Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY IJTIMOIY XIZMATLARNING TENDENSIYALARI
Normamatova Maxsuda Nurmamatovna
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This article explains the concept of digitization. Scientific information is provided on the influence of the digital society on social life in the information society. Today's views on social life, that is, digital society, digital realities and their impact on today's social processes are described in detail. Key words: digitalization, knowledge, epistemology, digital reality, digital image, information. Mamlakatimizda bugungi kunda aholining turli qatlamlariga yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, jismoniy salohiyatini inobatga olgan holda amaliy yordam koʻrsatish tizimini 529 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may virtuallashtirish davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanmoqda.“Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-oʻqituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak” [1]. Shu maqsad yoʻlida, rivojlangan mamlakatlarning sinovdan oʻtgan tajribalari asosida ijtimoiy xizmatlar tizimini yangicha mexanizmlarini tashkil etish va mamlakatimizda zamonaviy, ijtimoiy xizmatlarni shakllantirish borasidagi tadqiqotlarga boʻlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bundan kelib chiqib, istiqbolli, ijtimoiy xizmatlarini virtuallashtirish qonuniyatlarini nazariy-metodologik tahlil etish obyektiv zaruriyatga aylanmoqda. Keyingi vaqtlarda shaxsiylashtirilgan xizmat modellari shakllantirilmoqda. Maqsadli internet - marketing, 3D formatda bosib chiqarish va boshqa raqamli texnologiyalar har bir mijozning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishni shaxsiylashtirishga, natijada, resurslarni tejashga yordam beradi, talab va taklifning tuzilishi hamda hajmini muvofiqlashtiradi, aholining turmush darajasi va sifatini oshiradi[2]. Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro ta’sir mavjud. Ishlab chiqaruvchi va oxirgi iste’molchi oʻrtasida vositachilar zanjirini qisqartirish, samarali sanoat va iste’mol kooperasiyasini yaratish "umumiy iqtisodiyot"ning "mulk huquqlari toʻplami" tushunchasining tarqalishi uchun zarur shart -sharoitlar yaratilgan. Tovarlarga birgalikda egalik qilish fenomeni rivojlanmoqda (ayniqsa, texnik jihatdan murakkab va qimmat, masalan, avtomobillar), bu oxirgi foydalanuvchilarning xarajatlarini tubdan kamaytirishi mumkin. Uni alohida ishtirokchilarining iqtisodiy faolligiga qoʻshgan hissasi ortib bormoqda, kichik va oʻrta biznesning rivojlanishi, moslashuvchan va harakatchan boʻlgani kabi, biznes-jarayonlarda muhim rol oʻynaydi; innovasion startaplarni jadal ragʻbatlantirish amalga oshirilmoqda; "shaxslar iqtisodiyoti" sektori kengaymoqda va iqtisodiyot tuzilmasining oʻsish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, dunyodagi eng koʻp Internet foydalanuvchilari (720 milliondan ortiq kishi) boʻlgan Xitoyning raqamli bozori jahon bozoridan mustaqil ravishda mavjud. Yevropa Ittifoqining 400 milliondan ortiq Internet foydalanuvchilari bor, lekin uning bozori hali ham parchalanib ketgan. Shu munosabat bilan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari ushbu integratsion uyushma uchun yagona raqamli bozorni yaratish ustida faol ish olib bormoqda. Shunga oʻxshash muammolar alohida mamlakatlar darajasida ham paydo 530 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may boʻlishi mumkin. Masalan, Hindistonda 460 milliondan ortiq internet foydalanuvchilari bor. Ammo hind raqamli iqtisodiyoti koʻp tilli (undagi moliyaviy operasiyalar bir necha tillarda amalga oshiriladi), bu raqamli bozorning ishlashiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shuni ta’kidlash kerakki, har qanday boshqa keng koʻlamli hodisa singari, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi nafaqat ijobiy natijalar bilan, balki har xil xavf va tahdidlar bilan ham bogʻliq[3]. Bu ta’sirlarning ikkita asosiy manbai bor. Birinchidan, bu raqamli iqtisodiyotga xos boʻlgan va uning texnologik xususiyatlariga asoslangan yangi turdagi xavf va tahdidlarning paydo boʻlishi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyotga oʻtish davrida institusional transformasiya sodir boʻladi, uning oʻzi sabablari va tabiatidan qat’i nazar, barqaror va muvaffaqiyatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun beqarorlashtiruvchi kuchli omil hisoblanadi[4]. Xulosa qilib aytganda, raqamlashtirish bugungi global jamiyatda dolzarb masala hisoblanadi. Jamiyatni raqamlashtirish orqali fuqarolar davlat organlari faoliyati, qolaversa, virtual xizmat koʻrsatish sifatining bevosita guvohi boʻlish imkoniyatiga ega. Masalan, yagona darcha faoliyati davlat va fuqaro oʻrtasida bevosita raqam
Доказательный фрагмент
«This article explains the concept of digitization.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explains the concept of digitization. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digitalization, knowledge, epistemology, digital reality, digital, epistemologiya, bilish, raqamlashtirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025