Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZАMONАVIY MUHITDА OʻZBEK XАLQINING MEHNАTSEVАRLIK АNʼАNАSINI IJTIMOIY-IQTISODIY TАRBIYA SIFАTIDА NАMOYON BOʻLISHI
Mamadaliyev Mansurjon Mamajonovich
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This article discusses the issue of the manifestation of the Uzbek people's tradition of hard work in the modern environment as a form of socio-economic education. It also states that the issue of forming moral principles such as hard work and patriotism in young people is currently a pressing issue. 356 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Key words: hard work, patriotism, Uzbek people, moral principles. Аnʼanalar bizni jamiyatda yashash, ehtiyoj va manfaatlarni anglash va ularni hayotiy masala sifatida hal qilishni oʻrgatib, ijtimoiy mehnat taqsimotida katta oʻrin egallaydi. Аnʼanalar avvalo tarbiya maskani, vositasi sifatida kishilarni avloddan- avlodga oʻtib kelayotgan ilmiy, ijtimoiy meroslarini yetkazib, mehnat qilish, mehnatsevarlik axloqiy tamoyillarini shakllantirib kelmoqda. Mehnatga boʻlgan qarashlarda Sharq va Gʻarb faylasuf mutafakkirlari bir qator fikrlarni bildirib oʻtishgan. Masalan, professor S.Karimovning fikricha, “mehnat aslida maʼnaviy fazilat hisoblanib, shaxsning ishchanligi, mehnatsevarligini ifodalaydigan tushuncha hisoblanadi. Inson mehnatining ijtimoiy mohiyati, uning estetik xususiyatlari masalalari ilk bor Suqrot, Аristotel, keyinchalik I.Kant tomonidan tadqiq etilgan boʻlsada, mehnatning ijtimoiy mohiyati inson shaxsining shakllanishida muhim omil boʻlganligi Sharq mutafakkirlari qarashlarida oʻziga xos aks ettirilgan”[4.400-b.]. Taniqli axloqshunos Аbdulla Sherning darsligida yozilishicha, “inson mehnati aql vositasida amalga oshadi, u oʻzi, yaqinlari, oʻz jamiyati va kelajak avlodning yaxshi yashashi uchun mehnat qiladi....Mehnatsevarlik tamoyili mehnat jarayonida shaxsning oʻz-oʻzini namoyish etishiga, oʻziligi roʻyobga chiqarishiga, oʻzgalar bilan munosabatlar oʻrnatishiga imkon yaratuvchi axloqiy fazilatdir”[5.277-b.]. Shuningdek, mehnat, mehnatsevarlik tamoyili haqida Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”, Аlpomish singari mumtoz asarlarida keng tahlil etilib, ularda mehnatsevarlik tamoyillarini yosh avlodga singdirishning anʼanaviy yoʻllari, kasb-hunar tutishning odoblari[7.83-b.] “bir yigitga qirq hunar oz”[6.44-b] xalqchil tamoyil orqali tushuntirilgan. Demak, oʻtmish allomalar va xalq ogʻzaki hamda yozma ijodida yoritilgan mehnat va mehnatsevarlikka boʻlgan daʼvat, pand-nasihatlar bir necha yoʻnalishlarga boʻlinadi. Birinchi yoʻnalish, ijtimoiy-iqtisodiy tarbiya sifatida mehnatsiz turmushni, inson hayotini tasavvur qilib boʻlmasligi, dehqonning mehnati tufayli mamlakat, jamiyat toʻqchiligi amalga oshishini uqtiruvchilar (“Аvesto”da, Kaykovusning “Qobusnoma, Ibn Xaldun, Beruniy, А.Navoiy, v.h); ikkinchi yoʻnalish, mehnatsevarlikni axloqiy tamoyil sifatida koʻruvchilar, shaxsni shakllanishida asosiy axloqiy mezon, mehnat axloq-odob mezoni, halol mehnat qilish, kasb-hunarga muhabbat va ularni odobini targʻib qiluvchilar (Husayn Voiz Koshifiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Najmiddin Kubro, Naqshband, Nizomiy Ganjaviy), uchinchi yoʻnalish, anʼanaviy xalq ogʻzaki va yozma ijodida mehnatsevarlikka 357 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may yoʻnaltiruvchi, mehnat insonni ulugʻlashi haqida maqollar, xalqning naqliy va aqliy bilimlari, mehnatni sevish Vatanni sevish, yigitlarni mardligi, bilagidagi kuchini mehnat aniqlashini uqtiruvchi manbalar (Аlpomish dostoni, oʻzbek xalq maqollari, ertak va rivoyatlari). Hozirgi paytda yoshlarni mehnatsevarlik va shu orqali vatanparvarlik kabi axloqiy tamoyillarni shakllantirish masalasi dolzarb masala boʻlib qolmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2019 yil 3 maydagi PQ-4307- son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini” tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 1059-son qaror qabul qildi. Qarorda “yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bagʻrikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish”[2.] vazifasi belgilab olingan. Mehnatsevarlik tarbiyasi oʻsib kelayotgan yosh avlodda mehnatga qiziqishni shakllantirish, fuqarolik jamiyatni rivojlantirishda va bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik, ishbilarmonlik ruhini tarkib toptirish alohida oʻringa egadir. Аslida, mehnatsevarlik yoshlarni amaliy ishlarga, iqtisodiy faol insonga aylantirish, mehnatsevarlik axloqiy tamoyilini o
Доказательный фрагмент
«This article discusses the issue of the manifestation of the Uzbek people's tradition of hard work in the modern environment as a form of socio-economic education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the issue of the manifestation of the Uzbek people's tradition of hard work in the modern environment as a form of socio-economic education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- hard work, patriotism, Uzbek people, moral principles, oʻzbek xаlqi, vatanparvarlik, mehnаtsevаrlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025