Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO VILOYATIDA 1992 YILDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH, OYLIK MAOSH
Xayrullayev Umidjon Fayzullo o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 1992
Аннотация
Ushbu maqolada 1992 yilda Buxoro viloyatida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haqida ma’lumotlar beriladi. Kalit so’zlar: “G’amxo’rlik” markazi, “Birimiz ikki bo’lsin” dasturi, “Buxorogazsanoatqurilish”, zayom, Qizil Yarim oy jamiyati. 1992-yil barcha mablag’lar hisobidan 168,5 ming m2 uy-joylar / sur’at 71,6 foiz /,1339 o’ringa maktab, / sur’at 37,5 foiz / 380 o’ringa yasli bog’cha / sur’at 35,2 foiz / 110 kishini qabul qilishga poliklinika qurib topshirilgan. Uy-joy madaniy maishiy obyektlarni ekspluatatsiyaga topshirish sur’atlarining pastligining sababi qurilish materiallari, konstruksiyalari, energiya resurslaari narxi bir necha marotaba qimmatlashgan va davlat kapital mablag’lari ham keskin kamayib ketdi. Davlat kapital mablag’lari yetishmasligi natijasida 24 ta maktab qurilishi to’xtab qolgan Olotda madaniyat uyi, Romitanda pionerlar saroyi, Kogonda musiqa maktabi, Qorako’lda kasalxona korpusi, Buxoro shahrida fizioterapivtika kasalxonasi, Romitan va Kogonda poliklinakalar qurilishi to’xtab qolgan. Olot, Qorako’l, Romitan, Shofirkon va Peshko’da yangi uy-joylar qurilishi noma’lum vaqtga qoldirilgan. Buxoro shahrida meditsina bilim yurtining o’quv binosi, 380 kishiga mo’ljallangan poliklinika, maktab, bolalar bog’chasi, sport kompleksi, harbiylar shaharchasi qurilishlari uchun mutlaqo mablag’ yo’q1. Buning sabablaridan biri budjet mablag’larining asosiy qismi aholi ijtimoiy muhofazasiga qaratilganidir. Bir kilogram un 23 so’m, bir kilogram shakar 55 so’mni tashlkil etadi. 1992 yil fevral oyidan boshlab nafaqaxo’rlar 350 so’m, mart oyidadan boshlab 550 so’m, iyun oyidan boshlab 1000 so’mgacha nafaqa qayta hisob-kitobdan chiqarilgan. Yolg’iz hamda keksayib qolgan fuqarolarni ijtimoiy muhofazalash maqasadida viloyat hokimi sotsial ta’minot boshqarmasi oldida “G’amxo’rlik” markazi tashkil etilgan. Shahar va tumanlarda ushbu markazning 18 ta bo’limi faoliyat yuritgan. Bu bo’limlarda faoliyat yurituvchi xodimlar yolg’izlanib qolgan 1360 nafar urush qahramonlari va mehnat faxriylarga turli darajadagi ( uy-joylarni tozalash, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish, dori- darmonlar bilan ta’minlash) xizmatlarni ko’rsatgan2. 1200 nafaqaxo’rlar uy-joy va kommunal xo’jalik to’lovlaridan ozod etilgan va ularga dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishda, transportdan foydalanishga imtiyozlar berilgan. Nogironlarni nogironlik aravachalari bilan ta’minlash muammosi hal etilmay qolgan va 200 nafar nogironlar aravchaga muhtoj bo’lgan. Vino, gazlama va viloyatda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni erkin tarzda sotishda ruxsat yo’qligi uchun korxonalarda bir necha yuz million so’mlik mahsulot to’planib qolgan3. 1992 yil 30 aprelda Buxoro viloyati faollari bilan president I.A.Karimov boshchiligida yig’ilish bo’lib o’tadi yig’ilishda 40 taga yaqin masala ko’rib chiqiladi. Viloyat aholisini oziq- ovqat va kundalik ro’zg’or buyumlari bilan ta’minlash masalasi kun tartibiga qo’yilib, oziq- ovqatmahsulotlari mayor bo’yicha yetishmayotganligi muhokama qilingan. Shakar yetkazib berish 90 foizni tashkil qilgan. Un yetishmagan asosan cho’l zonalarida bori 23 kunga yetgan. 1 Buxoro vioyat davlat arxivi. 1459- Fond, 1- ro’yxat. 6-yig’ma jild.15-varaq 2 Buxoro vioyat davlat arxivi. 1459- Fond, 1- ro’yxat. 6-yig’ma jild.16-varaq 3 Buxoro viloyat davlat arxivi. 1459- Fond, 1- ro’yxat. 6-yig’ma jild.17-varaq 1327 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Guruch belgilangan normadan kam bori ham qimmatlashib ketgan. Bozorda go’shtning narxi 60- 70 so’mni tashkil qiladi. Yakshanba va bayram kunlari shashlik qilinyapti. I.A.Karimov shashlikni bir yilga man qilish to’g’risida taklif bergan4. Bir tonna bug’doyni xarid qilish 140- 150 dollarga tushgan. So’mga aylantirilganda bir kilogram don 22-23 so’mni tashkil qilgan5. 1992 yilning 9 oyi mobaynida o’rtacha ish haqi 4,5 martaga oshgan. Qishloq xo’jaligida esa o’tgan yilga nisbatan 8-9 baravarga ko’paygan6. 1992 yil 1 iyulida minimal nafaqa miqdori 1000 so’mni tashkil etgan. Noyabr oyida bu ko’rsatkich 2000 so’mga yetgan. Konstitutsiya loyihasida “Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas” degan ko’rsatma belgilab berilgan. 1992 yilining 1 dekabridan 10 dekabrgacha respublikada Qizil Yarim oy jamiyatiga mablag’ to’plash o’n kunligi o’tkazilgan bundan maqsad- yakka yolg’iz qolgan qariyalar, nogironlar va yetim-yesirlarga moddiy yordam ko’rsatish bo’lgan7. “Birimiz ikki bo’lsin” dasturi bo’yicha 1992 yil noyabr oyigacha keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari 1,5 mlrd so’mdan oshgan. 2 ming tonnadan ortiq bug’doy, 26 ming tonna kartoshka, 3650 tonna guruch, 2,5 tonna go’sht, 17 mln dona tuxum, 233 tonna quruq choy olib kelingan8. 1992 yilda 206 km vodoprovod va 648 kilometr gaz tarmoqlari qurilgan9. Aholini gaz bilan ta’minlashda quvurlarning narxi ko’tarilib ketganligi sababli Respublika ajratgan mablag’lar yetishmay qolgan. Mahalliy byudjetdan 7 mln so’m
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada 1992 yilda Buxoro viloyatida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haqida ma’lumotlar beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada 1992 yilda Buxoro viloyatida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haqida ma’lumotlar beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Birimiz ikki bo’lsin” dasturi, “G’amxo’rlik” markazi, “Buxorogazsanoatqurilish”, Qizil Yarim oy jamiyati., zayom
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025