Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAQALPOQ XALQ MAQOLLARIDA MADANIY ONG, IJTIMOIY TAFAKKUR VA TARBIYAVIY QADRIYATLARNING AKS ETISHI
IJTIMOIY QADRIYATLARDAGI O‘RNI · Saylaubaeva Bibigul Jen’isbay qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
ushbu maqolada qoraqalpoq xalq maqollaridagi “ot” obrazining semantik va ramziy ma’nolari tahlil qilinadi. Ot obrazining ijtimoiy, axloqiy va madaniy kontekstlarda qanday funksional yuklamalar bilan namoyon bo‘lishi, xalq og‘zaki ijodida uning qanday o‘ringa ega ekani ko‘rsatib beriladi. Maqolalarda ot timsoli orqali mehnat, tajriba, mas'uliyat, zaiflik va kuchlilik kabi qadriyatlar ifodalanadi. Shuningdek, maqol qoraqalpoq tilshunosligi va folkloristik manbalar asosida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: qoraqalpoq maqollari, ot obrazi, xalq og‘zaki ijodi, ramziy ma’no, folklor, madaniy meros, ijtimoiy qadriyatlar. Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi o‘zining boy mazmuni, rang-barang timsollari va chuqur falsafasi bilan ajralib turadi. Qoraqalpoq tarixida maqollarni butun bir millatning kuchi bilan yasalgan gavhar dunyoasini yig‘ish va nashrga tayyorlash ishlari 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Qoraqalpoq xalqining madaniyatini, adabiyotini o‘rganish bir necha yillardan beri rus olimlarining e’tiborida bo‘lib kelgan. Mana shu asosda mashhur qozoq olimi Ch.Valixanov qoraqalpoq orasida yurib bir nechta og‘zaki xalq namunalarini yig‘adi.1 N.P.Ostroumov 1888– 1891-yillarda “Turkston o‘lkasining mahaliy xalqlarining naql va maqollari”2 nomli kitobining etnografik materiallar bo‘limida 1110 ta naql-maqollarning namunalari keltirilgan. Shularning ichida bir nechta qoraqalpoq naql-maqollari ham bor. Bu to‘plamlarga xalq orasida keng tarqalgan tabiat va jamiyat jarayonlari haqidagi naql-maqollar va xalq donishmandligini tasvirlaydigan maqollar ham kiritilgan. A.A.Divaev “Sirdaryo viloyatidagi mahaliy xalqlarning ertak, timsol, maqol, topishmoq va dostonlari”3 nomli kitobni nashrdan chiqaradi. Shunday qilib, Oktabr revolyutsiyadan oldingi qoraqalpoq xalq og‘zaki namunasini va naql-maqollarini yig‘ish va uni nashrga tayyorlash ishlarida ham rus tadqiqotchilari yetakchilik qildi. Qoraqalpoq xalq og‘zaki namunalarining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lgan naql-maqollarni o‘rganish, to‘plam sifatida nashrdan chiqarish xalqning maqsadiga aylandi. Xuddi shunday tadqiqot ishlarini taniqli rus olimi, filologiya fanlari doktori, professor N.A.Baskakovning xizmatlari katta. U 1926–1946-yillar oralig‘ida Qoraqalpog‘istonning hamma tumanlarida bo‘lib, etnografik va dialektik tadqiqotlar yurgizadi. Shu tadqiqotlarining yakuni sifatida 1951- yili qoraqalpoq tilining birinchi tomini nashrdan chiqaradi.4 Bu tomda 700 dan ortiq naql- maqollarning namunasi qoraqalpoq va rus tillarida berilgan. Buning eng omadli tomoni shuki, 1 Ч.Валиханов "Сочинения, издание под редакцией Н.И.Василевского "в записках русского географического общества но отделению этнографии" СПБ, 1904. 2 Н.П.Остроумов. Пословицы туземского населения Туркестанского края, Ташкент,1888 3 «Сборник материалов для статистики Сыр-Дарьинской области» Изд. 1895. Ташкент 4Н.А.Баскаков. Каракалпакский язык, т.Изд. АН СССР. Москва, 1951 1 45 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qoraqalpoq xalqining adabiy meroslarini boshqa millatlarga tanishtirish bilan bir qatorda, kelajakda naql-maqollarni rus tilida to‘plam etib tayyorlash kerak bo‘lgan vaqtda tayyor turgan material sifatida olsak bo‘ladi. Daslabki yillarda og‘zaki yillarda og‘zaki xalq namunlarini o‘z ixtiyori bilan o‘rganuvchilarga ko‘rsatmalar berilib, fikr almashishda N.Dawqaraev, Q.Alimbetov va ko‘pgina olimlarimiz birgalikda ishlashdi. Shularning ichida naql-maqollarni yig‘ishda ko‘p mehnati va harakati singgan filologiya fanlari doktori, professor Q. Ayimbetov edi. Qoraqalpoq xalq og‘zaki namunalarini yig‘ishga oliy ta’lim muassasalarining talabalari bilan o‘qituvchilar jamiyati, yozuvchi-shoirlar faol qatnashdi. Shular qatorida 1946–1947 yillarda Q. Berdimuratov Qo‘ng‘irot tumanining maktab jamiyati bilan birgalikda “Qaraqalpaq xaliq naqil-maqallari” nomli kitobni nashrga chiqardi. 5 I.Yusupov Taxtako‘pir, Qorao‘zak tumanlarining terrritoriyalaridan “Qaraqalpaq folklori”, Kegeyli va Chimboy tumanlarida bo‘lib, “Qoraqalpoq legendalari qosiq ha’m naqil-maqallari”6 kitobini va R.Xojambergenov “Qaraqalpaq naqillari ha’m a’tko‘nshek” degan nom bilan bir qancha materiallar topshirdi. Naql-maqollarning ko‘p yig‘ilgan davri 1959-yili O‘zbekiston SSR Ilmlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston filialining ochilish marosimi munosabati bilan birgalikda qoraqalpqo folklor sektorining tashkllashtirishi, og‘zaki xalq namunalarining hamma turlari haqida chuqurroq O‘. Nurg‘aliyev, “Qoraqalpoq naqillari”7, 1963-yili A.Qulimbetov “Qaraqalpaq naqil-maqallari”8 nomli kitobini alifbo tartibida sistemalashtirib nashrdan chiqargan. Bundan tashqari alohida mavzulashtirmasdan folklorning boshqa janrlari bilan qo‘shib yozib olingan naql-maqollar ham oz emas. Lekin shularga qarab, qoraqalpoq naql-maqollari to‘lig‘i bilan yig‘ib olindi degan fikr tug‘ilmasligi kerak. Sababi, naql-maqollar kun sayin turmushning talabi bilan yana ko‘payib bormoqda. Shu jarayonni hisobg
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada qoraqalpoq xalq maqollaridagi “ot” obrazining semantik va ramziy ma’nolari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada qoraqalpoq xalq maqollaridagi “ot” obrazining semantik va ramziy ma’nolari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- arabcha atamalar, mehnat etikasi, semantik tahlil, milliy tafakkur, qoraqalpoq folklori, maqollar, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy ong., tarbiyaviy funksiyalar, timsollilik, xalq og‘zaki ijodi, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025