К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLAR DUNYOQARASHIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR

UMUMINSONIY QADRIYATLAR · Salayeva Aziza Muhammadmurodovna · Ilmiy rahbar: Hakimova Muyassar Rashidovna (Termiz davlat pedagogika instituti)

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘sib kelayotgan yosh-avlod dunyoqarashida milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi milliy qadriyatlarimizning tutgan o‘rni, shuningdek, umuminsoniy qadriyalar va milliy qadriyatlarimiz uyg‘ unligida yosh -avlodni tarbiyalash xususida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Yosh-avlod, milliy qadriyatlar, axloq, tarbiya, mehmondo‘stlik, milliylik, o‘zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik, millatlararo totuvlik. Dunyoda mamlakatlar ko‘p, ularning har birida o‘ziga xos mentalitet, qadriyatlar, urf- odatlar va an`analari bor. Ushbu urf-odat, qadriyat va an`analarda bir xalqning necha ming yillik o‘tmishi, tarixi namoyon bo‘ ladi. Biz xohlaymizmi yo‘qmi, ko‘p qadriyatlar, urf`- odatlar ijtimoiy taraqqiyot qonunlariga monand o‘zgarib, yangilanib boradi, ammo ular butunlay yo‘qolib ketmaydi, ularni saqlab qolishning, kelgusi avlodga yetkazishning imkoniyati mavjud. Bugungi kundagi turli zararli ta’ sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo‘lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo‘lib qolishimizda qadimiy an`ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, biror bir narsaning an`anaga, ayniqsa qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar va avlodlar sinovidan o‘tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an`ana va qadriyat deb atash mumkin bo‘ladi. Xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, mehmondo‘stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo‘lish, hayo, ibo va mehr- oqibat, ahli ayolini, oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an`ana va qadriyatlari hayotning uzoq sinovlaridan o‘tgan, o‘lmas ma’ naviy merosimiz sanaladi. Hozirgi kunda yurtimizda ta’ lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish muhim vazifalardan biri etib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017-yil 15-iyun kuni 74-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 57 Ustozlar uchun pedagoglar.org Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’ minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash-davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh-avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala bu- yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘ liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim-yoshlardir. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘ un bo‘lsin. Lekin, ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘zotlarning avlodimiz, degan da’ vat ularning qalbida doimo aks sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan’’1,deya ta’kidladi Prezidentimiz. O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati barkamol avlod, dunyoqarashi keng shaxslarni tarbiyalash hamda komil inson g‘ oyasi-milliy va umumbashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzodga xos eng yuksak ma’ naviy ezgulikka undaydigan olijanob shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir. Asosiy qism Bugungi kunda biz hech ikkilanmasdan ayta olamizki, yurtimiz– xavfsizligi ta’ minlangan, tinch, osmoni musaffo, har jabhada rivojlanayotgan o‘lkalardan biri. Bunday tinch yurtda yashayotganimizga shukurlar bo‘lsin. Fan, ta’ lim, san`at, adabiyot, madaniyat, tibbiyot, sanoat umumam har bir sohada bugun yangi-yangi innovatsiyalar, yangilanishlar aytib adog‘ iga yeta olmaymiz. Xalqimizning buyuk istiqlol kurashchilari bo‘lgan jadidlarimiz orzu qilgan kunlarda biz bugun yashayapmiz. Biz mustaqillik sharofati bilan eski tuzumning kommunistik mafkurasidan halos bo‘ldik, o‘zimizning o‘zligimizni ota-bobolarimizning kim ekanligini bildik. Qiyinchiliklar ila biz o‘z tilimiz, madaniyatimizni toptalishlardan xalos etilishiga erishdik. Milliyligimizni tarannum etuvchi asl qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni angladik. Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati va ma’ naviyati, urf-odatlari, an`analarini, jamiki moddiy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi. Milliy qadriyatlarimiz istiqlol madaniyatini yaratishimizda negiz bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu hol milliy mafkuramizda ham o‘z ifodasini topib, jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Qaysi mamlakatda bo‘lmasin, jamiyatdagi yangilanish doimo madaniy merosning uyg‘onishiga olib keladi. Yoshlarni o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga,s og‘ lom dunyoqarashga, mustaqil irodali, boy ma’ naviyatga ega insonlar qilib, har qanday mafkuraviy tazyiq va ma’ naviy tahdidlarga zarba berishda tayyor etib tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib hisoblanadi. Yos

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘sib kelayotgan yosh-avlod dunyoqarashida milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi milliy qadriyatlarimizning tutgan o‘rni, shuningdek, umuminsoniy qadriyalar va milliy qadriyatlarimiz uyg‘ unligida yosh -a…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘sib kelayotgan yosh-avlod dunyoqarashida milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi milliy qadriyatlarimizning tutgan o‘rni, shuningdek, umuminsoniy qadriyalar va milliy qadriyatlarimiz uyg‘ unligida yosh -a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, millatlararo totuvlik., Kalit so‘zlar: Yosh-avlod, axloq, umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik, milliylik, mehmondo‘stlik, o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники