Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAMIYATDA SALOMATLIK ME’YORLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Yusupov Murodali Sunnatovich · Ochilova Mohina Davron qizi · G`ulomov Shaxzod Sirojiddin o`g`li
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This article analyzes the formation of a culture of health in society from a socio-philosophical and sociological point of view, their role in determining health norms. The article also shows the importance of public consciousness, medical education, and information policy in the formation of a health culture. Keywords: medical consciousness, medical culture, health norms, healthy lifestyle. “Salomatlik” tushunchasi jamiyat tibbiy hayotining mazmun-mohiyatini ifodalovchi va tarkibiy tuzilishini o‘zida namoyon qiladigan asosiy falsafiy kategoriyalardir. Bu tushunchaning mazmun-mohiyati va ilmiy-amaliy ahamiyatini 536 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may aniqlamasdan turib, jamiyatning tibbiy hayotini hamda uning negizini belgilovchi omillardan biri bo‘lgan aholining tibbiy madaniyani shakllantirish va yuksaltirish, uni globallashuv jarayoni talablariga mos ravishda tubdan o‘zgartirish masalasini hal qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Biz o‘z faoliyatimizni boshlagan dastlabki kunlardan e’tiboran siz, hurmatli xalq vakillari bilan barcha muhim vazifalarimiz qatorida ikkita eng asosiy masalaga alohida ahamiyat qaratish haqida kelishib olgan edik. Bularning birinchisi - jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash bo‘lsa, ikkinchisi - aholimizning sog‘lig‘ini muhofaza qilishdir. Hammamiz tushunamiz, tinchlik va sog‘liq – bu har bir inson, butun xalqimiz uchun hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan buyuk ne’matdir. Shuning uchun ham mana shu ikki sohada biz ahvolni tubdan o‘zgartirib, ijobiy natijalarga erisha olsak, butun jamiyatimizdagi vaziyat va ijtimoiy muhit keskin o‘zgaradi, men bunga aminman”[1;154],– degan edi. Xo‘sh, shunday ekan, salomatlik deb nimaga aytiladi, degan savol tug‘iladi. Bu savolga qadimgi zamonlardan boshlab hozirgi kungacha faylasuflar, shifokorlar, tabiblar va boshqa soha olimlari tomonidan juda ko‘plab fikrlar bayon qilingan. Masalan, miloddan avvalgi 460-377 yillarda yashab o‘tgan qadimgi Yunonistonning mashhur faylasuf-tabibi Gippokrat: “Sog‘lomlik – bu tashqi tabiiy muhitning inson organizmiga ta’siri tufayli paydo bo‘ladigan va rivojlanadigan holatdir”[2;60],– degan bo‘lsa, Aflotun: “Odam hayotini abadiy ruh boshqaradi. U uchta - aqliy, hayvoniy va o‘simlik ruhlaridan iborat. Aqliy ruh bosh miyada joylashgan, hayvoniy ruh yurakda va qonda joylashgan, o‘simlik ruhi esa jigarda bo‘ladi. Bulardan eng muhimi hayvoniy ruh, u tanaga issiqlik va harakat bag‘ishlaydi. Jigardagi o‘simlik ruhi esa organizmni oziq bilan ta’minlaydi. Bu uchala ruh uchta mavhum kuch yordamida harakat qiladi. Sog‘lomlik ham, kasallik ham shu uchta ruhga bog‘liq. Odam shu ruhlarning ta’siridan chetga chiqmay yashasa, salomat, agar chetga chekinsa, kasallik paydo bo‘ladi”[3;23],– degan fikrni ilgari surgan holda odamlardagi sog‘lomlik va bemorlikni ruhlarga bog‘laydi. Shuningdek, antik dunyoning mashhur faylasuf-tabiblaridan yana biri 130-201 yillarda yashagan Klavdiy Galen: “Sog‘lomlik – bu 4 ta unsur namlik, jismoniy tana, organlar va butun organizmni boshqaruvchi kuchlarning muvozanati va uyg‘unlashuvidan iboratdir. Shu sababli biz og‘riqlarni his qilmaymiz, har kungi vazifalarimiz bo‘lgan yuvinish-taranish, ichish, ovqatlanish va rahbarlik qilishda qatnashish kabi o‘zimizga kerakli bo‘lgan ishlarni bajaramiz”[4;37],– degan edi. 537 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan ajdodlarimizdan Ismoil Jurjoniy (1080 – 1141) “Xorazmshoh xazinasi”, “Tibbiyotining mohiyati” nomli asarlarida “Sog‘lomlik – bu kishi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi barcha omillarni bartaraf etishdir”[5;98], – degan bo‘lsa, Abu Mansur Qamariy (Abu Ali ibn Sinoning tib ilmidagi ustozi bo‘lgan) esa “Boylik va sog‘lomlik” nomli kitobida quyidagicha yozgan edi: “Sog‘lomlik birinchi galda normal, xotirjam hayot kechirishdir. Buning uchun esa normal ovqatlanish, har xil zararli odatlardan saqlanish kerak” [5;102] ligini uqtirgan. Buyuk ajdodlarimizdan eng mashhuri Shayxurrais Abu Ali ibn Sino(980-1037) o‘zining “Tib qonunlari” nomli qomusiy asarida: “Biror kishining” “odam gavdasining holi uch xil bo‘ladi: sog‘liq, kasallik, uchinchisi sog‘liqqa ham, kasallikka ham qo‘shilmaydigan bir holat; holbuki, sen ikki xilgina qilib qo‘ya qolding” deyishi to‘g‘ri emas, chunki shunday bahsni qiluvchi kishi yaxshi o‘ylasa, ikki narsadan tashqari, uchinchi bir holatning bo‘lmasligini va bizning uchinchi holat bayoniga muhtoj emasligimizni tushunadi. Agar uchinchi holat lozim bo‘lsa, albatta, bizning “gavdaning nosog‘lig‘i” degan so‘zimiz kasallikni hamda sog‘liq ta’rifiga sig‘maydigan uchinchi bir holatni o‘z ichiga
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the formation of a culture of health in society from a socio-philosophical and sociological point of view, their role in determining health norms.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the formation of a culture of health in society from a socio-philosophical and sociological point of view, their role in determining health norms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- medical consciousness, medical culture, health norms, healthy, tibbiy ong, tibbiy madaniyat, alomatlik me’yorlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025