Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR ESTETIK DUNYOQARASH MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA MAS’ULIYAT - MA’NAVIY KOLLABORATSIYANI AHAMIYATI
Berdikulov Chingiz Dusmuradovich
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This article highlights the role of social responsibility and spiritual collaboration in shaping the aesthetic worldview culture of young people. It establishes the interconnectedness of aesthetic education, art, culture, education, and upbringing, as well as the necessity for cooperation among various social institutions. The article demonstrates that the realization of the culture and potential of thinking in young people serves as an important methodological foundation for aesthetic culture. Key words: collaboration, youth, culture, thinking, child-rearing, obligation, duty, education, responsibility. 556 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Bugungi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi negizida estetik dunyoqarashlarining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish muhim jarayon sanaladi. Shu boisdan, yurtimizda estetik dunyoqarash sohasidagi falsafiy ilmiy izlanishlarni kuchaytirish bugungi kunning asosiy tadqiqot obyektlaridan biriga aylandi. Shu o‘rinda bugungi globallashuv davrida jamiyat taraqqiyotining poydevori sifatida yoshlarga bo‘lgan e’tibor tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi, estetik didi, madaniy tafakkuri va ijtimoiy mas’uliyati yurt kelajagini belgilovchi eng muhim omillardan biri sanaladi. Shu bois, zamonaviy jamiyatda yosh avlod vakillarining estetik dunyoqarashini yuksaltirish, ularni ma’naviy jihatdan yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalishda nafaqat ta’lim tizimi, balki oilalar, jamoatchilik tashkilotlari, san’at va madaniyat sohasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalarining hamkorligi, ya’ni ma’naviy kollaboratsiya muhim o‘rin tutadi. Estetik dunyoqarash - bu insonning go‘zallikni idrok etish, uni qadrlash, estetik qadriyatlarni anglash va hayotda qo‘llash qobiliyatidir. Aynan shu jihat kishining madaniyati, ruhiy holati va ijtimoiy munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yoshlar madaniyati va tarbiyasini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlashicha “Zero, bugun har qanday davlatning ravnaqi, taraqqiyot bobida erishadigan natijalari va xalqining farovonligi, avvalo, yoshlarning ta’lim- tarbiyasi va kelajagiga qaratiladigan e’tiborga bog‘liqdir”1. deb ta’kidlab o‘tadilar. Yoshlar bu borada eng sezgir va shakllanishda bo‘lgan qatlam hisoblanadi. Ularning dunyoqarashi, hayotga, jamiyatga, san’atga va ma’naviyatga bo‘lgan munosabatlari ijtimoiy muhit, ta’lim, san’at va axborot manbalaridan olgan bilim va taassurotlar orqali rivojlanadi. Shu sababli ham ularning estetik madaniyatini shakllantirish masalasi ko‘p tomonlama yondashuvni, ya’ni ma’naviy kollaboratsiyani taqozo etadi. Ma’naviy kollaboratsiya deganda, turli soha va institutlarning, xususan, maktab va oliy ta’lim muassasalari, madaniyat markazlari, san’atkorlar, diniy ulamolar, blogerlar va ota-onalarning bir yoqadan bosh chiqarib, yoshlarning estetik va axloqiy tarbiyasini uyg‘unlashtirishga qaratilgan hamkorligi tushuniladi. Bunday hamkorlik yoshlarning ichki dunyosida ma’naviy uyg‘onish, estetik did va ijtimoiy mas’uliyat hissini oshiradi. Zero, jamiyatda go‘zallik va ezgulikni anglay oladigan, uni qadrlaydigan va hayotida tatbiq eta oladigan 1 Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2024. – B 230 557 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may avlodgina barkamol jamiyatni barpo eta oladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, yoshlar estetik dunyoqarashini yuksaltirish – bu nafaqat ma’naviy-ma’rifiy vazifa, balki strategik ehtiyoj hamdir. Chunki yuksak estetik tafakkurga ega bo‘lgan shaxs, o‘zligini anglaydi, jamiyatdagi o‘rnini biladi va uni yanada obod qilish yo‘lida mas’uliyat bilan harakat qiladi. Bu esa nafaqat individual, balki ijtimoiy barqarorlik, tinchlik va taraqqiyot garovidir. Har bir millatning estetik madaniyati murakkab va ko‘p qatlamli shakllangan jabhadir. Estetik madaniyatning mohiyati va uning milliy o‘ziga xosligini chuqur anglash muhimdir. Estetik madaniyat muammolarini tahlil qilish uchun o‘zligini anglatadigan etnomadaniy boyliklarni falsafiy tahlil etish, milliy bir butunlikni tarannum etuvchi sifatida ko‘rib chiqmaslik milliy estetik madaniyat haqida yetarlicha chuqur va aniq tasavvur bera olmaydi. Faqatgina estetik madaniyat strukturasini yanada aniqroq va asosli ravishda yoritib berish sharti bilan uning tarkibiy qismlarining bunday rivojlanishi jarayonida uning rivojlanishi, evolyutsiyasini aniq aniqlangan dialektik aloqadan iborat motivatsion va obyektiv tahlilga ishonish mumkin. “U faoliyat orqali madaniyatni aniqlashga est
Доказательный фрагмент
«This article highlights the role of social responsibility and spiritual collaboration in shaping the aesthetic worldview culture of young people.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the role of social responsibility and spiritual collaboration in shaping the aesthetic worldview culture of young people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- collaboration, youth, culture, thinking, child-rearing, obligation, duty, kollaboratsiya, madaniyat, yoshlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025