Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKISTON JADID NAMOYONDASI BEHBUDIYNING YOSHLAR MA’NAVIY TARBIYASIGA DOIR MA’RIFIY G‘OYALARI
Tursunova Olmos Fayziyevna
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This article focuses on studying the rich spiritual heritage of the Jadids. It reveals that the teachings of the enlightener Behbudiy on upbringing, education, science, and knowledge have not lost their relevance even today. It is recommended to use these teachings as a guide for the spiritual education of youth. Key words: Behbudiy, youth, spirituality, science, enlightenment, knowledge, upbringing Yurtimizda buyuk jadidlarning ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Umuman, biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi» [1]. Albatta, bugungi tinch va erkin hayotning qadrini, yoshlar ma’naviy tarbiyasini, 406 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may ilmga, bilimga bo‘lgan e’tiborni bizni Behbudiy hikmatlarida ko‘ramiz. Behbudiy o‘zining asosiy diqqatini aynan ilm, tarbiya, ta’limga qaratadi. U ta’kidlaganidek, “Har zamonni(ng) ilmi, hikmati va parvarishi boshqadir. Modomiki, har bola, ya’ni har kimni(ng) zamoni, otasi zamonidan boshqa bo‘lsa va har otag‘a o‘z farzandini kelar zamon uchun va kelar zamonig‘a muvofiq suvratda tarbiya va ta’lim etmog‘i lozim bo‘lsa, biz na uchun kelar zamon emas, balki hozirgi va bu kungi zamon va soatimizdagi ilm va fanlarni bolalarimizg‘a o‘rgatmaymiz”[1]. Shu g‘oyalari asosida yoshlarga o‘gitlar, pand-nasihatlar qiladi. Hamda bugungi kunning asosiy prinsipi bo‘lgan, o‘zining natijasini beradigan eng zo‘r investitsiya bu farzand ilmiga, ta’limiga yo‘naltirilgan investitsiyadir degan tamoyil Behbudiyning qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Ey muhtaram yoshlar! Aziz birodarlar, o‘g‘il to‘ylarig‘a sarf qilaturgon aqchalaringizni mana shul zamoni yo‘lig‘a sarf etingiz, sizdan o‘g‘lingizg‘a mol meros qolmasin, balki, albatta, ilm va tarbiya meros qolsin” [1]. Behbudiy asarlarida milliy uyg‘onish, millatning o‘zligini anglash jarayoni mazkur chaqiriqning ruhi va mazmunini tashkil qiladi. Uning hikmatlari birgina adabiyot, tarix doirasida qolgani yo‘q, ijtimoiy turmushning barcha qatlamlarini qamrab oldi, hatto uning tarixga kirgan g‘oyalarining ham mafkurasi milliy uyg‘onishga, uning samarasi bo‘lmish mustaqillik uchun kurashga kelib bog‘landi. Jumladan uning, “Ey g‘ayratlik yoshlar! Nifoq va bir-birig‘a dushmanlikni tashlangiz. Xudo haqqi, arvohi anbiyo hurmati va bu kunlarda qornini to‘yg‘izolmayturgon yetim va bevalar haqqi, bir-biringiz ila ittifoq etub, jamiyatlar barpo qilib, xoliq Xudoning nafig‘a, din va millat yo‘lig‘a xizmat etingiz. Millat va xalq sizdan xizmat va yaxshilik talab etudur, nafsoniyat va g‘urur emas” [1]. Behbudiy fikricha, ma’rifat uchun b irgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo‘lmoq kerak edi. Zero, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni jamiyat a’zolaridan quyidagilarni so‘rashga undaydi: “Yoshlardan himmat va g‘ayrat, boylardan shafqat va marhamat kerak” [1]. Bugun biz yuzma-yuz bo‘lib turgan milliy g‘oya, ma’naviyat, milliy mafkura masalalari bilan bundan yuz yil oldin jadidlarimiz tomonidan ham kun tartibiga qo‘yilgan va qizg‘in muhokama qilingan masala bo‘lgan. Buni Behbudiyning fikrlaridan ham uqib, anglab olish mumkin: “Makotib – taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning durdonasidir” [1]. 407 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Albatta, yoshlarimizni mamlakat, yurt ravnaqi va kelajagi yo‘lida birlashtirish, qalblarni uyg‘otish, dunyo xaritasida har tomonlama taraqqiy etgan Yangi O‘zbekistonni barpo etishni ko‘zlagan ma’naviyat, milliy g‘urur g‘oyasining ildizi aslida ma’rifatparvar jadidlar faoliyatiga borib taqaladi: “Ey g‘ayratlik yoshlar! Nifoq va bir-birig‘a dushmanlikni tashlangiz. Xudo haqqi, arvohi anbiyo hurmati va bu kunlarda qornini to‘yg‘izolmayturgon yetim va bevalar haqqi, bir-biringiz ila ittifoq etub, jamiyatlar barpo qilib, xoliq Xudoning nafig‘a, din va millat yo‘lig‘a xizmat etingiz. Millat va xalq sizdan xizmat va yaxshilik talab etudur, nafsoniyat va g‘urur emas” [1]. Mamlakatimiz yoshlarga kelajak binokorlari sifatida qarar ekan, bu yo‘lda bizga buyuk tariximiz – murabbiy, ajdodlarimizning ibratli hayoti, faoliyati va ma’naviy merosi, ayniqsa bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan hik
Доказательный фрагмент
«This article focuses on studying the rich spiritual heritage of the Jadids.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article focuses on studying the rich spiritual heritage of the Jadids. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Behbudiy, youth, spirituality, science, enlightenment, knowledge, ilm, yoshlar, ma’naviyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026