К содержанию
РецензированоRU2025

MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHDA O‘ZBEK TILINING IJTIMOIY ZARURATI

Utegenova Jamila Djolmurzayevna · Suyunov Sherzod Bolikulovich

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

Статья посвящена анализу социальной необходимости узбекского языка в понимании национальной идентичности. Доказано, что язык является зеркалом менталитета, отражением уровня культуры этносов и народов. Ключевые слова: язык, национальное самосознание, мышление, ментальность, культура. Annotation. The article is devoted to the analysis of the social necessity of the Uzbek language in understanding national identity. It is proven that language is a mirror of mentality, a reflection of the level of culture of ethnic groups and peoples. Key words: language, national identity, thinking, mentality, culture. Milliy til muayyan kishilar o‘rtasida faqatgina aloqa vositasi bo‘lib qolmasdan, u o‘z yo‘nalishiga ko‘ra o‘zining qaysi millatga mansubligini belgilab beruvchi vositadir. Shunday ekan dunyo tillari ichida eng go‘zal va betakror til har bir kishining milliy tilidir. Milliy til yo‘qolsa millat ham yo‘qoladi, aksincha milliy til qanchalik sog‘lom va bardavom bo‘lsa, shu tilda so‘zlashuvchi millatlar ham bardavom rivojlanadi, millat sog‘lom fikrli bo‘ladi. Sog‘lom fikrli millat esa milliy o‘zligini teran anglaydi. Shunday ekan milliy o‘zligini teran anglagan millat hech qachon boshqa bir xalq yoki millatga mute bo‘lmaydi. Milliy til xalqni birlashishga, o‘z milliyligini asrab avaylashga chorlaydi. Bugungi kunda o‘zbek tili ham millatning aloqa vositasi va ham shu tilni 490 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may o‘rganadigan fan sifatida e’tirof etiladi. “O‘zbek tili” atamasi esa o‘z navbatida “ona tili” atamasi bilan ma’nodoshlikni hosil qilib, o‘zbek millatining milliy tilini anglatadi1. O‘zbek tili davlatimizning milliy tili sifatida e’tirof etilishi bilan birga, Tojikiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston respublikalarida, shuningdek, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoyning Sinszyan muxtor viloyati kabi mamlakatlarda ham tarqalgan. Bugungi kunda, yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishilarning umumiy soni qariyib ellik million kishini tashkil etadi. Manbalarga ko‘ra qadimgi Hindiston, Xitoy, qadimgi Misr va Yunon rivoyatlarida til yaratganing insonlarga oliy marhamati sifatida talqin qilingan. Shuningdek diniy muqaddas kitoblarda ham tilning vujudga kelishi ilohiy hodisa sifatida e’tirof etilgan. Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi o‘zbek millatining buyuk shoir va mutafakkirlari o‘z ona tillarida ijod qilib, uni “turkiy”, “turkcha” deb atab turkiy tillar ichidan alohida ajratib mavqeyini ko‘tarishga intilganlar. Eski o‘zbek tili qadimgi turkiy tilning bevosita davomi va hozirgi o‘zbek tilining asosi sifatida e’tirof etiladi. Manbalarga ko‘ra, Turk xoqonligidan so‘ng boshlangan murakkab etnolisoniy jarayonlar Qoraxoniylar davrigacha davom etib, “qarluq-chigil- uyg‘ur” til birligi va madaniyatining vujudga kelishiga zamin yaratgan. Mazkur til birligi va madaniyatini o‘zida mujassam etgan ittifoqdosh qabilalar Qoraxoniylar saltanatida alohida o‘rin tutganligi ham ba’zi tadqiqotlarda batafsil yoritilgan.X asr oxiri va XI asr boshlariga kelib esa mazkur qabilalar ittifoqi o‘zbek millatining tashkil topishiga va o‘zbek tilining vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo xalqlarining adabiy tili namunalari sifatida e’tirof etiladigan “Devonu lug‘otit turk” va “Qutadg‘u bilig” kabi qomusiy asarlar ham o‘zbek tilining asosini yaratgan o‘zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklaridir. Tadrijiy rivojlanish jarayonida o‘ta muhim harbiy harakatlar yoki yig‘inlarda azaldan milliy til millatni birlashtiruvchi vosita vazifasini bajarish bilan birga insonlar orasida o‘zaro hamjihatlik va yakdillikni ta’milash rolini o‘ynagan. Tilning paydo bo‘lishi bilan, uning ramziy funksiyalari rivojlanib borib, inson nafaqat mehnat qilish, balki endi ma’lum tilda tahsil olish, o‘z tarixidan xabardor bo‘lish, uni dastlab afsona va rivoyatlar shaklida avloddan-avlodga meros qilib qoldirish kabi imkoniyatlarni shakllantirgan. 1 Rahmatullayev Sh., Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Т., 2005. 491 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Davlatlararo va millatlaro munosabatlarda ma’lum siyosiy tizim faoliyatidan norozilik kuchayganda millatchilik harakatlari paydo bo‘lib, ushbu harakatning asl maqsadi mustaqil davlatlar yoki milliy dalatchilik tuzish borasidagi harakatlar sifatida baholanadi. Ma’lum davlat tarkibidagi millat o‘zining suveren tengligini e’tirof etgani holda azaldan mavjud o‘zining milliy chegarlarini belgilab olish va milliy tiliga asoslangan milliy suveren davlatini tuzishni talab qiladi va ba’zan o‘z maqsadlariga evolyutsion gohida esa revolyutsion yo‘l bilan erishadi. Shuni ham alohida ta’k

Доказательный фрагмент

«Статья посвящена анализу социальной необходимости узбекского языка в понимании национальной идентичности.»

Образец извлечения

Демо-превью

Статья посвящена анализу социальной необходимости узбекского языка в понимании национальной идентичности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
language, national identity, thinking, mentality, culture, mentalitet, til, tafakkur, milliy o‘zlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники