Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXBOROT TAHDIDIDAN HIMOYA QILISH ORQALI MA’NAVIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Abdurasulov Muxtorbek Bo‘ri o‘g‘li
Для учителей · 2026
Аннотация
Maqolada bugungi gobal davrda kuchayib borayotgan mafkuraviy kurashlar va ularning insonlar orasidagi ijtimoiy, madaniy, ma’naviy aloqalarga ko‘rsatgan bevosita va bilvosita ta’siri keng tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot- kommunikatsiya vositalarining roli, mafkuraviy immunitet, milliy g‘oya asoslari, sivilizatsiyalar to‘qnashuvi nazariyalari hamda o‘zbek va chet ellik olimlar fikrlari asosida ilmiy tahlillar beriladi. Kalit so‘zlar: G‘oyaviy kurash, Mafkuraviy tahdid, Insonlararo aloqalar, Axborot urushi, Madaniy ekspansiya, Mafkuraviy immunitet, Ijtimoiy tarmoqlar, Milliy g‘oya, Kommmunikatsiya nazariyasi, Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi, Axborot xavfsizligi, Ijtimoiy ong, Global aloqa tizimi, Virtual muloqot, Ma’naviy xavfsizlik. XXI asrga kelib, insoniyat hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlarning kuchayishi, jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliqlar paydo bo‘lishi natijasida insonlar orasidagi aloqalar keskin faollashdi. Aloqalar son jihatdan emas, balki mazmun jihatidan ham murakkablashmoqda. Bugungi kunda mafkuraviy kurashlar tobora murakkablashib, ochiq va yashirin shakllarda olib borilmoqda. Bu kurashning bosh maydoni – inson tafakkuri va dunyoqarashidir. Bu borada fransuz faylasufi Mişel Fuko shunday deydi: “Zamonaviy kuch nazariyasi tanaga emas, ongga ta’sir ko‘rsatishni o‘ziga maqsad qiladi” [2. 27]. G‘oyaviy kurashlar tarixan mavjud bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, bugungi kunda ular axborot vositalari orqali tobora kuchaymoqda. Ular quyidagicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda: Axborot urushi – yolg‘on ma’lumotlar, manipulyativ kontentlar orqali ongga ta’sir qilish; Madaniy ekspansiya – begona qadriyatlarni jozibali shaklda singdirish; Mafkuraviy neytralitet niqobi – milliylikdan voz kechishga undovchi g‘oyalar. Yuqoridagi shakllar global axborot maydonini egallab, milliy g‘oya va qadriyatlarga qarshi kurash olib borishga xizmat qilmoqda. Amerikalik tadqiqotchi Semuel Xantingtonning “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” nazariyasiga ko‘ra: “Yaqin kelajakda insoniyat tarixidagi eng asosiy ziddiyatlar madaniyatlar va g‘oyalar o‘rtasida bo‘ladi” [3.21]. www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 18 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Zamonaviy davrda insonlar o‘rtasidagi aloqa faqat shaxsiy, oilaviy, mehnat doirasidagi munosabatlar bilan cheklanib qolmaydi. Aloqalar endi global axborot maydonida, virtual olamda ham shakllanmoqda [6.73]. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda: Ijtimoiy tarmoqlar – Facebook, Telegram, Instagram, TikTok orqali muloqotlar; Ommaviy madaniyat mahsulotlari – kino, musiqalar, reklama orqali g‘oya singdirish; Mobil ilovalar va sun’iy intellektlar – ong ostiga ta’sir qiluvchi kontentlar. Ijtimoiy aloqalarning kuchayishi ikki yo‘nalishda baholanishi mumkin: 1. Ijobiy jihatlar: Tezkor axborot almashinuvi; Globallashuvga moslashish; O‘zaro hamkorlik va tolerantlikning ortishi. 2. Salbiy jihatlar: Begona g‘oyalarning jozibali niqob ostida tarqalishi; Mafkuraviy ziddiyatlar; Virtual do‘stlik va ijtimoiy yolg‘izlik paradoksining kuchayishi. Bunday holatni amerikalik psixolog Sherri Turkle quyidagicha izohlaydi: “Biz texnologiyalar orqali tobora ko‘proq bog‘lanamiz, lekin shu bilan birga tobora yolg‘izlanamiz” [4.14]. Agar insonlar o‘rtasidagi aloqalar ijobiy g‘oyalar, milliy qadriyatlar, o‘zligimizni mustahkamlovchi mafkura asosida shakllansa, bu jamiyatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Aks holda, bu aloqa milliylikdan uzoqlashish, mustaqil fikrni yo‘qotish, ko‘r- ko‘rona taqlidga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu masala yuzasidan quydagi fikrlarni ta’kidlaydi: “Bugungi kunda ma’naviy xavfsizlik, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalasi – millat va davlat mustaqilligining asosiy kafolatidir” [1. 89]. Shu bois, kommunikatsiya faolligi va g‘oyaviy barqarorlik o‘zaro bog‘liq tushunchalardir. Insonlar o‘rtasidagi aloqa sotsiologiya, psixologiya va falsafa fanlarida keng o‘rganiladi. Jamoaviy ong, ijtimoiy kapital, kommunikatsion simvolizm nazariyalari bu jarayonni chuqur yoritadi. “Ijtimoiy maydon” tushunchasi orqali insonlar aloqasini ijtimoiy resurslar asosida tahlil qiladi: “Har bir ijtimoiy munosabat — bu kuch uchun kurash maydonidir” [5.56]. Bugungi g‘oyaviy kurash sharoitida insonlar o‘rtasidagi aloqalar faollashib borayotgan bo‘lsa-da, bu faollik bir yoqlama emas. Uni to‘g‘ri yo‘naltirish, milliy g‘oya asosida shakllantirish, yoshlar ongida mafkuraviy immunitet yaratish eng muhim vazifadir. Shuning uchun: Ma’naviy targ‘ibot vositalarini kuchaytirish; www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 19 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Ijtimoiy tarmoqlar orqali milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish; Ta’lim tizimida mafkura va axborot madaniyatini o‘rgatish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Ma’naviy taraqqiyot yo‘
Доказательный фрагмент
«Maqolada bugungi gobal davrda kuchayib borayotgan mafkuraviy kurashlar va ularning insonlar orasidagi ijtimoiy, madaniy, ma’naviy aloqalarga ko‘rsatgan bevosita va bilvosita ta’siri keng tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada bugungi gobal davrda kuchayib borayotgan mafkuraviy kurashlar va ularning insonlar orasidagi ijtimoiy, madaniy, ma’naviy aloqalarga ko‘rsatgan bevosita va bilvosita ta’siri keng tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Axborot xavfsizligi, Axborot manipulatsiyasi, Yoshlar ongi, Tanqidiy fikrlash, Ma’naviy tarbiya, Ijtimoiy tarmoqlar, Kalit so‘zlar: Axborot tahdidi, Milliy qadriyatlar, G‘oyaviy immunitet, Ma’naviy mafkura.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024