К содержанию
РецензированоRU2026

XALQARO MUNOSABATLARDA YUMSHOQ KUCH VA UNING QO‘LLANILISHI

Baxtiyorov Umar Vaisboy o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Эта статья посвящена "мягкой силе", которая сегодня является актуальным фактором в международных отношениях. В статье рассматривается, как ряд развитых и быстро развивающихся стран, включая Соединённые Штаты Америки, Китай, Индию, Турцию и Южную Корею, использующие свою "мягкую силу," по каким инструментам "мягкой силы" они лидируют, а также, сущность фактора "мягкой силы." Ключевые слова: Международные отношения, Китай, Турция, Индия, Южная Корея, влияние мягкой силы, мягкая сила в политических процессах. Annotation. This article focuses on "soft power", which is currently a pressing factor in international relations. The article examines how a number of developed and rapidly developing countries, including the United States of America, China, India, Turkey, and South Korea, use their "soft power," which tools of "soft power" they lead, and the essence of the "soft power" factor. Keywords: International relations, China, Turkey, India, South Korea, soft power influence, soft power in political processes. XXI asr globallashuv asri va qator sohalar uchun renessans bosqichi bo‘lgani kabi xalqaro munosabatlarda ham yangi bosqich tamadduniga zamin yaratdi. XX asrda xalqaro munosabatlarda “qattiq kuch”dan ko‘proq foydalanilgan va asosiy urg‘u “qattiq kuch” ga qaratilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan, aniqroq qilib aytganda esa, XXI asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon hamjamiyati sahnasida “qattiq kuch” omili o‘rnini “yumshoq kuch” omili egallay boshladi. Chunki “yumshoq kuch”, “qattiq kuch” dan tubdan farq qilardi. “Yumshoq kuch” o‘zining jozibadorligi, xilma-xilligi, va shu bilan bir qatorda, ong ostiga bo‘lgan muntazam ta’siri tufayli siyosat olamida ommalasha boshladi. “Yumshoq kuch” xalqaro munosabatlarda bir davlatga ta’sir o‘tkazishda ikkinchi davlatning o‘z madaniyati, tili, va shu bilan bir qatorda kinematografiya san’ati kabi qamrovi sezilarli darajada katta bo‘lgan sohalardan foydalanib, o‘z manfaatlarini ustunlikka olib chiqish. Ya’ni bunda birinchi mamlakatning ikkinchi mamlakatga bergan taklif yoki g‘oyasi vaqt o‘tishi natijasida oxir oqibat birinchi mamlakatning manfaatlari uchun xizmat qilishi ko‘zda tutulgan. Bugungi globallashuv jarayonida dunyo hamjamiyatida yetakchi o‘rinlarga ko‘tarilish uchun va barqaror rivojlanish yo‘lini tanlagan holda qator katta kuch markazlari va rivojlangan mamlakatlar ham o‘zlarining “yumshoq kuch”idan har doimgiga nisbatan yanada faol, keng va jozibador shaklidan foydalanmoqda. Amerika federal komissiyasi sobiq raisi Nyuton Menou 1376 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 ta’kidlaganidek, “g‘oyalar uchun sarf etilgan 1$ mablag‘ bombalar uchun sarflangan 100$ mablag‘ning qiymatiga tengdir”.Qachonki, bugungi kunda olib borilayotgan siyosat faqat bizning emas boshqalarning ham nazdida adolatga asoslangan legitim siyosat sifatida namoyon bo‘lsa, shunda “yumshoq kuch”ning ta’siri ortadi va ta’sir doirasi ham kengayadi. O‘zining “yumshoq kuchi” dan bugungi kunga qadar to‘g‘ri va samarali foydalanib kelgan va kelayotgan qator rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan davlatlar hamda katta kuch markazlari (AQSh, Xitoy va boshqalar) mavjuddir va bulardan biri Amerika Qo‘shma Shtatlaridir. Albatta Amerika Qo‘shma Shtatlari bu borada uzoq tarixiy va o‘ziga xos tajribaga ega. Jumladan ikkinchi jahon urushi yakunida Franklin Ruzvelt ilgari surgan “To‘rt ozodlik” g‘oyasining ta’siriga qaralsa, uning ta’siri natijasida Yevropa yoshlari “temir pardalar” ortidan turib “Ozod Yevropa” radiosi orqali Amerika yangiliklari va musiqasini tinglagan; Xitoylik talabalar esa Tyan-men maydonidagi noroziliklarining ramzi sifatida aynan Ozodlik haykali namunasini yaratgan; 2001- yilda esa, ozod afg‘onlar “Huquqlar to‘g‘risidagi Bill”ning nusxasini so’rab murojaat etgan; bugungi kunlarda esa Eron yoshlari o‘z uylarida, taqiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, Amerika kinolari bilan birgalikda videolarini ham tomosha qilishmoqda va bunday holatlar albatta Amerikaning kuchli va samarali bo‘lgan “yumshoq kuchi”ga yaqqol misoldir. Amerika nazdida, agar-ki bir davlat boshqalarni o‘z oliy maqsadi sari yo‘naltirsa va o‘zining maqsadini, ularning ham maqsadi sifatida shakllanishi uchun sog‘lom muhitni yaratsa, bu holatda, albatta, “qattiq kuch”ning bir ma‘nosi qolmaydi chunki “yumshoq kuch”ning tasiri ancha samaralidir. “Yumshoq kuch”, aynan demokratiya, inson huquqlari va shaxsning imkoniyatlari bular bilan ayni qatorda ko‘plab qadriyatlar mohiyatan juda yaqindir. General Uesli Klark ta’kidlab o‘tganidek “yumshoq kuch bizga an’anaviy kuchlar muvozanati siyosatning murakkab davridan ko‘ra, ancha uzoq muddat ta’sir ko‘rsata oldi”, ammo agarda takabburlik bilan harakat qilinsa bu qadriyatlarning asl qiymatini yo‘qqa chiqarishi va yanada ziddiyatlisi esa kuchli nafratning paydo bo‘lishi mumkinligidir. Yumshoq kuchning asosiy vositasi hisoblangan ilm-fan ham Xitoy nazdida albatta qator “eshiklar” uchun “kalit” vazifasini o‘tab kelmoqda. Butun dunyo mamlakatlari orasida o‘zining yetakchi iqtisodiy

Доказательный фрагмент

«Эта статья посвящена "мягкой силе", которая сегодня является актуальным фактором в международных отношениях.»

Образец извлечения

Демо-превью

Эта статья посвящена "мягкой силе", которая сегодня является актуальным фактором в международных отношениях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
International relations, China, Turkey, India, South Korea, soft power, siyosiy jarayonlarda yumshoq kuch., Hindiston, Janubiy Koreya, Turkiya, Xalqaro munosabatlar, Xitoy, Yumshoq kuch ta’siri
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники