К содержанию
РецензированоEN2025

INSON QADRI TUSHUNCHASINING TAHLILI

Qахоrоv Рulоtjоn Хursаnmurоdоvich

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

This article discusses the place, honor, and rights of a person in society. The author analyzes the social, legal, and ethical foundations of human dignity, focusing on the principles of valuing it and the issues related to the attention it receives in today's world. The article highlights the historical development of the concept of human dignity and its interpretation in different periods. Furthermore, the article justifies the necessity of protecting human dignity in the context of current global 476 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may issues. This research work is considered an important source from both scientific and ethical perspectives. Key words: Human dignity, honor, rights, ethics, values, society. Inson qadri – odam zotining Allohning eng buyuk moʻjizasi sifatida ulug‘lanishi, har tomonlama munosib qadr-qimmat topishini anglatadigan tushuncha [1]. Inson uchun qadriyatlar mezonini anglashda dastlab oila muhiti, ota-ona, qarindosh-urug‘, o‘qituvchilar muhim o‘rin tutadi. Aynan ana shu omillar negizida inson kamol topib boradi. Insonning butun umri o‘zida shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o‘z qadrini kamolga yetkazish, jamiyat, zamonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar qadrini anglashga intilishdan iboratdir. O‘zi va boshqaning qadrini anglab yetish uchun insonning ma’naviy dunyosi ezgulikka xizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishi, uning o‘zi esa hayotning mohiyati va maqsadini to‘g‘ri anglaydigan darajada tarbiyalangan bo‘lmog‘i lozim. Bu ma’noda, Suqrotning "O‘z- o‘zingni anglab yet!" – degan da’vati g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. O‘z qadrini anglashning obyektiv, subyektiv, ijtimoiy va shaxsiy jihatlari mavjud bo‘lib, doimiy ravishda o‘zaro aloqadorlikda yashaydi, inson tabiatining turli jihatlarini aks ettiradi. Har qaysi shaxsning qadri u yashayotgan zamon, undagi jarayonlar, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar ko‘zgusida namoyon bo‘ladi. Muhit va davrning talablari shaxsning qadrini shakllantirib, yuksaltirib boradi. Uning o‘zi ijtimoiy munosabatlar sub’yekti sifatida, o‘z qadrining shaxsiy talablari, ehtiyoj va maqsadlari bilan naqadar bog‘liq ekanini tobora ko‘proq anglab boradi. Inson va uning qadri muammosi – falsafaning azaliy mavzularidan biri. Odam naslining dunyoga kelishi, boshqa jonzotlardan farqi, tabiat va jamiyatdagi o‘rni, insoniy fazilatlari, shaxsiy xususiyati to‘g‘risidagi masalalar hamma davr faylasuflarining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Ma’lumki, odamning jismoniy tuzilishi, tabiiy-biologik xususiyatlarini o‘rganish ilmfan olamida hamon davom etmoqda. Ijtimoiy fanlarda esa shaxs kamoloti, uning ijtimoiy, ma’naviy qiyofasi bilan bog‘liq masalalari tadqiq qilinmoqda. Xullas, odamzod uchun o‘ziga o‘xshagan boshqa kishilar, ularning xususiyatlari, jamiyatdagi o‘rni, qadri, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq muammolar qadimdan eng asosiy tadqiqot va kuzatish obyekti bo‘lib kelgan. Insonning o‘zini qadriyat sifatida talqin qilish bilan uning qadri va shaxsiy darajadagi qadriyatlar tizimi to‘g‘risidagi masalalar bir-biridan farq qiladi. Bu borada uch yo‘nalishda fikr yuritish mumkin. Inson qadri – ulug‘. U ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotidan rozi va mamnun bo‘lib yashashi kerak 477 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may [2;3]. Birinchidan, har bir insonni qadriyat sifatida qarash mumkin. Bunda insonning o‘zi, uning tabiiy-tarixiy jarayondagi mavjudligi, tirik jonzotlar orasida yagona ijtimoiy vujud ekani e’tiborga olinadi. Bu yo‘nalishdagi tahlil aniq insonga qaratilgan bo‘lib, uni maxsus tadqiqot mavzusi obyektiga aylantiradi. Ikkinchidan, insonning qadri, ya’ni uni ijtimoiy jarayonlardagi o‘rnini, atrof-muhit va boshqa kishilar uchun ahamiyati, jamiyatdagi mavqei kabi masalalarni tadqiq qilish ham mumkin. Bunday tahlil insonning ijtimoiy-tarixiy ahamiyatini o‘rganishga asoslanadi. Uchinchidan, shaxsning ma’naviy olami, qiyofasi, qiziqishlar dunyosi, talab va ehtiyojlari, faoliyati bilan bog‘liq qadriyatlar tizimini ham tahlil qilish mumkin. Bunda asosiy e’tibor qadriyatlarning shaxsiy (alohida, yakka) darajada namoyon bo‘lish shakllari va xususiyatlariga qaratiladi. Hozirgi davrda har qaysi odamning qadri – avvalo, uning tabiatga, tashqi olamda ro‘y berayotgan jarayonlarga, bu jarayonlardagi o‘rni va faoliyatiga, turli irq, millat, ijtimoiy qatlamlarga mansub bo‘lgan, rang-barang maqsad va qadriyatlarga intiladigan kishilarga, o‘ziga, oila, turmush, jamoa va jamiyatdagi mavqeiga nisbatan munosabatida yaqqol ko‘rinadi. Shuningdek, mehnat, ishlab chiqarish va iqtisodiyot borasidagi jarayonlardagi ishtiroki, jamiyatdagi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va moddiy boy

Доказательный фрагмент

«This article discusses the place, honor, and rights of a person in society.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the place, honor, and rights of a person in society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Human dignity, honor, rights, ethics, values, society, huquq, inson qadr, shaʼn, axloq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники