Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERKINLIKNING MA’NAVIYATGA TA’SIRI
ERKINLIKNING MA’NAVIYATGA TA’SIRI · Kuziyev Nodir Abdusalimovich · Shadmonov Aziz Azimovich
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This article highlights the processes of freedom and spiritual formation of our country's youth today. It also highlights the exposure of young people to various harmful influences. Key words: spirituality, freedom, globalization process, enlightenment against ignorance, freedom of speech, freedom of conscience. Hayot sur’atlari tinimsiz kuchayib borayotgan bugungi globallashuv jarayonida butun insoniyatga boʻlgani kabi mamlakatimiz yoshlariga ham tinimsiz ravishda turli ichki va tashqi tahdidlar xavf solib turibdi, ular barchamizni tashvishga solmasdan qoʻymaydi. Buning sabablari juda koʻp. Ular haqida tinimsiz gapirilmoqda, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan turli tavsiyalar berilmoqda, choralar koʻrilmoqda. Natijada yoshlarimizni bunday xavf-xatarlardan ogoh etish, muhofaza qilishda ma’lum bir yutuqlarga erishmoqdamiz. Erkinlik - bu madaniyatning universalligi boʻlib, u mazmun va funksiyalar birligida ijtimoiy subyektlarning xulq-atvori, faoliyati va muloqotini tartibga soluvchi sifatida namoyon boʻladi. Ushbu universalni amalga oshirishning uchta asosiy darajasi 481 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may mavjud. Birinchi daraja – oddiy ong – ushbu kontseptsiya yordamida ular harakatlar, aloqa va xatti- harakatlarda ruxsat etilgan yoki mumkin boʻlgan chegaralarni belgilaydilar. Ikkinchisida – huquqiy – nazariy ong darajasi, ruxsat etilgan va tartibga solinadigan normalar va ularni buzganlik uchun jazo belgilanadi. Uchinchi falsafiy – nazariy ong darajasida aks ettirish dastlabki ikki sathda amalga oshiriladi va shu bilan birga madaniyat asoslari nutqi sifatida namoyon boʻladi. Bugungi kunda yoshlarimizning ma’naviy olami, ularning milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni oʻzlashtirish, tafakkur tarzi va e’tiqodini shakllantirish yoʻlidagi sa’y- harakatlarini katta yutuq sifatida e’zozlaymiz, qadrlaymiz. Darhaqiqat, bugungi yigit- qizlarimizning millat tashvishini oʻz boʻynilariga olishlari, mas’uliyatni his qilishlari, shubhasiz, diqqatga sazovor. Ayni paytda ayrim yoshlarimizning demokratiya bayrog‘i ostida oʻz oʻpkalarini erkinlik havosi bilan toʻldirish “g‘ami”da milliy an’analarimiz, qadriyatlarimizga, ba’zan esa millat va vatan manfaatlariga toʻg‘ri kelmaydigan xatti- harakatlarini koʻrib kishi tashvishga tushadi. Ayni paytda mamlakatimizda tom ma’noda inson erkinligi ta’minlanganligini ham alohida ta’kidlash lozim. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga(27-modda), har kim fikrlash, soʻz va e’tiqod erkinligi huquqiga egaligi (33-modda) belgilab qoʻyilgan. Erkinlikni koʻngilga kelgan narsani amalga oshirishdan iborat deb tushunish, avvalo, savodsizlikning natijasi sifatida baholanishi mumkin. Toʻg‘ri, hozir mamlakatimiz yoshlarini savodsiz deyishimiz mutlaqo mumkin emas. Ammo, oʻqish- yozishni bilishning oʻzini insonning savodxonlik darajasi sifatida baholash ham toʻg‘ri boʻlmaydi. Aks holda maktab-u oliy ta’lim muassasalarini a’lo baholarga bitirib, jamiyatda muayyan mavqega ega boʻlishning oʻrniga turli jinoyatlar sodir etayotgan yoshlarimiz yoʻqmi? Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Jaholatga qarshi-ma’rifat”, degan shiorni oʻrtaga tashlaganda aslida oʻz xatti-harakatlarini tahlil qila olmasdan turli buzg‘unchi yoʻllarga kirgan ana shundaylar haqida gapirganini yodda saqlasak yaxshi boʻlardi. Tom ma’nodagi erkin inson aslida oʻz xohish-istaklarini aql-idrokka boʻysundira olgan kishidir. Shu ma’noda oʻz istagini aql va tafakkurga boʻysundira olgan kishi dunyoning yarmini zabt etish bilan teng ekanligini ta’kidlashni juda istardim. Darhaqiqat, inson fikrlash uchun yaratilgan. Tafakkur esa fikrning hosilasi. Oʻrni kelganda yana bir masala haqida alohida toʻxtalishga toʻg‘ri keladi. Gap barcha aqlli odamlarning ma’naviyatli va axloqiy sifatlari yuqori boʻlavermasligi xususida ketmoqda. Haqiqatdan ham shunday. Biz bu yorug‘ dunyoda shunday aqlli odamlarni 482 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may koʻramizki, ular oʻzining bu sifatlari bilan hammani oʻziga mahliyo qilishi mumkin, koʻplar ularga havas koʻzi bilan qaraydilar. Inson aqli yetib turgan narsani mushohada va idrok qilmas, undan tahlilsiz xulosa chiqarar ekan, bu narsa, shubhasiz, har qanday odamni adashtiradi, xato yoʻllarga boshlaydi. Shu oʻrinda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “insonni harakatga soluvchi kuchi aqli emas, balki tafakkuri ila erishgan idrokidir. Tafakkur boʻlmasa, aqlning oʻzi hidoyatga yoʻllay olmaydi. Dunyoda qanchadan-qancha aqllilar bor. Ammo ularning aqllari toʻg‘ri yoʻlga boshlamayapti, yomonliklardan qaytarmayapti. Bu ham yetmagandek, sof tabiatli inson zotiga or boʻlgan ishlarni tap to
Доказательный фрагмент
«This article highlights the processes of freedom and spiritual formation of our country's youth today.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the processes of freedom and spiritual formation of our country's youth today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- spirituality, freedom, globalization process, enlightenment against, globallashuv jarayoni, erkinlik, ma’naviyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025