Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MEDIA AXBOROT VOSITALARI TA’SIRIDA − JAMOATCHILIK FIKRINI TASHKILLASHTIRISH, BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH IMKONIYATLARI
Taniqulov Jonibek Ashirkulovich
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
In the article, the factors influencing the phenomenon of public opinion are considered and analyzed in the section of psychology of management - mechanisms of organization and control. Key words: mass media, public opinion, its organization, management, control mechanisms. Jamiyat hayotida jamoatchilik fikri qanday ehtiyoj, maqsad, manfaat yo‘lida shakllanishidan qatiy nazar, namoyon bo‘lish darajalariga ko‘ra tashkillashtiriladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Bu uning asosiy qonuniyatidir[1]. XX asrning ikkinchi yarmi, XXI asr boshlaridan etiboran media axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi asosiy mezonga aylanib ulgurdi. Uning tasir ko‘lami ham, tashkilotchilik mexanizmlari ham inson omili ustidan to‘liq hukmronlikni o‘z qo‘liga oldi deyish mumkin. Masalan, media axborot yetkazuvchi vositalar bo‘lmish: gazeta, radio, televideniya, internet kabilarning barchasida vazifaviy umumiylik bitta, yani jamoatchilik fikrini tashkillashtirish, boshqarish va 532 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may uning nazoratini ushlab turish metodologiyasiga tayanadi. Bundan tashqari, jamoatchilik fikrini boshqarish mexanizmlari o‘rtasidagi funksional integrasiyalashuvni aniqlashda «medialashuv» prinsipi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Xususan, jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarni media vositalar tasirida rivojlanish tendensiyalarini korrelyasion bog‘liqlik darajasini ijtimoiy falsafa kategoriyalar (umumiylik va xususiylik) asosida ochib berishi mumkin[2]. Buning uchun jamoatchilik fikrini boshqarishning umumiy (universal) tamoyillariga amal qilish talab etiladi. Bunga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchidan, jamiyatdagi universal rivojlanishning subyekti bo‘lgan jamoatchilik fikrini, inson omilida mavjud bo‘lgan: ruhiy-emosional kuchdan, yani tashqi media axborot tasir imkoniyatlaridan himoya qilish, muammoga o‘ziga xos yondashuvni ko‘rsatadi. Jumladan, media axborot shakli − «ko‘makchi-vositachi», «usulchi- vositachi» uslubida ishtirok etib, media axborot vositalari va jamoatchilik fikri o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Ikkinchidan, jamiyat o‘z o‘zini tashkillashtiruvchi murakkab mexanizm sifatida namoyon bo‘lsada, uni boshqaruvchi subyektiv omil jamoatchilik fikri hisoblanadi. Demak, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tizimini media axborot vositalari boshqarmoqda deb qarasak, konkretlashgan ijtimoiy uyushmada jamoatchilik fikrining o‘rniga aniqlik kiritiladi. Uchinchidan, media axborot shakllariga ijtimoiy birliklar faoliyatini boshqarish obyekti va subyekti tarzida qaralsa, jamoatchilik fikrini kompleks-sistemali tahlil qilish jarayonida ularning funksional-integrasiyalashuv nuqtasi konkretlashadi[3]. To‘rtinchidan, bugungi shiddat bilan keskinlashib, qarama-qarshiliklar avj olib borayotgan globallashuv davrida, jamoatchilik fikrini media axborotning tasir kontekstida boshqarish, ijtimoiy-siyosiy, manaviy-madaniy munosabatlarning integrativ xarakteriga bog‘liq bo‘lib[4], institutsional tizimini tashkil qilgan milliy va mintaqaviy elementlar, funksional jihatdan differensiallashib, uning samaradorligini belgilaydigan omil bo‘lib qolmoqda. Beshinchidan, jamoatchilik fikrini boshqarish tizimi, tarixiy davrda sayqallashib, umuminsoniy rivojlanishining barqaror sharti sifatida, turli millatlar va davlatlarning amaliy tajribalarida, nazariy bilimlarida, ma’naviy qadriyatlari va ajdod-avlodlaridan meros bo‘lib kelayotgan simvollarni transformasiya qilish mexanizmlarini yaratish, media axborot vositalarining har bir shaklida qaror topib, ijtimoiy taraqqiyotning vorisiyligiga va uzviyligini taminlaydigan kompleks sistemaning xarakteriga bevosita bog‘liq bo‘lib qolmoqda[5]. 533 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Xususan, jamoatchilik fikri qarashlarini, tizimli funksionallashuvida, muayyan darajadagi qarorlarini qabul qilinishida, malum qonun ishlab chiqarilish jarayonida, davlat va jamoatchilik o‘rtasidagi huquqiy tenglikka rioya qilinishida, erkinlikni ro‘yobga chiqishi media tasirdan qochib bo‘lmaslikni hayotni o‘zi isbotlamoqda. Tadqiqot jarayonida olingan ilmiy-nazariy natijalar: – jamoatchilik fikri boshqaruviga jarayon sifatida yondashish, obyektiv va subyektiv qarashlarda (o‘zaro korrelyasion tasirda) murakkab dinamik xususiyatlarni yuzaga keltiradi; – ijtimoiy boshqaruvda o‘zaro bog‘liq funksiyalarni bajarish, uzluksiz jarayoni, yani boshqaruv tadrijiyligini taminlaydi; – jamoat boshqaruvi asosan: rejalashtirish, tashkil etish, topshiriqlar berish (mamuriy boshqaruv), motivlashtirish, rahbarlik, koordinasiya, nazorat, tadqiqotlar, kommunikatsiya, baholash, qaror qabul qilish, personal tanlash, muz
Доказательный фрагмент
«In the article, the factors influencing the phenomenon of public opinion are considered and analyzed in the section of psychology of management - mechanisms of organization and control.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the article, the factors influencing the phenomenon of public opinion are considered and analyzed in the section of psychology of management - mechanisms of organization and control. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mass media, public opinion, its organization, management, control, jamoatchilik fikri, uni tashkillashtirish, media axborot vositalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025