К содержанию
РецензированоEN2025

SPORTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

SPORTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN · Saydullayev Zafar Erkinovich · ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ (oshirish instituti Samarqand filiali o‘qituvchisi) · ТЕХНОЛОГИЙ В СПОРТЕ (oshirish instituti Samarqand filiali o‘qituvchisi)

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

This article describes the scientific and pedagogical issues of using modern information and communication technologies, modern and promising goals in advanced training courses, and pedagogical tools in the process of using information technologies in education. Keywords: sports, information technologies, computer programs, innovative technologies, integration, education. 309 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Sport - bu millatning o‘zligini anglashda, uning aniq maqsadlar sari jipslashuvi va birlashuvida, o‘zidagi bor salohiyatini hamda qudratini jahon uzra namoyon bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, mamlakat sportini rivojlantirish dolzarb va nihoyatda muhim masaladir. Zero, jismonan baquvvat va sog‘lom millat qudratli bo‘ladi, uning davlati har tomonlama mustahkam bo‘lib, buyuk taraqqiyot sari rivojlanib boradi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish odam organizmini har tomonlama jismonan rivojlanishi va mustahkamlanishi, fiziologik funksiyalarning takomillashtirishi va sog‘lomlashtirishga olib keladi. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib о‘rin egallashga intilish yо‘lidagi keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini о‘rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yо‘lga qо‘yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi о‘z samarasini berayotgan bо‘lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat kо‘rsatishni talab etmoqda.[1] Mashgʻulotlar jarayonida yangi texnikalarni doimiy ravishda ishlab chiqish va joriy etish bir necha sabablarga koʻra sportda muvaffaqiyatga erishishning zaruriy shartidir. O‘zbekistonda yangilanish davrida jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzining foydasi va ustunligini keng targ‘ib qilish, mamlakatda yaratilgan jismoniy tarbiya- sog‘lomlashtirish va sport infratuzilmasidan to‘laqonli va samarali foydalanishni ta’minlash masalalari davlatimiz siyosatining ustivor vazifalariga aylandi. Jismoniy tarbiyaning yuqori darajasiga va aholining hayoti sifatiga erishish masalalari strategik vazifaga aylandi va unga mamlakatni barqaror rivojlantirishni amalda ro‘yobga chiqarish doirasida muhim shart sifatida yondashilmoqda. Axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy an’analarni hisobga olgan jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim va o‘quv-mashq jarayonini kompyuterlashtirilishi darajasini oshirish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. [2] 310 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Ushbu maqolaning maqsadi bugungi kunda sportchilarning jismoniy tayyorgarligi va samaradorligini rivojlantirishga katta hissa qoʻshadigan, shuningdek, sport mashgʻulotlarining kelajagini oʻzgartirish potensialini namoyish etuvchi sport mashgʻulotlaridagi innovatsion yondashuvlar va usullarni ta’kidlashdir. Biz mashgʻulotlar jarayoniga joriy etilayotgan ilgʻor innovatsiyalar haqida umumiy ma’lumot berish, ularning ishlash tamoyillari, afzalliklari va sport amaliyotiga ta’sirini tushuntirishni, sport sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-pedagogik masalalari, malaka oshirish kursida zamonaviy va istiqbolli maqsadlar, ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llash jarayonidagi pedagogik vositalarni ishlab chiqish maqsad qilingan. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limi jarayonida tinglovchilarni faqatgina ekrandagi axborotlarni ko‘rishiga va ularni qabul qilishgagina emas, balki ularning o‘zlari ham bu jarayonda ijodiy ishtirok etishlariga o‘rgatishimiz lozim. Ta’limning didaktik xossalari bilan bog‘langan yashirin imkoniyatlar olamini bevosita zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘lash bu malaka oshirish ta’lim sohasida zamonaviy va istiqbolli maqsadlarga ega. Didaktik funksiya sifatida biz o‘quv jarayonda ma’lum bir maqsadlarda qo‘llanilayotgan ta’lim vositalarining tashqi xossalari namoyonini tushunamiz. Bu ularning o‘quv jarayonidagi foydalanish vazifalari, tutgan o‘rni va ahamiyatid

Доказательный фрагмент

«This article describes the scientific and pedagogical issues of using modern information and communication technologies, modern and promising goals in advanced training courses, and pedagogical tools in the process of…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the scientific and pedagogical issues of using modern information and communication technologies, modern and promising goals in advanced training courses, and pedagogical tools in the process of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sports, information technologies, computer programs, innovative, innovatsion texnologiyalar, sport, kompyuter dasturlar, axborot texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники