Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY NAZORAT VA TARTIB YOSHLAR IJTIMOIY BARKAMOLLIGINI TA’MINLASHDA MUHIM ME’ZON
Djurayev Luqmon Narzullayevich · Sattorov Musurmonqul Dostonovich
Журнал универсальных научных исследований · 1 · 2025
Аннотация
Известно, что джадидское движение, которое поставило своей целью не только политическую деятельность, но и повышение уровня образования и воспитания, духовно-просветительское реформирование Туркестанского края, воспитание гармонично развитого поколения, сыграло важную роль в истории народов края. Джадиды выдвинули идею объединения народов Туркестана и борьбы за национальную независимость всего края. Ключевые слова: джадидизм, просветительство, реформы, национальная идеология, причастность к судьбе края, образование и воспитание. Annotation. It is known that the Jadid movement, which set itself the goal of not only political activity, but also the development of education and upbringing, the spiritual and educational reform of the Turkestan region, and the upbringing of a harmoniously developed generation, played an important role in the history of the peoples of the region. The Jadids promoted the idea of uniting the peoples of Turkestan and fighting for the national independence of the entire region. Key words: Jadid, enlightenment. Reforms, national ideology, involvement in the fate of the country, education and upbringing. 381 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Yoshlarning ijtimoiy faolligi jamiyatning boshqa qatlamlari ijtimoiy faolligiday xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu eng avvalo yoshlarning jamiyatda tutgan mavqeining tuliq shakllanmaganligi bilan bogʻliq. Yoshlar ijtimoiy tuzilmalarga kirish, ya’ni ijtimoiylashuv jarayonini boshdan kechiradilar.1 Ijtimoiy faoliyatning har bir sohasida yoshlarning ijtimoiy faolligi oʻziga xos xususiyatga ega. Shundan kelib chiqib, uni bir necha yoʻnalishlarda: iqtisodiy ta’lim, ijtimoiy himoya ma’naviy-axloqiy hayot sohalarida oʻrganish lozim. Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi boʻlishidan, qanday lavozimda ishlashidan qatʼiy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qoʻshishga, zamondan ortda qolmaslikka boʻlgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u oʻzini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Ijtimoiy faollik atamasi ijtimoiy munosabatlarning muayyan tizimida insonlarning intensiv faoliyatini belgilash uchun qanday boʻlsa, uni amalga oshirishga qobiliyatni belgilash uchun ham shunday ishlatiladi. Shunday qobiliyat boʻla turib, ijtimoiy faollik murakkab, integral fazilat sifatida mavjud. U qandaydir alohida xususiyatni, balki hayotiy faoliyat xususiyatlarining butun majmuini ifodalaydi. Ijtimoiy faollik murakkab jarayon boʻlib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. Olib borilgan tadqiqotlar talaba shaxsida ijtimoiy faollik shakllanishi uning ushbu kasbni tanlagan davriga toʻg‘ri kelishini koʻrsatdi. Yoshlar faoliyati deganda, uning ichki va tashqi tendensiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon boʻlishi xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi boʻlib uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat koʻrsatkichdir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatidir. Yoshlar faolligi deb, uning hayotini boshqarish bilan, bog‘liq boʻlgan va qadriyatlarining nomoyon boʻlish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxsi sifati darajasining asosiy ifodasi boʻlib, uning yuksak qadriyatdagi ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat koʻrsatkichidir. Shu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda oʻrganiladi. Shaxsning bunday darajalarda oʻrganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi. Bugun jamiyatimiz hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlar va tub islohotlar jarayoni fuqarolik jamiyati institutlari deya taʼriflanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalaridan ham ijtimoiy faollikni talab etmoqda. Xoʻsh, 1“Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari” Ismailov Berdiyor Rashidovich O’ZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistiri Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021= 5.423. 254-257 b 382 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may ijtimoiy faollik oʻzi nima? Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi boʻlishidan, qanday lavozimda ishlashidan qatʼiy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qoʻshishga, zamondan ortda qolmaslikka boʻlgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u oʻzini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Bugun yurtdoshlarimizning ijtimoiy faollashayotganini koʻrib turibmiz. Ijtimoiy tushkunlik, oʻzgarishlarga, islohotlarga loqaydlik davri oʻtdi, yurtdoshlarimizda tashabbusni, yangilikka boʻlgan intilishlarni guvohimiz. “Ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy faollikni kuchaytirib yubordi”, degan mazmundagi fikrlarni ham m
Доказательный фрагмент
«Известно, что джадидское движение, которое поставило своей целью не только политическую деятельность, но и повышение уровня образования и воспитания, духовно-просветительское реформирование Туркестанского края, воспит…»
Образец извлечения
Демо-превьюИзвестно, что джадидское движение, которое поставило своей целью не только политическую деятельность, но и повышение уровня образования и воспитания, духовно-просветительское реформирование Туркестанского края, воспит… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadid, enlightenment. Reforms, national ideology, involvement in, ma’rifatparvarlik, milliy mafkura, islohat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024