К содержанию
РецензированоUZ2025

INTERFAOL USULLAR ORQALI ONA TILI DARSLARIGA BO'LGAN QIZIQISHINI OSHIRISH

SCIENCE SHINE · Usenbaeva Gozzal

Для учителей · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu boshlang‘ich sinflarda lirik asarlar ustida ishlash va lirik asarlar haqida ma’lumot beriladi. Kalit: O‘quvchilar, o‘qituvchilar, lirik asar, she’r, qo‘shiq. O‘qish kitobini tuzishda shu narsaga e’tibor beriladiki, tuzilayotgan har bir bo‘limda o‘quvchilarni g‘oyaviy, siyosiy, axloqiy tomondan tarbiyalovchi, mehnatga muhabbatni uyg‘otuvchi, tabiatni muhofaza qilishga undovchi asarlar asosiy o‘rinda turishi kerak. O‘qish kitoblariga kiritilgan tabiat va kishilar mehnati haqidagi yuksak badiiy asarlarni o‘qib tahlil qilish bilan bolalar o‘z bilimlarini borliq haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyitadilar, ularda tabiatga muhabbat tarbiyalanadi, tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga odatlanadilar. Boshlang‘ich sinflarda dasturga muvofiq adabiy asarlar, ertak, masallar bilan birga she’rlar ham ko‘plab berilgan. Qo‘shiqlarni o‘rgatish o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘ular hosil qilishda eng muhim janr hisoblanadi. Qo‘shiqlar ayniqsa bolalarning ruhiy dunyosini boyitish bilan birga, tabiat manzaralarini, odamlarning hayotidagi, ishidagi, turmushidagi, mehnatlaridagi va boshqa go‘zalliklarni ko‘rishga, ulardagi poetik sezgirlikni o‘stirib borishga sharoitlar yaratadi. Qo‘shiqlarni o‘rgatish orqali tilimizning ajoyib go‘zallik olamiga kirib, uning samarasi va mahoratidan foydalana bilishni o‘rganadi. O‘quvchilarga yoshligidan she’r bilan ishlay bilish yo‘lini o‘rgatib, ularda she’rga muhabbat tuyg‘usini uyg‘ota olsak, kelajakda ularning adabiyotga, she’rga bo‘lgan qiziqishini uyg‘ota olamiz. Ayniqsa, she’rlar ustida ishlashning eng samarali yo‘li - uni ta’sirli qilib o‘qiy bilishda. She’rlarning ma’lum bir qismini o‘quvchilarning yod olishiga berish talabga javob beradi. Chunki yodlash orqali biz o‘quvchining intilishini, sezgirligini, xotirasini rivojlantirib boramiz. Buning uchun o‘quvchiga, ayniqsa 1-2-sinf o‘quvchilariga yodlash yo‘llarini, yodlaganini yoddan aytib berish usullarini sinfda o‘rgatib borishimiz kerak. Boshlang‘ich sinflar uchun tavsiya etilgan she’rlarning aksariyati lirik va epik bo‘ladi. Lirik she’rlarning bir qanchasi fuqarolik mavzusiga oid bo‘lib, bunda 73 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 birinchi galda - shoirning vatan, uning tuzilishi, undagi turli tarixiy voqeaga, odamlarga, ularning muhabbat tuyg‘ulariga munosabatini ifodalovchi asarlar. Bularni o‘qish orqali o‘quvchilarning shaxsiy fe’l-atvori shakllanishiga ta’sir etadi. She’r syujetidagi voqealarni, g‘oyaviy mazmuni va qurilishini, obrazlarning yaratilishini, qahramonlar va personajlar harakatini bolalar bilan birgalikda tahlil qilib, ularni ruhiy zavq olishga, estetik zavqlanishga, hayotni chuqurroq bilishga tarbiyalab borilsa, yuqori natijalarga erishiladi. Qo‘shiqning maqsadi - hamma bolalarning ham o‘qish bilan birga kattalarga ham yordam berish ishlarini qatorma-qator olib borishga erishishdir. Maktabda boshlang‘ich sinflardan boshlab pedagogika talabi bo‘yicha o‘quv dasturlarida yengildan og‘irga, oddiydan murakkabga o‘tish tamoyili yetakchilik qiladi. Bolalarda berilgan topshiriqlarni mustaqil, mustaqil bajarish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni tarbiyalashda o‘qituvchining xizmati juda katta. O‘qituvchi badiiy asar matnlari va o‘zining pedagogik mahorati bilan ham bolalarni odob-axloqqa, tartib-intizom qoidalariga tarbiyalab boradi. Masalan, bolalarga atab yozilgan mana bu she’r satrlari chinakam tarbiya quroli bo‘la oladi. Ertalab erta turmagan, Bet-qo‘lini yuvmagan, Shkafdan olma o‘g‘irlagan. Bu bolaning qanaqasi. O‘quvchilar she’r satrining mazmunidanoq "bu bolaning yomoni" ekanligini anglaydilar. Va, mana she’r satrlari o‘qilganda: Ertalab erta turadi, Yuz-qo‘lini yuvadi, Ust-boshi top-toza, Maktabga qadam qo‘yadi, Bu bolaning qanaqasi? Bolalar "bu bolaning yaxshisi" deb birdan ajratadi. Yaxshi odat bilan yomon odatning farqini bila boshlaydi. Ijobiy va salbiy harakatlarni qiyosiy tarzda ochib berishga bag‘ishlangan she’rlar qoraqalpoq bolalar shoirlarining poeziyasida ko‘plab topiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun yozilgan badiiy asarlarning g‘oya- tematikasi rang-barang bo‘lib, ularni bolalarga o‘z vaqtida o‘qib, mazmunini tahlil qilib, tushuntirib borilsa bolalar tarbiyasida ijobiy natija beradi. Bu yoshdagi bolalarda kattalarning ishiga, mehnatiga qiziqish kuchli bo‘ladi. Kasb-hunar, mehnat haqida yozilgan she’rlar katta taassurot qoldiradi. Ba’zi badiiy asarlarni o‘zlari topib 74 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 o‘qishga intilib o‘tiradilar. Ko‘pchilik qo‘shiqlarning mavzusi tabiatga bog‘liq. Chunki o‘quvchilar har bir mavsumda tabiat qanday ko‘rinishda ekanini bilishi kerak. Bu o‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan mehrini oshirishga yordam beradi. O‘quvchilar tabiatni sevishi va uni asrab-avaylashi kerak. She’rlar orqali bizlar o‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan munosabatini oshirishimiz mumkin. O‘qish kitoblarida turli janrdagi badiiy asarlar va il

Доказательный фрагмент

«Ushbu boshlang‘ich sinflarda lirik asarlar ustida ishlash va lirik asarlar haqida ma’lumot beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu boshlang‘ich sinflarda lirik asarlar ustida ishlash va lirik asarlar haqida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so'zlar: Boshlang'ich sinf, ona tili darsi, o'qituvchi, interfoal usullar, o'quvchilar, metodlar, darslar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники