Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI TURKUMIGA KIRUVCHI FANLARNI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH USULLARI
Ametov Axmet Qulametovich
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This article examines improving the effectiveness of education through the use of interactive methods in teaching subjects related to the category of national idea and fundamentals of spirituality. Key words: innovation, interactive methods, brainstorming, debate, discussion, cinquain, blitz question, cluster. So‘nggi vaqtlarda Respublikamizning ta’lim tizimi sohasida ham yangidan yangi innovatsion o‘zgarishlar yuz berayotganligini yangi usullarning paydo bo‘lishini yaqqol ko‘rish mumkin. Ilmiy-texnik taraqqiyot XXI asrga kelib nafaqat ko‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo‘ldi, balki madaniyat sohasiga, gumanitar bilimlar sohalariga ham kirib keldi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina asosiy metodik innovatsiyalar o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llashga yo‘naltirilgan. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Interfaol o‘qitish - bu o‘zining amalga oshirilishi, o‘qituvchi - talaba, talaba - kompyuter ikkovining o‘zaro munosabatida bo‘lib o‘tadigan dialogik suhbat vaziyatida bo‘lish demakdir. Interfaol o‘qitish - inson bilish faoliyatining amalga oshirilishining 485 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may alohida bir turidir. Interfaol usullarning ancha keng tarqalgan va yaxshi natijalar beradiganlari ichida - "aqlga hujum" (mozgovoy shturm), bahs (munozara), organayzerlar to‘ldirish, klaster, aniqlovchi savollar, debatlar, munozara, sahna o‘yini, rol o‘ynash, sinkveyn, o‘yinlar, insert va hokazolar bor. Aqliy hujum - bu bir mavzu bo‘yicha mustaqil ravishda, dastlab hech qanday tanqidiy nuqtai nazarsiz, iloji boricha ko‘p sonli g‘oyaviy fikrlarni ta’kidlashdir. Bu usulning vazifasi - oz sonli guruhning kuchini, g‘oyaviy fikrlarni umumlashtirishga jamlash. Debat - uning asosida darsni tashkil etishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad muammoning yechimini topishda o‘quvchi o‘zlarini, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishontirish. O‘z fikrini aniq va faktlar bilan bayon qilish, buning uchun ishonchli dalillar va xulosalar topish ko‘nikmalarini shakllantirishda debatlar o‘tkazish samarali usuldir. Metodik ko‘rsatmalar: Debatlar mavzuni aniq o‘zlashtirishlari uchun o‘quvchilarga sharoit yaratadi. Buning uchun esa, mavzuni rezolyutsiya tarzida tushuntirish kerak bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda mahalliy mutaxassislardan (olim, jamoat arbobi, siyosatshunos, mutaxassis va h.k.) biri taklif etiladi. Debat o‘tkazish usullari. Bahsli savollarni analitik-sintetik tahlil qilish va obyektiv fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ayrim usullardan foydalaniladi: O‘quvchining o‘z fikrini erkin ifoda eta olishi. O‘z fikrini aniqlashtirishi. O‘quvchilar fikrlarining aniqligini tekshirish. Boshqalarning fikrini o‘rganish. O‘zining va boshqalarning fikrlarini tahlil qilish. Muammo (mavzu, savollar) bo‘yicha qaror qabul qilish. Bahs (Munozara) - Bu usul yordamida o‘quvchilarga ma’lum bir muammo bo‘yicha to‘liq axborotlar yetkazib berish, baxs uchun tanlangan mavzuni o‘quvchilar ayovsiz "shturm" qiladi va maqsadli natijada muammoga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni har tomonlama o‘rganadi. Sinf (auditoriya) ning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osib qo‘yiladi. Ularning biriga "roziman," ikkinchisiga "rozi emasman" degan so‘zlarni yozib qo‘yadi. Plakatlarda ba’zi bir mavzularga oid savollar bo‘yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilishi mumkin. Darsni tashkil etish qoidalari tahlil qilinadi. 486 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may O‘rganiladigan muammo bo‘yicha o‘z fikriga mos keladigan plakat yoniga borish va kerakli o‘quvchilar taklif etiladi. Bo‘lingan o‘quvchilardan o‘z qarashlarining to‘g‘riligini asoslab berishlari so‘raladi. Bu vaqtda bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tishga ruxsat etiladi va shu tariqa o‘quvchilarning barchasi mavzuga jalb etiladi. Muammo (mavzu, savol) bo‘yicha fikrlar bildirilgandan so‘ng, o‘quvchilar ichida bahs davomida o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirganlar ham, boshqa guruhga o‘tkaziladi. Bunday hollarda ular o‘z o‘rnini o‘zgartirish sabablarini asoslab berishlari kerak. Ishtirokchilardan opponentlar ichidan muammo yuzasidan eng ishonchli fikr bildirgan o‘quvchilarni aniqlash so‘raladi. Bahs jarayonida faol ishtirok etgan va o‘z fikrining to‘g‘riligiga ishontira olgan guruh baholanadi. Intеrfаоl mеtоdlаrning turlаri «Sinkvеyn» mеtоdi Mеtоdning mаqsаdi: «Sinkvеyn» sо‘zi frаnsuzchа sо‘zdаn оlingаn bо‘lib, «bеsh misrаdаn ibоrаt shе’r» tаrjimаsini bеrаdi. Аmаliyоtdа «Sinkvеyn»: murаkkаb аxbоrоtlаrni sintеzlаsh qurоli vа tushunchаlаr zаhirаsini bаhоlаsh vоsitаsi;ijоdiy ifоdаl
Доказательный фрагмент
«This article examines improving the effectiveness of education through the use of interactive methods in teaching subjects related to the category of national idea and fundamentals of spirituality.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines improving the effectiveness of education through the use of interactive methods in teaching subjects related to the category of national idea and fundamentals of spirituality. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovation, interactive methods, brainstorming, debate, discussion, aqliy hujum, innovatsiya, interfaol metodlar, debat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025