Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILADA AXLOQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY FALSAFIY OMILLARI
FALSAFIY OMILLARI · Rо‘zimurodov Siroj Madatovich
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
В данной статье акцентируется внимание на том, что семья - это социальное пространство, которое традиционно занимает ведущее место среди других духовно-нравственных ценностных направлений сознания каждого человека. Также показано, что это процесс, основанный на уровне развития нравственной культуры семьи, связанной с личным благополучием. Ключевые слова: махалля, семья, семейная этика, обязанность, долг, образование, ответственность, духовно-нравственные ценности в семье. Annotation. This article emphasizes that the family is a social space that traditionally occupies a leading position among other spiritual and moral value directions of each person's consciousness. It is also shown that family is a process based on the level of development of moral culture associated with personal well-being. Key words: neighborhood, family, family ethics, obligation, duty, education, responsibility, spiritual and moral values in the family. Oilada axloqiy madaniyati tushunchasining mazmun-mohiyati, oila axloqiy madaniyati rivojining tarixiy-falsafiy ildizlariga doir konseptual qarashlar tahlili, zamonaviy oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish: muammoning nazariy va uslubiy tahliliga oid bilimlar uyg‘unlikda tadqiq qilish maqsadag maofiqdir. Shu o‘rinda oila, inson hayotining ilk tarbiya va ta’lim maskani bo‘lib, uning axloqiy qadriyatlari va madaniyati jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Mahalla esa, oila va 443 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi, bu makon umumiy axloqiy qadriyatlarni tarqatish va saqlashda asosiy omil hisoblanadi. Shu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, “Mahalla - bebaho qadriyatlarimiz beshigi, mehr - oqibat, ahillik va totuvlik maskani. Bir - biriga elkadosh bo‘lish, ehtiyojmand, muhtoj insonlarga ko‘mak berish kabi ko‘pdan - ko‘p ezgu odat va an'analarimiz aynan mahallada yaqqol namoyon bo‘ladi.”1 Shuningdek, jamiyatimizda oila va mahalla axloqi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Oila a’zolari bir-biriga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi, shu bilan birga, mahalladagi ijtimoiy aloqalar va munosabatlar ham oilaning axloqiy madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Oila ichida tarbiyalanadigan axloqiy asoslar, mahallada uning davomida qadrlanadi va namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, oila va mahalla axloqiy madaniyatini yuksaltirishda har ikkisi o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash zarur. Oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni o‘ziga xos xususiyatlarini quydagilardan iborat: Ota-onalar farzandlariga axloqiy qadriyatlarni singdirishlari kerak. Jamiyat tomonidan qabul qilinmagan axloqsiz xatti-harakatlardan uzoq bo‘lishi lozim. Bu g‘iybat, ikkiyuzlamachilik, yolg‘on, hasad va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Oilada kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirish ham ma’naviy- axloqiy qadriyatlarni yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Har bir ota-ona bu his- tuyg‘ularini o‘z xatti-harakatlari orqali farzandiga ko‘rsatishi kerak. Chunki, farzandlar bo‘lajak oila boshliqlaridir. Shu o‘rinda to‘g‘ri fikrli va to‘g‘ri so‘zli oila bilan do‘stlashish, qarindosh bo‘lish azaldan kishilarimizning tilagi bo‘lib kelgan. Yusuf xos Hojib yozadi: “kishi uchun kerakli ikki a’zo bor: biri til, boshqasi yurak. Til so‘z uchun, yurak, ko‘ngil esa shu so‘zdan lazzatlanish uchun berilgan. Shu tufayli, to‘g‘ri, rost so‘zni so‘zlash uchun tilni tebratmoq, ya’ni harakatlantirmoq kerak. Egri, yaroqsiz so‘zlarni tashqariga chiqargandan ko‘ra tilning harakatsiz qolgani ma’qul”2. Oila a’zolarining to‘g‘ri so‘zligi ular yuragi va tilagining tozaligidan darak beradi. Bunday oilani jamiyat ilg‘amasligi va e’zozlamasligi mumkin emas. O‘zbek oilasida farzand mehr-muhabbati, ehtimol, shunchalik kuchliki, uni dunyoning hech bir xalqi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bizningcha, bu o‘zbek oilasi uzoq umr ko‘rishining asosiy sabablaridan biridir. Oilaning yashashi uchun iqtisodiy barqarorlik muhim bo‘lsa-da, uning mavjudligi uchun faqat pul, mavqe, obro kabi omillar nisbatan kamroq rol o‘ynaydi. Moddiy elementlarning hech biri doimiy emasligi bois, oila haqiqiy oila 1 Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2024. – B-414 2 Юсуф Хос Ҳожиб. Қудатғу билиг. - Тошкент: Шарқ, 1990. 31 б. 444 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may bo‘lishi uchun ma’naviy qadriyatlar ustun bo‘lishi kerak. Islom dinida oilaga katta ahamiyat beradi. Bu borada Islom dini nikoh kabi ulug‘ ahddan boshlanadi. Oila qurishning eng muhim va birinchi bosqichi to‘g‘ri niyat va maqsadli qadamdir. Oila qurish masalasida Qur’oni karimda shunday oyat keltirilgan. “U Zot sizlar
Доказательный фрагмент
«В данной статье акцентируется внимание на том, что семья - это социальное пространство, которое традиционно занимает ведущее место среди других духовно-нравственных ценностных направлений сознания каждого человека.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье акцентируется внимание на том, что семья - это социальное пространство, которое традиционно занимает ведущее место среди других духовно-нравственных ценностных направлений сознания каждого человека. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- neighborhood, family, family ethics, obligation, duty, education, oila axloqi, oila, mahalla, majburiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025