К содержанию
РецензированоUZ2026

SARIQ MATBUOTNING ZAMONAVIY JURNALISTIKAGA TA’SIRI: YUTUQLAR VA TAHDIDLAR

Tursunova Dilsoʻz Abrorovna

Для учителей · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada sariq matbuot tushunchasi, uning tarixiy ildizlari, shakllanish sabablari va zamonaviy jurnalistika jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Ilmiy asosda olib borilgan tadqiqotda sariq matbuotning ommaviy ongga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, insonlar ongini manipulyatsiya qilish usullari va u orqali jamiyatda noto‘g‘ri axborotlar tarqalishining oqibatlari yoritiladi. Shu bilan birga, bunday ommaviy axborot vositalarining auditoriyani jalb etishdagi samarali, ammo muammoli uslublari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola jurnalistik axloq, axborot ishonchliligi va professional etikaga rioya qilish zaruratini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: Sariq matbuot, jurnalistika, axborot ishonchliligi, ommaviy axborot vositalari, senzatsiya, feyk xabarlar, axloqiy me’yorlar, auditoriya manipulyatsiyasi, axborot savodxonligi Zamonaviy axborot jamiyatida ommaviy axborot vositalari (OAV) inson hayotining ajralmas qismiga aylangan. Bugungi kunda har bir shaxs ijtimoiy tarmoqlar, internet nashrlari, televideniye va bosma OAV orqali tezkor axborot oladi. Ammo bu axborotlar orasida ishonchli, haqqoniy, faktlarga asoslangan materiallar bilan birga, muayyan darajada buzib ko‘rsatilgan, senzatsiyaga yo‘naltirilgan yoki faqat auditoriyani jalb etishga qaratilgan xabarlar ham keng tarqalmoqda. Aynan shunday axborot mahsulotlari "sariq matbuot" deb ataladi. Sariq matbuot tushunchasi XIX asr oxirlarida AQShda paydo bo‘lib, bugungi kunga kelib dunyo miqyosida keng yoyilgan axborot muammolaridan biriga aylangan. Sariq matbuot asosan diqqatni tortadigan, ammo ishonchliligi shubhali bo‘lgan sarlavhalar, shaxsiy hayotni ochib tashlash, xususiylikka tajovuz qilish, dramatik voqealarni shishirish orqali ommani jalb etishga qaratilgan. U ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, va ayrim reytingga ishlovchi ommaviy nashrlar orqali tarqatiladi. Ushbu maqolada sariq matbuotning jurnalistikaga ta’siri, uning ijtimoiy ongda qanday rol o‘ynashi, axborot sifati va madaniyatiga qanday tahdid solishi muhokama qilinadi. Shuningdek, uni an’anaviy jurnalistikadan ajratib turuvchi asosiy belgilar, uning jamiyatdagi salbiy va ijobiy oqibatlari ham tahlil etiladi. Sariq matbuotga qarshi kurashda axborot savodxonligining ahamiyati ham alohida o‘rin tutadi. Shunday ekan, jurnalistlar, tahlilchilar, o‘qituvchilar va yoshlar ushbu hodisaning mohiyatini anglashlari lozim, zero, bu nafaqat axborot sifati, balki jamiyat ma’naviy salomatligi bilan bog‘liq masaladir. Sariq matbuot – bu jurnalistikada shakllangan, ammo professionallik, ob’yektivlik, haqqoniylik kabi asosiy prinsiplarni inkor qiluvchi, ko‘proq auditoriyaning his- 74-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 87 Ustozlar uchun pedagoglar.org tuyg‘ularini uyg‘otishga va ularda qiziqish uyg‘otishga qaratilgan ommaviy axborot vositalari faoliyatidir. Uning asosiy maqsadi — ijtimoiy ongga ta’sir ko‘rsatishdan ko‘ra, auditoriyani jalb qilish va ko‘proq daromad topishga qaratilgan. Bu esa uni jurnalistik axloqiy mezonlaridan chekinishiga olib keladi. Sariq matbuot tushunchasining kelib chiqishi XIX asr oxiriga borib taqaladi. 1890- yillarda AQShda Joseph Pulitzerning “New York World” va William Randolph Hearstning “New York Journal” gazetalarida axborotni shov-shuvli tarzda yoritish, senzatsion sarlavhalar qo‘yish, inson his-tuyg‘ularini uyg‘otuvchi voqealarga urg‘u berish orqali gazeta savdosi keskin oshgan edi. Bu tajriba butun dunyoda ommalashib ketdi va “yellow journalism” atamasi matbuot tarixida salbiy hodisa sifatida shakllandi. Bugungi kunda sariq matbuot klassik shaklini yo‘qotgan bo‘lsa-da, uning zamonaviy ko‘rinishlari turli platformalarda namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, YouTube va TikTok singari raqamli platformalarda bu holat keng tarqalgan. Har bir inson “fuqarolik jurnalisti” sifatida axborot ishlab chiqarish va tarqatish imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonda, ishonchsiz, tekshirilmagan, bo‘rttirilgan xabarlar soni ortmoqda. Bu esa jurnalistikaning obro‘siga putur yetkazmoqda va axborot maydonida chalkashliklar, yolg‘onlar va manipulyatsiyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Sariq matbuotning asosiy strategiyasi — auditoriyaning e’tiborini tortish, shov-shuv uyg‘otish va hissiy reaktsiya chaqirishdir. Bu maqsadga erishish uchun ular ko‘pincha quyidagi usullardan foydalanadilar: Bo‘rttirilgan sarlavhalar: Matn mazmuniga to‘g‘ri kelmaydigan, ammo ko‘zga tashlanadigan sarlavhalar orqali o‘quvchini jalb qilish. Masalan, “Mashhur san’atkor o‘z joniga qasd qildi!” degan sarlavha ostida aslida oddiy ruhiy tushkunlik holati yoritilishi mumkin. Shaxsiy hayotga tajovuz: Mashhurlar, siyosatchilar yoki boshqa taniqli shaxslarning shaxsiy hayotiga oid tafsilotlarni ochiqlash, bu orqali omma e’tiborini tortish. Asossiz taxminlar: “Ehtimol”, “taxminlarga ko‘ra”, “g‘iybatlarga asoslanib” kabi iboralar orqali faktlarga asoslanmagan axborot tarqatish. Fotosurat va videolarning noto‘g‘ri talqini: Kontekstdan uzib olingan rasm yoki videolarni boshqa voqea sifatida ko‘rsatish. Vahimaga soluvchi kontent:

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada sariq matbuot tushunchasi, uning tarixiy ildizlari, shakllanish sabablari va zamonaviy jurnalistika jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada sariq matbuot tushunchasi, uning tarixiy ildizlari, shakllanish sabablari va zamonaviy jurnalistika jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axborot ishonchliligi, jurnalistika, auditoriya manipulyatsiyasi, axloqiy me’yorlar, feyk xabarlar, senzatsiya, axborot savodxonligi, ommaviy axborot vositalari, Kalit so‘zlar: Sariq matbuot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники