К содержанию
РецензированоUZ2025

JAMIYAT IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITINI SOG‘LOMLAHTIRISHDA OILANING O‘RNI

OILANING O‘RNI · Ergasheva Maxbuba Xotambekovna · Raxmonova Ruxshona Botir qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

The family is the most important social foundation of society. Ensuring the effectiveness of education and upbringing is carried out primarily through the family. In our country, the issue of the family and its peace, tranquility, and well- being is considered at the level of state policy. Key words: family, social environment, upbringing, pictogram, methodology. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tug‘risida"gi Farmoni bilan oilaviy qadriyatlar va oila instituti rivojlanishning yangi bosqichiga qadam quydi. Afsuski, turmush qurgan yoshlar orasida hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib yetmaslik va arzimas sabablar bilan ajralishlar ko‘payib bormoqda. Begunoh bolalar yetim bo‘lib, mehr va e’tiborga eng tashna 402 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolmoqda. Yana biri esa oilalarda nosog‘lom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi janjallar, xotin-qizlarimiz orasida o‘z joniga qasd qilish hattoki erkaklar o‘rtasida bu holatlari ko‘payib bormoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlarni oila - nikoh munosabatlariga tayyorlash muhim vazifa sanalib, bu boradagi ishlarni ta’lim tizimining barcha bug‘inlarida oilaga oid huquqiy tushunchalarni yoshlarga oiladan o‘rgatib borishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Zero, “…Ijtimoiy tarbiya sistemasi va strukturasini jo‘ngina tushunish maqsadga muvofiq emas. Bu jarayon bir butun sistema sifatida turli ijtimoiy institutlar, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, madaniy-ma’rifiy uyushmalar, amalga oshiradigan tarbiyaviy-mafkuraviy tadbirlarni, shuningdek, madaniy meros, milliy qadriyatlar, jamoatchilik fikrining tarbiyaviy-mafkuraviy imkoniyatlarini qamrab oladi”1. Demak, tarbiya va ta’lim jarayonining mahsuldorligi uchun, oqilona kechishi hamda samarali natijasi uchun jamiyat hayotidagi har bir ijtimoiy-siyosiy struktura mas’ul hisoblanadi. Ayniqsa, bu jarayonda oila institutining ahamiyatini alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir. Oila dastlabki ta’lim-tarbiya maskani hisoblanadi. Oiladagi so‘lom muhit va oqilona tarbiya har bir shaxs hayoti, kelajagi farovonligini ta’minlaydi. “Oila ota-ona hamda farzandlarning birlashuvidan tashkil topgan ma’lum bir tizim hisoblanadi. Bu tizimning birlashuvida quyidagi axloqiy-estetik tamoyillar asosiy o‘rin egallaydi:  mehr va muhabbat;  ishonch va e’tiqod;  sadoqat va mas’uliyat;  daxldorlik hissi;  o‘zaro hurmat;  samimiylik, rostgo‘ylik h.k. Shunisi e’tiborliki, oilada namoyon bo‘ladigan axloqiy-estetik kategoriyalar hech qanday manfaatdorliksiz paydo bo‘ladiki, unda oila a’zolari biror natijani kutmagan holda bir-biriga nisbatan muhabbatni his etadi”2. Oila jamiyatning eng muhim ijtimoiy asosi hisoblanadi. Ta’lim va tarbiyaning samaradorligini ta’minlash eng avvalo oila orqali amalga oshiriladi. “Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo‘lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Kattalar turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatib borganlar. Kichik avlod esa o‘z faoliyati davomida duch kelgan yangi-yangi 1 Чориев А. Инсон фалсафаси. Ижтимоий тарбия. Учинчи китоб. – Қарши: Ilm-fan-ma’naviyat, 2024. – B. 3. 2 Ergasheva M.X. Ta’lim va tarbiya falsafasi. Darslik. – Samarqand: SamDU Tahririy nashriyoti, 2025. – B.329. 403 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may muammolarning yechimini topish barobarida bilim va ko‘nikmalarni egallab, oldingi avloddan meros qolgan bilimlarni yanada boyitib, o‘zidan keyingi avlodga qoldiradi”3. Demak tarbiya azaliy, uzluksiz jarayon bo‘lib avloddan-avlodga doimiy ravishda vorisiylik tamoyili asosida o‘tib boradi. Bu vorisiylikni qay darajada ta’minlanishini esa jamiyatdagi oila bogini belgilaydi. Oilada nafaqat axloqiy-ma’naviy tarbiya, balki huquqiy tarbiya brilishi ham maqsadga muvofiq sanaladi. Professor A.Huseynova ta’biri bilan aytganda, O‘zbek oilalari farzandlarida yuridik tushunchalar shakllanishi qobiliyatlarini o‘rganishda "Piktogramma" (A.R.Luriya) metodikasidan foydalanishni keng ommaga yetkazishimiz zarur. "Piktogramma" metodikasidan tadqiqot maqsadida foydalanishimizning asosiy sababi, oilada farzandlarning esda olib qolish xususiyatlari va uning samaradorligi, assosiativ fikrlash faoliyati xususiyati va tushunchali tafakkurni shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan. Ushbu metodikada foydalan

Доказательный фрагмент

«The family is the most important social foundation of society.»

Образец извлечения

Демо-превью

The family is the most important social foundation of society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
family, social environment, upbringing, pictogram, methodology, piktogramma, tarbiya, ijtimiy muhit, oila
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники