К содержанию
РецензированоUZ2020

OTNI O‘TISHDA TA’LIMIY DIKTANT TURLARIDAN FOYDALANISH USULLARI

FOYDALANISH USULLARI · Rahmonova Dilfuzaxon Munavvarjon qizi · Ilmiy rahbar: Parpiyev Odil Olimovich

Для учителей · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada ta’limiy diktant turlaridan foydalanish usullarini o‘rganish, ularni ta’lim jarayoniga qanday tatbiq etish mumkinligi, shuningdek, pedagogik faoliyatda ularning o‘rni haqida batafsil tahlil qilingan. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumi mavzusini o‘tishda ta’limiy diktant turlaridan foydalanishning afzalliklari yoritilib, yangicha usullarni qo‘llash haqida tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: taʼlimiy diktant, ot, soʻz turkumi, oʻquvchi, usul, rivojlanish, darslik. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasida shunday deyilgan: ”Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan”1. Boshlang‘ich ta’limning muhimligi shundan iboratki, bu bosqichda o‘quvchilar uchun ta’limning poydevori qo‘yiladi va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari ko‘pincha boshlang‘ich ta’limdagi olingan bilim va ko‘nikmalarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun boshlang‘ich ta’lim tizimini samarali tashkil etish, zamon talablariga moslashtirish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish har bir jamiyat uchun ustuvor vazifalardan biri demakdir. O‘zbekistonda ta’lim tizimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, boshlang‘ich va o‘rta ta’limda zamonaviy metodlarni qo‘llashga katta ahamiyat berilmoqda. Bu islohotlarning asosiy maqsadi, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini samarali tashkil etish va yosh avlodni zamon talablariga mos ravishda tarbiyalashdan iborat. Bu vazifa, albatta, biz o‘qituvchilarga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Bu borada davlatimiz rahbari Shavkat Miromonivich Mirziyoyev quyidagi fikrlarni bildirgan: “Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz 1 https://lex.uz/docs/-5013007 74-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 296 Ustozlar uchun pedagoglar.org kerak.2 Yurtboshimiz bildirgan bu fikrlar, albatta, o‘rinli va ahamiyatli hisoblanadi. Chunki o‘qituvchilar jamiyatda juda katta ahamiyatga ega, negaki ular kelajak avlodni tayyorlashga yordam beradi. O‘qituvchining ishi ko‘pincha uzoq va mehnat talab qiluvchi bo‘lsa-da, ularning roli jamiyatning taraqqiyotida muhim hisoblanadi. O‘qituvchilik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘ta individualdir. Har bir o‘qituvchining muhim hayotiy o‘rni, uning o‘z ishining ustasi bo‘lishdir.3 Bugungi kunda ta’lim sohasida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim jarayonida an’anaviy usullarni takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish dolzarb masalalardan biri demakdir. Davlatimiz rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham bu borada quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan: “So‘nggi yillarda boshlang‘ich sinflar uchun yangi maktab darsliklari hamda zamonaviy o‘quv metodikasi joriy qilindi, maktablardagi kompyuter xonalari butunlay yangilanmoqda. O‘qituvchilar paxta qulligidan mutlaqo ozod qilinib, ularning huquqlari qonun bilan mustahkamlandi. Har qanday majburiy mehnat uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazo belgilandi”4. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashda ta’limiy diktantlardan foydalanish samarali metodlardan biri hisoblanadi. O‘tish davrida, ya’ni o‘quvchilarning yangi bosqichga moslashuvi davrida, diktantlardan foydalanish nafaqat savodxonlikni oshirish, balki mustaqil fikrlash, tahlil qilish va matnni anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega. Mazkur mavzuning dolzarbligi ta’lim tizimida o‘quvchilarning ona tili va o‘qish savodxonligi fanlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning nutq madaniyatini rivojlantirish hamda ijodiy fikrlashga undash zaruriyatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ta’limiy diktantlardan foydalanish metodikasini ilmiy asoslash va uni amaliyotda keng tatbiq etish hozirgi zamon pedagogikasi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Shu sababli ham mazkur maqolada ta’limiy diktantlarning ona tili darslarida otni o‘tish jarayonidagi ahamiyati va ulardan samarali foydalanish usullari yoritilgan. Shuningdek, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ona tili darslarida mustaqil soʻz turkumlaridan biri boʻlgan ot soʻz turkumi bilan tanishtirishda taʼlimiy daktantlardan foydalanishning samarali jihatlarini koʻrib chiqamiz. Grammatik jihatdan ot soʻz turkumi degan atama boshlangʻich sinf oʻquvchilariga 3-sinfda o‘rgatiladi. Lekin oʻquvchilar 1- sinfdanoq ot soʻz turkumi bilan tanisha boshlaydilar. 1–2-sinflarda 2 Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik nutqi. Toshkent, 2020. 3 PEDAGOGIK MAHORAT VA UNGA ERISHISH YO'LLARI 4 https://aniq.uz/uz/yangilikla

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ta’limiy diktant turlaridan foydalanish usullarini o‘rganish, ularni ta’lim jarayoniga qanday tatbiq etish mumkinligi, shuningdek, pedagogik faoliyatda ularning o‘rni haqida batafsil tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ta’limiy diktant turlaridan foydalanish usullarini o‘rganish, ularni ta’lim jarayoniga qanday tatbiq etish mumkinligi, shuningdek, pedagogik faoliyatda ularning o‘rni haqida batafsil tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivojlanish, darslik., oʻquvchi, soʻz turkumi, usul, ot, Kalit so‘zlar: taʼlimiy diktant
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники