К содержанию
РецензированоRU2025

ZAMONAVIY TA’LIM-TARBIYA SISTEMASIDA SIMVOLLARNING O‘RNI

Djavotova Ohista Djamol qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2 · 2025

Аннотация

С древних времен символы считались важными для человеческого понимания и общения. Символами, то есть языковыми знаками, считаются первые слова и формы речи. Сегодня теория символизма считается важной в современной науке. Ключевые слова: язык, языковой знак, символика, образование, знаковая система, символ. Annotation. Since ancient times, symbols have been considered important for human understanding and communication. Symbols, that is, linguistic signs, are considered the first words and forms of speech. Today, the theory of symbolism is considered important in modern science. Key words: language, linguistic sign, symbolism, education, sign system, symbol. Simvollar zamonaviy ilm-fanda, ta’lim va tarbiya sistemasida, ayniqsa, tabiiy va aniq fanlarni tushunish va tushuntirish jarayonida yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Simvollar, ya’ni “Belgilar predmet va hodisalarning bir-biridan farq qiluvchi hamda o‘xshash tomonlarini ifoda etuvchi jihatlari va xususiyatlaridir. Belgilar predmet va hodisalar bilan bog‘langan muayyan axborotlarni tashiydi va tushunchalarni hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Tushunchalar til vositasida ifodalanadi”1. Demak har qanday til sitemasi ma’lum bir til belgilari asosida shakllanadi. “Til belgisi - predmet, xossa va munosabatni ifodalovchi moddiy ideal hosila; ikki jihat - ifoda va mazmun 1 Тураев Б.О. Борлиқ (фалсафий таҳлил). Ўзбекистон Республикаси ВМ ҳузуридаги Имом Бухорий халқаро илмий-тадқиқот маркази. Самарқанд, 2021. Тўлдирилган нашр. – Б.110. 563 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may jihatiga ega birlik. “Til belgisi majmui belgili tizim - tilni tashkil qiladi. Til belgisining ifoda (tashqi, moddiy, ifodalovchi) va mazmun (ichki, maʼno, ifodalanuvchi) jihatlari dialektik munosabatda boʻlib, asimmetriya qonuni doirasida amal qiladi. Til belgisi deganda, soʻzni emas, balki gapni tushunmoq kerak”2. Ushbu mulohazalardan kelib chiqib shuni anglash mumkinki, til belgilarining moddiy jihati deyilganda uning tashqi tomondan koʻrinadigan shakli, ya’ni ma’lum bir davrda inson tomonidan qay darajada tasvirlangan koʻrinishi nazarda tutiladi. Ichki jihatida esa, uning qanday soʻz, yoxud fikrni ifodalayotgani, tushuntirib berayotgani, ya’ni ma’no-mazmuni nazarda tutiladi. Til belgilarida shakl va mazmun umumlashadi. Belgilar tarixi bir necha mingyilliklarga borib taqaladi. Tushuncha sifatida qoʻllanilishi esa, manbalarda qayd etilishicha, belgi (ramz) tushunchasi 1380 yillarda dastlab paydo bo‘lgan, ammo XVI asr o‘rtalaridan boshlab asl talqinida tushunila boshlagan3. Ya’ni, bu davrdan simvollar, ramzlar, belgilar qaysidir so‘zni ifodalovchi tushuncha mazmunini oldi. Til belgilarini tahlil etish, qadimiy simvollarni, shu jumladan, turli xalqlar madaniyatlarida, sivilizatsiyalarida, ayniqsa, marorim va diniy qadriyatlarida namoyon bo‘lgan ramzlarni tadqiq etish masalasi aynan mazkur davrdan boshlab g‘arb faylasuf, mantiqshunos, tilshunos, etnograf olimlarini ham qiziqtira boshlagan. Jumladan, Edmund Spenser belgi va ramzlar borasida mulohaza yuritgan dastlabki ingliz olimlardan biri hisoblanadi.4 Spenser tadqiqotlarida birinchilardan bo‘lib belgilarning boshqa bir ma’noni anglatadigan tushuncha sifatidagi mohiyati ochib beriladi. Belgilarning bilishdagi funksiyasi hamda asosiy mazmun-mohiyatini tadqiq eishda o‘rganishga Leybnis ham katta e’tibor qaratishgan. Belgilarni ilmiy-nazariy, falsafiy tahlili, ya’ni belgilarni o‘rganish XIX asrdan boshlab jadal rivojlandi. Bu borada pragmatizm hamda semiotika asoschisi hisoblangan, amerikalik faylasuf, mantiqshunos, matematik olim Charlz Pirs (1839- 1914 y.)ning xizmatini alohida qayd etish lozim. Pirsning falsafa, tabiatshunoslik, pragmatizm, matematika, semiotika, mantiq ilmi kabi bir qancha sohalar doirasida olib borgan ilmiy izlanishlari ko‘plab olimlar, tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan, tarjima qilingan. Har qanday predmetni ongga yetib borishi, tasavvur etilishi, tushunilishi hamda til vositasida yuzaga chiqishida belgilar muhim funksional ahamiyat kasb etadi. Til belgilari va ramzlari masalasi bugungi zamon ilm-fani, til falsafasi, 2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Til_belgisi. 3 Alain Rey et al., eds., Dictionnaire historique de la langue française, new edition, vol. 2 Paris: Dictionnaires Le Robert, 1995. - P. 2082. 4 Qarang: https://en.wikipedia.org/wiki/Symbol. 564 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may shuningdek mantiq ilmida ilmiy-nazariy tadqiqot obyekti sifatida tahlil etilib kelinmoqda. D.Fayzixoʻjayeva ta’biri bilan aytganda, “Belgi – 1) bilish jarayonida boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi hamda u haqida ma’lum bir xabarlar berish, uni sa

Доказательный фрагмент

«С древних времен символы считались важными для человеческого понимания и общения.»

Образец извлечения

Демо-превью

С древних времен символы считались важными для человеческого понимания и общения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
language, linguistic sign, symbolism, education, sign system, til, simvolizm, til belgisi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники