Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA UNING JAMIYAT SIVILIZATSIYAVIY TARAQQIYOTIGA TA’SIRI
SIVILIZATSIYAVIY TARAQQIYOTIGA TA’SIRI · Yusupov Murodali Sunnatovich · Djurakulova Moxina Akmalovna (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi,) · Istatboeva Afruza Sunattilloevna (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi,)
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
The article highlights the processes of globalization, the influence of civilizational development on human thought, the development of society, and an important feature of modern civilization. Key words. globalization, communication, civilization, progress, value, culture, popular culture, education, and ethics. Insoniyat sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti jarayonida inson, uning erki, huquqi, farovonligi, unga munosib turmush sharoitini yaratish, barkamol insonni tarbiyalash va adolatli jamiyat barpo etish masalasi doimo o‘z dolzarbligini saqlab kelgan. Ijtimoiy hayotda, sivilizatsiya taraqqiyotining hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati qurilishi, globallashuv, modernizatsiya, demokratik tamoyillar ustuvorligi, jamiyat hayotining insonparvarlashuvi, postindustrial, axborotlashgan jamiyatga o‘tish jarayonida bu masala yanada muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. 411 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Bugungi kunda, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyati, ya’ni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etilmoqda. O‘zbekistonning sivilizatsiyaviy taraqqiyot yo‘li xalqning milliy mentaliteti, an’analari, qadriyatlari asosida amalga oshib, Respublikada fuqarolik jamiyati barpo etilishi jarayoni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida, O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga integratsiyalashuvi asosida sodir bo‘lmoqda. O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – madaniy milliy davlatchilik modeli eng avvalo iqtisodiy taraqqiyot, inson huquqlari va fuqarolarning turmush darajasidagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni hamda mavqeini belgilab, respublikada shu asosda zamonaviy fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda. Jahondagi zamonaviy milliy davlatchilik modellarining o‘ziga xosligi eng avvalo, birinchidan, jamiyatda hukmron bo‘lgan ilmiy, diniy hamda falsafiy dunyoqarashlik me’yorlarining jamiyat siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga ta’siri bilan, ikkinchidan, ularning texnika iqtisodiy va taraqqiyot darajasining yuksakligi bilan va uchinchidan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning jadal taraqqiy etib borishi bilan belgilanib, jamiyatning sivilizatsiyaviy taraqqiyoti globallashuv hamda modernizatsiya jarayonlarining bevosita ta’siri asosida sodir bo‘ladi.Sivilizatsiya tushunchasi alohida olingan bir xalq, hudud, jamiyat, davlat va hatto jahonga, ularning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan qo‘llanuvchi tushuncha bo‘lib, lotin tilida bu so‘z “fuqarolikka oid” degan ma’noni bildiradi. Sivilizatsiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida turgan xalq va mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi o‘ziga xosligi bo‘lib, O‘zbekistonning ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – ma’rifiy va sivilizatsiyalashgan taraqqiyotida dunyoviy ilmlar qatorida turli diniy ta’limotlar ham o‘ziga xos o‘rin tutib kelmoqda. Bu holat O‘zbekistonning milliy mafkurasidagi dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasida o‘z ifodasini topgandir. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyaviy yondashuv har bir xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotiga noyob va takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Shu bilan birgalikda ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyaviy yondashuv har bir milliy madaniyatning o‘ziga xosligi, noyob va betakrorligini e’tirof etgan holda jahon sivilizatsiyasi yutuqlariga tayanadi. Ayniqsa globallashuv sharoitida milliy madaniyatga turli tashqi omillarning ta’siri kuchli bo‘lib, milliy hamda umuminsoniy madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi, o‘zaro ta’siri kuchayib bormoqda. 412 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Ijtimoiy fanlarda sivilizatsiyalarning muayyan bosqichlari ajratilib ko‘rsatilib, bular sivilizatsiyagacha bo‘lgan arxaik, an’anaviy yoki ibtidoiy jamiyat, agrar hunarmandchilik sivilizatsiyasi, industrial, sanoat sivilizatsiyasi, hozirgi zamon postindustrial yoki informatsion sivilizatsiyalardan iboratdir. Insoniyat jamiyatining industrial, sanoat sivilizatsiyasiga, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o‘tishi ijtimoiy hayotning barcha sohalarida modernizatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelsa, hozirgi zamon postindustrial yoki informatsion sivilizatsiyasining vujudga kelib taraqqiy etishida globallashuv jarayonining ta’siri kattadir. Jamiyat hayotining asta – sekin tadrijiy taraqqiy etib borishi ijtimoiy hayotdagi o‘zgarish, yangilanish, modernizatsiya jarayonlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, globallashuv jarayoni ijtimoiy taraqqiyotning tezlashuviga, iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – mafkuraviy hayot sohalarida turli madaniyatlar o‘zaro ta’sirining kuchayishiga
Доказательный фрагмент
«The article highlights the processes of globalization, the influence of civilizational development on human thought, the development of society, and an important feature of modern civilization.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article highlights the processes of globalization, the influence of civilizational development on human thought, the development of society, and an important feature of modern civilization. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- globalization, communication, civilization, progress, value, culture, globallashuv, sivilizatsiya, kommunikatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025