elektron tizim, elektron raqamli imzo. Qonunlarga qatʼiy rioya qilish Oʼzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-maʼnaviy va maʼrifiy, umuman olganda jamiyatning barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qoʼlga kiritishga imkon beradi. Qonunning kuchi, obroʼsi, taʼsiri, amaliy ahamiyati hayotda uning odilona tatbiq etilishidadir. Har qanday hujjat loyihasini tayyorlash va qabul qilish borasida bajarilgan ishlardan soʼng boshqaruv subʼekti uning ijrosini tashkil qilish boʼyicha har tomonlama va murakkab ishni amalaga oshirishi kerak. Normativ hujjat ijrosini tashkil qilish qabul qilingan hujjatni muqarrar, aniq va oʼz vaqtida hayotga joriy etishga qaratilgan boshqaruv siklining asosiy bosqichi hisoblanadi. “Qonun ijrosi bilan kuchli” degan iboraga urgʼu beradigan boʼlsak, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida qonunchilik hujjatlarini ijro etishda halollik, adolat asosida ish yuritish mutasaddilar uchun asosiy maqsad hisoblanib, jamiyat, xalq va Vatan oldidagi buyuk insoniy burch hamda yuksak masʼuliyat boʼlmogʼi lozim. Davlat boshqaruvi organlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro etilishini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy 74-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 147 Ustozlar uchun pedagoglar.org hujjatlar toʼgʼrisida” 2021 yil 20 apreldagi OʼRQ-682-son Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʼshimcha chora- tadbirlar toʼgʼrisida” PF-6166-son Farmoni hamda 2021 yil 31 maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʼrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” PQ-5132-son Qaroriga asosan amalga oshiriladi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni bilan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy qilindi. Yangi tizimning samaradorligi oʼz navbatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi nazorat olib boriladigan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini takomillashtirish bilan chambarchas bogʼliq. Idoralararo hujjat aylanish tizimi “Ijro.gov.uz” Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi negizida ishlab chiqilgan boʼlib, tashkilotda elektron ish yuritishga yordam beradi. Tizim imkoniyatlari: 1. Maʼlumotlarni saqlanish tartibi. Elektron arxivda hujjatlarni markazlashtirilgan, turkumlashtirgan va tizimlashtirilgan holatda saqlanishi. 2. Xarajatlarning qisqarishi. Qogʼoz hujjatlarni chop etish, pochta joʼnatish va saqlash xarajatlarini kamaytirish. 3. Tizimning umumiyligi. Hujjatni shakllantirish va qayta ishlash (roʼyxatga olish, tasdiqlash va boshqalar) tartiblariga yagona yondashuv. 4. Vaqt tejalishi: a) hujjatlarni yetkazib berish, rasmiylashtirish va kelishish vaqtini qisqartirish; b) hujjatlarni tez imzolanishi. 5. 24/7. Onlayn rejimda hujjatlar bilan har qanday amallarni: qidirish, yuklab olish, chop etish, tekshirish, rad etish, shuningdek ularning harakatini kuzatish imkoniyatlaridan uzluksiz foydalanish mumkin. 6. Qidirish. Hujjatlar qidiruvining tezkorligi. Ushbu platformaning yana bir qancha afzalliklarga ega boʼlib, har bir hujjat elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi. Maʼlumot uchun: elektron raqamli imzo (ERI) - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʼzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʼqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. 74-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 148 Ustozlar uchun pedagoglar.org Ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solishning samarasi va unumdorl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida qabul qilinayotgan hujjatlarning ular faoliyatidagi ahamiyati, ularning turlari va hujjatlarga qoʼyiladigan talablar boʼyicha tushunchalar, oʼziga xos xususiy…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida qabul qilinayotgan hujjatlarning ular faoliyatidagi ahamiyati, ularning turlari va hujjatlarga qoʼyiladigan talablar boʼyicha tushunchalar, oʼziga xos xususiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moddiy resurslar, ijrochilarning manfatlari, yagona elektron tizim, normativ hujjat, “Ijro.gov.uz” subektlar, ijrochilarni tanlash, Kalit soʻzlar: ijro intizomi, elektron raqamli imzo.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники