Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING FIKRLASH QOBILIYATINI OʻSTIRISH
SONNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI · Murodullayeva Dilafruz Shavkat qizi
Для учителей · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются лексико- грамматические особенности числительных в узбекском языке, их место в системе частей речи, морфологические и семантические типы числительных, а также стилистическая нагрузка чисел в современном контексте. Annotation:This article analyzes the lexical and grammatical features of numerals in the Uzbek language, their role among parts of speech, morphological and semantic types, as well as the stylistic implications of numerals in modern contexts. Kalit so‘zlar:sonlar, grammatik kategoriya, morfologiya, semantika, stilistika Ключевые слова:числительные, грамматическая категория, морфология, семантика, стилистика Keywords:numerals, grammatical category, morphology, semantics, stylistics O‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlari ichida sonlar alohida o‘ringa ega bo‘lib, ular miqdor va tartibni ifodalash orqali tilning mantiqiy-tartibiy tuzilishiga xizmat qiladi. Sonlar nafaqat hisoblashda, balki matn stilistikasi, ma'lumot berish aniqchiligi va nutq ravonligida muhim vosita sanaladi.Til inson tafakkurining oynasidir. Har bir so‘z inson tafakkurida shakllangan tushuncha va tasavvurlarning belgilarini o‘zida mujassam etadi. Tilimizdagi har bir so‘z turkumi, jumladan, sonlar ham, kundalik hayotimizda, tafakkurimizda, muloqotimizda muhim o‘rin tutadi. Biz hayotimizning har bir daqiqasida, bilib-bilmay, sonlardan foydalanamiz: vaqtni Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 340 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT aytamiz, narxni aytamiz, sinfdagi o‘quvchilar sonini, yutuq darajasini bildiradigan sonlarni ishlatamiz. Ammo bu oddiy ko‘ringan sonlarning ichki tuzilishi, grammatik va leksik xususiyatlari haqida o‘ylab ko‘rganmizmi? Son — bu faqat raqam emas. U tilda mustaqil so‘z turkumi sifatida shakllangan, o‘ziga xos grammatik belgilar, so‘z yasalishi va qo‘llanish qoidalariga ega. Miqdor, tartib, bo‘linma, ko‘paytma kabi turli turlarga ega bo‘lgan sonlar tilning naqadar boy va murakkab tizimga ega ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, uchta bola, ikkinchi sinf, yarim soat, bir necha marta kabi ifodalar orqali biz sonlarning qanday qilib ot bilan birikib, gapda muhim rol o‘ynashini ko‘ramiz. Sonlar grammatik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ular ot bilan birikadi, ba’zan ko‘plik yoki egalik qo‘shimchalarini oladi, lekin fe’l kabi zamon yoki shaxsga ko‘ra o‘zgarmaydi. Shu sababli sonlar har qanday nutqdagi aniqlik va aniq ifoda vositasidir.Sonlar nafaqat tilimizni boyitadi, balki mantiqiy fikrlash, aniq hisob-kitob yuritish, tartib va ketma-ketlikni tushunishda asosiy vositadir. Ular orqali biz dunyoni o‘lchaymiz, tartiblaymiz, taqqoslaymiz. Bu esa sonlarning nafaqat grammatik, balki madaniy, ijtimoiy ahamiyatini ham ko‘rsatadi.Sonlar o‘zbek tilida mustaqil so‘z turkumi sifatida quyidagi guruhlarga ajratiladi: asosiy (bir, ikki), tartib (birinchi, ikkinchi), ko‘paytma (ikki hissa), taxminiy (o‘nlab, yuzdan ortiq), ajratma (har biri, bittalab). Morfologik jihatdan sonlar yasalishi bilan quyidagi shakllarni hosil qiladi: - Qo‘shimchalar orqali: ‘ikki+inchi’ – ikkinchi, ‘bir+lamchi’ – birlamchi; - Juftlashuv orqali: ‘uch-to‘rt’, ‘yetti-sakkiz’; - So‘z birikmalari asosida: ‘ikki hissa’, ‘birinchi navbatda’. Sonlarning leksik-grammatik xususiyatlaridan biri – ular egalik, ko‘plik, kelishik qo‘shimchalarini qabul qilmasligi. Masalan: ‘ikki’, ‘yigirma besh’ – bu birlik shaklidagi sonlar. Ammo ular ot bilan birikib kelganda morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi: ‘ikki kitob’, ‘yigirma beshta dafta’. Semantik jihatdan sonlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: - Aniq miqdorni bildiruvchi sonlar (bir, ikki, uch); - Noaniq miqdor sonlar (bir necha, bir qancha); Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 341 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT - Belgilovchi sonlar (har biri, har qanday); - Taxminiy sonlar (yuzlab, mingga yaqin). Zamonaviy o‘zbek tilida sonlar matn stilistikasida ham alohida o‘rin egallaydi. Masalan, publitsistik matnlarda raqamlar aniq statistik ma'lumot berish uchun ishlatiladi: ‘So‘nggi yillarda 1,2 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etdi’. Badiiy matnda esa sonlar timsollik yaratish, emotsional ta’sir kuchaytirish uchun xizmat qiladi: ‘Yuz bora aytdim, ming bora kechirdim’. Bunday qo‘llanish usullari sonlarning nafaqat grammatik, balki stilistik kuchini ham ko‘rsatadi.Yana bir muhim jihat — sonlar nutqdagi ijtimoiy-psixologik yondashuvda ham o‘rganilmoqda. Masalan, reklama matnlarida “99 ming so‘m”, “3 kunlik aksiya” kabi ifodalar sonlarning ta’sirchanlik omili sifatida qo‘llanishini anglatadi.Sonlarning lisoniy tahlilida kompyuter lingvistikasi doirasida ularning avtomatik ajratilishi, turlar bo‘yicha tahlili ham bugungi kun dolzarb mavzusidir. Bu holat sonlarning texnologik qo‘llanmasi bilan bog‘liq bo‘lib, avtomatlashtirilgan matn tahlilida ahamiyatlidir. Xulosa qilib aytganda, sonlar — oddiy ko‘ringan, ammo murakkab va boy ma’no yuklay oladigan til birliklaridan biridir. Ularni chuqur o‘rganish nafaqat til bilimimizni, balki tafakkurimizni ham rivojlantiradi. Har bir so‘zda hayot bor
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются лексико- грамматические особенности числительных в узбекском языке, их место в системе частей речи, морфологические и семантические типы числительных, а также стилистическая нагрузка чи…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются лексико- грамматические особенности числительных в узбекском языке, их место в системе частей речи, морфологические и семантические типы числительных, а также стилистическая нагрузка чи… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- numerals, grammatical category, morphology, semantics, stylistics, ijodiy fikrlash, rivojlanish, testlar, boshlangʻich taʼlim, oʻyinlar, xotira, Kalit soʻzlar : fikrlash, pedagogik tafakkur., muammolar, metodikalar, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014