Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUHAMMAD BOLTAYEVNING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI
Asrorova M.U.
Современная наука и исследования · 2 · 53-56 · 2026
Аннотация
ushbu maqolada Markaziy Osiyo mutasavviflarining islom falsafasi rivojlanishida tutgan o’rni va ushbu mavzuni o‘rgangib, jamiyatimiz ma’naviyatino oshirishga hissa qo‘shgan olim M.Boltayev haqida qarashlar bayon etilgan.Shuningdek, faylasuf - olim M.Boltayevning Markaziy Osiyo so‘fiylarining tasavvuf haqidagi qarashlari o‘rin egallagan. Tayanch so‘zlar: Islom falsafasi, mutasavvuflar, Sharq allomalarining ilmiy merosi, tasavvuf ta’limoti, islom ma’rifati, so‘fiylik falsafasi. Dunyoning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari, yetakchi oliy ta’lim muassasalarida nemis klassik falsafasi, fransuz falsafasi, ingliz falsafasi shakllanishiga muhim hissa qo‘shgan namoyandalarning falsafiy merosini o‘rganish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, sobiq ittifoq davri falsafasini o‘rganishdagi noxolisliklar, o‘zbek falsafasini o‘rganishdagi bir yoqlama yondashuvlarning mavjudligi mazkur muammo bo‘yicha zamonaviy izlanishlarni taqozo qilmoqda. Shu ma’noda, o‘zbek faylasuf olimi Muhammad Boltayevning falsafa va tasavvuf g‘oyalari, tariqat tamoyillari, ularning davr axloqiy tendensiyalariga ta’siri, umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘unligiga oid qarashlari bugungi ma’naviy, diniy-ijtimoiy masalalar yechimida dolzarb ahamiyat kasb etadi. M.Boltayev — o‘zbek falsafasi va milliy madaniyati sohasida ilmiy ishlari bilan tanilgan olim. Uning ilmiy ishlari va nazariy maqolalari ko‘plab chet el olimlari va tadqiqotchilari tomonidan muhokama qilingan va havola berilgan. M.Boltayevning ishlari, ayniqsa, ijtimoiy fanlar, ta’lim, ma’naviyat va falsafada muhim o‘rin tutadi. Muhammad Boltayevning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi o‘zbek ilm-fani, falsafasida o‘ziga xos o‘rin tutgan. Uning ibratli hayot yo‘li, ilmga ayniqsa, Sharq va G‘arb falsafsini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, izlanishlari umume’tirof etilgan.Jumladan, uning Sharq falsafasining tarkibiy qismi hisoblangan tasavvuf falsafasi borasidagi tadqiqotlari diqqatga sazovor. Olimning ilmiy merosiga uning tadqiqotlariga qiziqish, o‘rganish hayotlik vaqtlaridan boshlangan. Xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy maqolalari, monografiyalarida keltirilgan iqtibosliklar, Respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda yozilgan maqolalar buni asoslaydi. Hayot bor ekan undagi qonuniyatlar insonni boshqaradi, hayot yo‘llarini yoritadi va qalb kechinmalari sari yetaklaydi. Qalb kechinmalarini tuygan inson ma’lum bir tushuncha, holatga qarab fikrlaydi, mutolaa qilib mushohada yuritadi. Ushbu mushohadalar jamlanmasi aniq, ma’lum bir falsafiy nazariyani yoki falsafiy dunyoqarashni tashkil etadi. Bu falsafiy qarashlar insonning jamiyat va turmushdagi o‘rnini aniqlab falsafa dunyosidagi muammolar yuzasidan keng fikr yuritishida xizmat qiladi. Mana shunday falsafa dunyosida o‘z ilmi, go‘zal xislati va fazilatlari bilan qalbimizdan joy olgan olim – mo‘tabar zot Muhammad Nazarovich Boltayev. Bu ajoyib insonni hayot vaqtlarida ko‘rish nasib etmagan bo‘lsa-da, bu insonni va u kishining ilmiy meroslarini yetishtirgan shogirdlaridan, bugungi kunda jamiyatimizning turli jabhalarida o‘z faoliyatini yuqori darajaga ega bo‘lgan olimlardan o‘rganishga azmu - qaror qildik. O‘ylaymizki, u kishining qo‘l ostida kamol topgan va yetishib chiqqan shogirdlaridan bizni qiziqtirgan ko‘pgina savollarga javob topishga va ajoyib inson xaqida ilmiy ish yozishga 1385 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 yetarlicha manba bo‘lishiga qattiq ishonamiz. Ustoz va olim M.N.Boltayev haqidagi ilk taassurotlarni, u kishining sevimli shogirdlaridan biri bo‘lgan dots.s.f.d. Karimov B.SH.ning ustozlari haqidagi maqolalaridan ega bo‘ldik: “Sochlari va qoshlari oq, nigohlari ma’noli, baland bo‘yli, kelishgan, xushmuomala, mulohazali, talabchan, sakson yoshdan oshgan bo‘lishiga qaramay tetik va nuroniy sifatida hammaning xotirasida gavdalangan bu olimning falsafa dunyosida qilgan mehnatlari beqiyosdir”. Chunki falsafa fanida o‘rta asr olimlari ijodini o‘rganibgina qolmay, balki tib ilmining asoschisi ibn Sino haqida ko‘p zahmat chekib katta boylikni meros qoldirgan M.Boltayev ijodi va ilmiy faoliyatini o‘rganish vaqti keldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Atoqli faylasuf olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor, Buxoro falsafa maktabining asoschisi Muhammad Nazarovich Boltayev ko‘pchilikka ma’lum va manzur. Bu inson bilan hamkorlik qilgan, suhbatlaridan bahramand bo‘lgan inson, albatta, baxtli insondir. Faylasuf olim - M.Boltayev haqidagi ma’lumotlarni biz, shogirdlari tomonidan ustozning 80 yoshlik yubileylari munosabati bilan o‘tkazilgan ilmiy konferensiya to‘plamlaridagi maqola va tezislardan, qolaversa, ustozning sevimli shogirdlari, hamkasblari, do‘stlari va yaqinlari tomonidan bizga bergan ma’lumotlaridan o‘qib o‘rgandik va buning uchun ularga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. M.N.Boltayev - 1928-yilning 16-oktabrida Buxoro shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilganlar. 1935-1945-yillarda Buxoro shahridagi 9-o‘rta maktabda tahsil olganlar. Buxoro sh
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada Markaziy Osiyo mutasavviflarining islom falsafasi rivojlanishida tutgan o’rni va ushbu mavzuni o‘rgangib, jamiyatimiz ma’naviyatino oshirishga hissa qo‘shgan olim M.Boltayev haqida qarashlar bayon etilg…»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada Markaziy Osiyo mutasavviflarining islom falsafasi rivojlanishida tutgan o’rni va ushbu mavzuni o‘rgangib, jamiyatimiz ma’naviyatino oshirishga hissa qo‘shgan olim M.Boltayev haqida qarashlar bayon etilg… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- so‘fiylik falsafasi., Sharq allomalarining ilmiy merosi, mutasavvuflar, Islom falsafasi, tasavvuf ta’limoti, islom ma’rifati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025