К содержанию
РецензированоRU2025

TA’LIM VA TARBIYA TINCHLIK VA FAROVONLIK ASOSI

Shamsiyev Mirjalol Umirzoqovich

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

Государство несет ответственность за обеспечение благосостояния конкретного народа. В то же время народ, в свою очередь, помогает государству в этом процессе своей реформаторской деятельностью. Главным направлением реформаторской деятельности народа является прежде всего образование и воспитание. Поэтому основа благосостояния определяется рациональной организацией и развитием этого образования и воспитания. Ключевые слова: мир, процветание, безопасность, опасность, защита, духовность, духовное образование. Annotation. The state is responsible for ensuring the welfare of a particular people. At the same time, the people, in turn, help the state in this process with their reformist activities. The main direction of the people's reformist activities is, first of all, education and upbringing. Therefore, the basis of well-being is determined by the rational organization and development of this education and upbringing. Key words: peace, prosperity, security, danger, protection, spirituality, spiritual education. Farovonlik deyilganda ko‘p hollarda jamiyat a’zolarining moddiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi, davlatning o‘z fuqarolariga nisbatan har tomonlama ijtimoiy ta’minot olib borish siyosati tushuniladi. Bir qator xorij manbalarida farovonlik tushunchasi aynan, moddiy ta’minot bilan bog‘liq holatda tushuntirib o‘tiladi. 330 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Jumladan, ingliz enseklopediyasida mazkur tushunchaga quyidagi ta’rif berilgan. “Farovonlik yoki odatda ijtimoiy farovonlik jamiyat a’zolarining oziq-ovqat va boshpana kabi asosiy insoniy ehtiyojlarini qondirishini ta’minlash uchun moʻljallangan davlat yordami turidir”1. Yana bir ta’rifga binoan “Ijtimoiy ta’minot soʻzi oʻz navbatida farovonlik soʻzi bilan sinonim boʻlishi mumkin, yoki u maxsus ijtimoiy sug‘urta dasturlaridan iborat boʻlishi mumkin, ular faqat ilgari oʻz hissalarini qoʻshganlarga (masalan, koʻpchilik pensiya tizimlari) yordam beradilar”2. Ushbu ta’riflarda farovonlik asosan iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq tomonlari ochib beriladi. Ammo “kengroq ma’noda, farovonlik sogʻliqni saqlash, ta’lim, infratuzilma, kasbiy ta'lim va uy-joy qurish kabi bepul yoki subsidiyalangan ijtimoiy xizmatlar orqali farovonlikning asosiy darajasini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham oʻz ichiga qamrab olishi mumkin. Farovon davlatda davlat sogʻliqni saqlash, ta’lim, infratuzilma va jamiyat moddiy fayrovonligi uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga oladi va tavsiflanganlar kabi bir qator ijtimoiy xizmatlarni taqdim etadi”3. Demak, farovonlik deyilganda, ma’lum bir jamiyatning har tomonlama rivojlanganlik, yuksaklik darajasi, ya’ni ta’lim-tarbiya, moddiy va ma’naviy ta’minot, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanganligi nazarda tutiladi. Bunda esa, ya’ni jamiyatdagi farovonlikni ta’minlashda eng asosiy mexanizm davlat hisoblanadi. Demak, ma’lum bir xalqning farovonligini ta’minlashda davlat mas’ul hisoblanadi. Shu bilan birga xalq oʻz navbatida mazkur jarayonda oʻz islohotchilik faoliyati orqali davlatga yordam beradi. Xalqning islohotchilik faoliyatining eng asosiy yoʻnalishi esa eng avvalo ta’lim va tarbiyaga borib taqaladi. Shu boisdan farovonlikning negizi, bu ta’lim va tarviyaning oqilona tashkil etilishi hamda taraqqiyoti bilan belgilanadi. Farovonlikning bir qator turlarini keltirib oʻtish mumkin. Jumladan:  Moddiy, yoki iqtisodiy farovonlik;  Ijtimoiy;  Siyosiy farovonlik;  Milliy farovonlik va h.k. Moddiy farovonlik - jamiyat, ayrim kishilar va ijtimoiy guruxlarning moddiy neʼmatlar bilan taʼminlanganligi, kishilar moddiy ehtiyojlarining qondirilish darajasi 1 „Social welfare program“ (en). Encyclopedia Britannica. 2 David S. Weissbrodt. International Human Rights Law: An Introduction. University of Pennsylvania Press, 2007. – P.130. 3 https://uz.wikipedia.org/wiki/Farovonlik. 331 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may hisoblanadi. Gʻarb mamlakatlari amaliyotida moddiy farovonlik aholi daromaddari darajasi bilan bogʻlanib, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) koʻrsatkichi asosida izohlanadi. Biroq, YAIM mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim koʻrsatkichi boʻlsada, moddiy farovonlikni, uning moddiy asosini aniq va toʻla ifodalamaydi4. Jamiyatning, kishilarning tabiiy va ishlab chiqarilgan moddiy neʼmatlar bilan umuman va aholi jon boshiga taʼminlanganligi ular moddiy farovonligining asosidir. Shuning uchun hozirgi paytda dunyoda har bir mamlakat milliy boyligini, shu jumladan, milliy tabiiy va ishlab chiqarilgan boyligini hisoblashga alohida ahamiyat berilmoqda. Moddiy farovonlikni ta’minlanishida hamda jamiyatda iqtisodiy oʻsish kuzatilishida bugungi

Доказательный фрагмент

«Государство несет ответственность за обеспечение благосостояния конкретного народа.»

Образец извлечения

Демо-превью

Государство несет ответственность за обеспечение благосостояния конкретного народа. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
peace, prosperity, security, danger, protection, spirituality, spiritual, tinchlik, farovonlik, xavfsizlik, xavf-xatar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники