К содержанию
РецензированоUZ2025

TA’LIM MADANIYATI: KONSEPTUAL YONDASHUV, NAZARIY ILDIZLAR VA TANQIDIY TAHLIL

Taniqulov Jonibek Ashirkulovich

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

This article approaches the concept of educational culture from a conceptual perspective. It explores the theoretical roots of educational culture and its interrelation with social and cultural factors. The authors analyze approaches formed in the history of pedagogical thought and highlight the importance of a cultural approach in the modern education system. Furthermore, the article provides a critical analysis of existing views on educational culture and offers recommendations for their improvement. The article promotes an educational model based on humanism, sustainability, and cultural values. Key words: educational culture, conceptual approach, theory, critical analysis, culture, pedagogy. Zamonaviy sivilizatsiyaning poydevorlaridan biri sifatida taʼlim – shunchaki bilimlar yig‘indisi emas, balki jamiyatni barqaror rivojlantirish, shaxsni yetuklashtirish va umumbashariy qadriyatlarni mustahkamlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois, “taʼlim madaniyati” tushunchasi bugungi falsafiy, pedagogik va ijtimoiy diskurslarda tobora markaziy o‘rin egallamoqda. Bu tushuncha ostida nafaqat taʼlim jarayonining tashkiliy shakllari, balki unga xos bo‘lgan qadriyatlar, ijtimoiy institutlar, axloqiy mezonlar va intellektual muhit tushuniladi. [1;89]. Taʼlim madaniyatining markaziy mohiyati - bu bilish jarayonining ma’naviy va axloqiy kontekstda shakllanishidir. UNESCO ekspertlarining fikricha, taʼlim madaniyati “nafaqat bilim berish, balki insonni o‘zligini anglashga, tanqidiy tafakkurga, ijtimoiy masʼuliyatga va barqaror taraqqiyotga yo‘naltirish sanʼatidir” [2;33]. Shu nuqtai nazardan qaraganda, taʼlim madaniyati — bu jamiyatning o‘zlikni anglash shakli, uning tarixiy tajribasi va kelajak haqidagi tasavvurining ifodasidir. Taʼlim madaniyati zamirida yotgan nazariy kontseptlar Platonning “Fozil jamiyat” g‘oyalaridan tortib Deveyning pragmatik pedagogikasigacha bo‘lgan keng spektrni o‘z ichiga oladi. Platon uchun taʼlim – ruhni go‘zallikka intilishga yo‘naltiruvchi vosita bo‘lgan bo‘lsa [3], Devey uchun bu – ijtimoiy tajribani qayta ishlab chiqarish vositasidir [4]. Bu ikki yondashuv bir-biridan farqlansa-da, ikkalasi ham taʼlimni madaniy kontekstda ko‘radi. O‘zbekistonlik olimlar ham bu masalaga o‘ziga xos yondashuvlar bilan hissa qo‘shib kelmoqda. Jumladan, X.Toshxo‘jayev “taʼlim madaniyati - bu avlodlararo ruhiy merosning ijtimoiy reproduktsiyasi bo‘lib, u faqat bilimlar tizimi emas, balki o‘rganishning ma’naviy mohiyatidir” deb taʼkidlaydi [5;145] Taʼlim madaniyatining amaliy jihatlarini tahlil qilar ekanmiz, bu faqat o‘quv 466 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may dasturlari va darsliklar bilan chegaralanmasligi ayon bo‘ladi. Bu madaniyat - pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi axloqiy aloqada, taʼlim tizimining jamiyat bilan qanday interaksiyaga kirishida, shuningdek, taʼlimda gender tengligi, inkluzivlik va inson huquqlariga hurmat darajasida namoyon bo‘ladi. Jumladan, taʼlim muhitida erkin fikr aytish, savol berish va tanqidiy tahlilga ochiqlik darajasi - bu madaniyatning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir [6;55]. Taʼlim madaniyati masalasiga tanqidiy yondashuvlarda, ayniqsa, M. Fuko va P. Bourdieu kabi poststrukturalist olimlarning yondashuvlari alohida ahamiyat kasb etadi. Fuko taʼlimni hokimiyatni ishlab chiqaruvchi institutlardan biri sifatida ko‘radi [7;101], Bourdieu esa “madaniy kapital” orqali ijtimoiy tabaqalanishning reproduktsiyasi sifatida baholaydi [8;138]. Bu qarashlar taʼlim madaniyatining sathida mavjud bo‘lgan nomuvofiqliklar va strukturaviy tengsizliklarni fosh etadi. Aynan shu tanqidiy nuqtai nazardan kelib chiqib, taʼlim madaniyatini shakllantirishda uchrayotgan muammolar - ya’ni, standartlashtirilgan baholash tizimlarining tafakkurni cheklashi, shaxsga emas, tizimga xizmat qiluvchi o‘quv dasturlarining ustunligi, shuningdek, ijodkorlikka emas, mutelikka asoslangan yondashuvlar – zamonaviy taʼlimning o‘tkir tanqid obyektidir. Taʼlim madaniyati bugungi kunda faqat pedagogik masala emas, balki falsafiy, sotsiologik va siyosiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. U shaxs va jamiyatning o‘zaro bog‘liqligini, intellektual va axloqiy barqarorligini aks ettiradi. Shu bois, taʼlim madaniyatini yangilash nafaqat islohotlar, balki konseptual tafakkur, olimlararo muloqot va qadriyatlar tizimini qayta ko‘rib chiqish orqali amalga oshiriladi. Shu jihatdan, taʼlim madaniyatini rivojlantirish - bu nafaqat bilim berish, balki insoniylikni tarbiyalashdir. XXI asrda ro‘y berayotgan texnologik inqilob taʼlim tizimiga chuqur kirib bormoqda va shu bilan birga, taʼlim madaniyatining yangi shakllanish bosqichini boshlab bermoqda. Raqamli vositalarning keng tatbiqi – bu shunchaki texnik yangilik emas, balki madaniy paradigma o‘zgarishidir. Bu borada Manuel Castellstning “axborot jamiyati” konsepsiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘li

Доказательный фрагмент

«This article approaches the concept of educational culture from a conceptual perspective.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article approaches the concept of educational culture from a conceptual perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
educational culture, conceptual approach, theory, critical analysis, nazariya, konseptual yondashuv, ta’lim madaniyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники