Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QOʻRBOSHILIK HARAKATI HAQIDA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR SHERMUHAMMADBEK MISOLIDA
SHERMUHAMMADBEK MISOLIDA · Gulyamov Dostonbek Umid oʻgʻli
Современная наука и исследования · 2 · 1917
Аннотация
This article describes the beginning of the national liberation movement as a result of the violent termination of Turkestan autonomy by the Bolsheviks, as well as the valiant struggle, victories, losses and consequences of soldiers against the Bolsheviks, using the example of soldiers Shermuhammadbek. Key words: Korboshi movement, Turkish Independent Republic, Shermuhammadbek Korboshi, immigrant life. Xalqimiz 1917-yilda sodir etilgan fevral oktabr oʻzgarishlariga katta umidvorlik bilan koʻz tikkandilar. Biroq sovet hokimiyati oʻrnatilib, mustahkamlana borgan sayin bolsheviklar dohiylarining ikkiyuzlamachilik, munofiqlik qiyofasi ham ochilib bordi. 1917-yil 26-28- noyabrda Qoʻqon shahrida Butunturkiston oʻlka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyida Turkistonga Muxtoriyat maqomi berildi. Oʻz oldiga katta maqsadlarni qoʻygan Muxtoriyat faoliyati 1918- yilning fevral oyida Qoʻqon shahrida musulmonlarning ommaviy qirgʻini bilan ayanchli ravishda xotima topdi. Atiga 72 kun faoliyat yuritgan Turkiston Muxtoriyati 1918-yil 22-fevralda bolsheviklar tomonidan tayyorlangan “tinchlik shartnomasi”ning imzolanishi bilan tugatildi. Natijada yuz minglab millatparvar, vatanparvar yurt kishilarini qoʻlda qurol bilan sovetlar zoʻravonligiga qarshi kurashi boshlanib ketdi. Oʻlkada boshlangan Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatning dastlabki qaynoq markazlaridan biri Fargʻona vodiysi boʻldi. Bu harakatga xalq orasidan yetishib chiqqan Katta Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxoʻja Eshon, Islom Pahlavon, Rahmonqul, Toʻychi, Aliyor qoʻrboshi singari taniqli rahnamolar yetakchilik qildilar. Qo‘rboshilik harakatning yorqin namoyondalaridan biri Shermuhammadbek bo‘lib, Shermuhammadbek Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi milliy ozodlik uchun kurashning ilk bosqichidan boshlab jang maydoniga kirgan. U Katta Ergash ( tahminan 1882 – 1921 ) va Madaminbek ( 1892 – 1920 ) kabi qoʻrboshilarning oʻrinbosari sifatida istiqlolchilarning tan olingan yirik lashkarboshisi edi.[1.250-b.] U Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi Garbuva ( Garbobo, Karbobo ) qishlogʻida beklar avlodidan boʻlgan Qoʻshoqboy Xoji xonadonida 1893 – 1314 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 yilda tugʻulgan. Qoʻshoqvoy xojining ota avlodlari Qoʻqon xonlari huzurida vazirlik, beklik qilishgan boʻlsa, onasi Oydin ogʻocha Qoshgʻardan kelin boʻlib tushgan edi. Shermuhammadbek dastlabki taʼlimni qishlogʻida keyin Margʻilonda olgan. Shermuhamnadbek kamgap va adolatpesha shaxs edi, deb xotirlaydilar Fargʻona qariyalari.[2.4-5-b.] Madaminbek qizil armiyaga qarshi kurashdan chetlashgach, 1920 – yil erta bahoridan Shermuhammadbek Fargʻonadagi qurolli harakatning Oliy bosh qoʻmondoni qilib saylandi. Anvar Posho (1881 – 1922) va Junaidxon (1857 – 1938) bilan uch tomonlama hamkorlik oʻrnatildi. Shuningdek Shermuhammadbekning Sharqiy Buxoro qoʻrboshilari Ibrohimbek (1889 – 1932) va Fuzayl Mahdum bilan munosabatlari yaxshi boʻlgan. Afgʻoniston va Turkiya bilan aʼloqalar jonlangan. Oltiariq tumanidagi Gʻoyibota (Gʻaribota) qishlogʻida 1920 – yil 3 – mayda Fargʻona vodiysi qo‘rboshilarining navbatdagi qurultoyi boʻldi. Qurultoyda Turkiston turk mustaqil islom jumhuriyati yoxud Turkiston muvaqqat hukumati tuzuldi. Ushbu qurultoyda Shermuhammadbek hukumat raisi va Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilarning oliy bosh qoʻmondoni qilib saylandi.[2.10-b.]. Uning unvoni "Amir lashkarboshi Shermuhammadbek gʻoziy boʻlgan. Shermuhammadbekning ukasi Nurmuhammadbek (taxminan 1899 – 1984) va Oloy vohasidagi qirgʻizlarning yetakchisi Muhiddinbek (taxminan 1877 – 1922) uning oʻrinbosarlari qilib tayinlandi. Shermuhammadbek va Nurmuhammadbekning xotiralari hamda Zakiy Validiy asarlariga tayanib Boymirza Hayitning yozishicha hukumat tarkibiga quyidagi 6 kishi kiritilgan "Sharmuhamnadbek – hukumat raisi va Oliy bosh qomondon; Mullajon Qori – xavfsizlik (ichki ishlar) vaziri; Akbarjon Eshon – shayxulislom; Abdusalom Qori – hukumatning bosh kotibi; Nazirjon -moliya vaziri; Mulla Xoji Niyoz – maxsus ishlar vaziri". Shermuhammadbek tashkil qilgan 12 lar kengashi ham faoliyat koʻrsatgan boʻlib- kengash aʼzolari hukumatni boshqarish va urushni olib borish masalalari yuzasidan oʻz taklif va mulohazalarini ishlab chiqishgan. Bundan tashqari 14 kishidan iborat harbiy idora mahkamasi tuzildi. Bu mahkama oʻz mashvaratlarida harakatning boʻlgʻusi harbiy amaliyotlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni koʻrib chiqib tegishli qarorlar qabul qilgan. Mulla Umar, Jamol, Abdulaziz va Abdusalom qozilardan iborat qozixona mustaqil sud idorasi mahkamasi ham faoliyat koʻrsatgan. Shuningdek mustaqil sud idorasiga qoʻshimcha ravishda 88 kishilik parlament – Shoʻro ham tashkil qilingan boʻlib. Shoʻro aʼzolari oʻqimishli va nufuzli kishilar hisoblangan. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Turkiston turk mustaqil islom jumhuriyatining oʻz bayrogʻi boʻlgan. Shermuhammadbek aholidan olgan soliqlar sovet hukumati oladigan soliqlar va tushumlardan bir necha marta kam boʻlib zaruriy ehtiyojlar ha
Доказательный фрагмент
«This article describes the beginning of the national liberation movement as a result of the violent termination of Turkestan autonomy by the Bolsheviks, as well as the valiant struggle, victories, losses and consequen…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the beginning of the national liberation movement as a result of the violent termination of Turkestan autonomy by the Bolsheviks, as well as the valiant struggle, victories, losses and consequen… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Korboshi movement, Turkish Independent Republic, Shermuhammadbek, Shermuhammadbek qoʻrboshi, Qoʻrboshilik harakati, Turk mustaqil jumhuriyati, muhojirlik hayoti.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025