К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARNI IJTIMOIY MOSLASHUV JARAYONIDA OʻZ-OʻZINI ANGLASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Nazarova Dilnoza Oʻrazaliyevna · Atamuradova Hadiya

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

In preschool age, the child's ideas about himself and his perception of the environment change significantly: he begins to more accurately imagine his 315 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may capabilities, understand how others relate to him, which leads to perception and knowledge of the environment. By the end of preschool age, children develop the initial forms of self-awareness - the child's knowledge and assessment of his qualities, capabilities, and the discovery of his own experiences for himself. Key words: preschool age, environment, educational method, creative thinking, upbringing, knowledge, "I" concept, psychological approach, small groups, educational technology. Bugungi kunda "Men" muammosi tobora dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Bu insonning ahamiyati darajasini, uning zamonamizning muammolarini hal qilish qobiliyati, zamonaviy inson qadriyatlari muammolari bilan belgilash zarurati va nihoyat, oʻzini jamiyatning bir qismi sifatida tarifi bilan chambarchas bogʻliqdir. Bolani ijtimoiy dunyo bilan tanishtirish, boshqa odamlar bilan munosabatlarni oʻrnatish, aksariyat psixologlarning fikriga koʻra, oʻzi haqida gʻoyalarni shakllantirishdan boshlanadi. Oʻzini anglash hamda oʻzini idrok etish muammosi psixologiyada eng qiyin muammolardan biri hisoblanadi. Tadqiqotchilar ta’kidlashlaricha, erta yoshdan boshlab bolalar oʻzlari tanasiga, harakatiga, tashqi koʻrinishiga, shuningdek atrofdagi odamlarga va ularning munosabatlariga alohida qiziqish bilan qarashadi. Oʻzi haqida shakllangan gʻoyalar bolaning odamlar bilan (kattalar va tengdoshlar) munosabatlarining shakllanishiga handa bolalar faoliyatining barcha turlarini rivojlanishiga ta’sir qiladi. Psixologiyada oʻzini anglash hamda oʻzini idrok qilish muammosiga katta e'tibor qaratildi. Psixologlar K.A.Abulxanova, B.G.Ananyeva, A.S.Arsentieva, R.Berns, A.A.Bodaleva, A.V.Ivaschenko, I.S.Kon, K.Levin, A.Maslou, K.Rojers, S.A.Rubinshteyn, A.N.Slavskoy, E.Elkonin va boshqalar shu muammo ustida tadqiqotlar olib bordilar. Maktabgacha yosh - bu inson hayotidagi oʻziga xos davr. Bu davr atrofdagi dunyoni faol bilish vaqti, odamlar oʻrtasidagi munosabatlarning ma’nosi, ob'ektiv va ijtimoiy dunyo tizimidagi oʻzini anglash va idrok etishning rivojlantirish davridir. Maktabgacha yoshda bolaning oʻzi haqidagi gʻoyalari hamda atrofni idrok qilishi sezilarli darajada oʻzgarib boradi: u oʻz imkoniyatlarini yanada toʻgʻri tasavvur qilishni boshlaydi, boshqalarning u bilan qanday munosabatda boʻlishini tushunadi, bu esa atrofni idrok etish va bilishni keltirib chiqaradi. Maktabgacha yoshning oxiriga kelib, bolalarda oʻzini anglashning boshlangʻich shakllari - bolaning bilishi va uning fazilatlari, imkoniyatlarini baholash hamda oʻzi uchun oʻz tajribalarini kashf etish rivojlanadi. D.B.Elkonin ta’kidlashicha maktabgacha 316 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may yoshdagi bola oʻzini boshqalar bilan ajratishdan oʻzini anglashga, ichki hayotini kashf etishga oʻtadi. Bir soʻz bilan aytganda oʻzini idrok eta boshlaydi. Bolani kattalar va tengdoshlari bilan maxsus tashkil etilgan muloqot jarayoniga qoʻshilishi bolalarning oʻzlari haqidagi gʻoyalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Ma’lumki, oʻzini anglash va uning asosida shakllangan oʻzini idrok qilish tushunchasi insonning oʻzi, uning motivlari, fazilatlari, xususiyatlari va shaxsiyatini, barqarorligini va vaqt oʻtishi bilan tuzilishining oʻzgaruvchanligini tavsiflovchi boshqa koʻrinishlarini anglash jarayonidir. Insonning oʻzi haqidagi gʻoyalar yoki ushbu jarayonning mahsuli boʻlgan “Men” konsepsiyasi oʻtmishdan kelajakgacha oʻz vaqtida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Oʻzini idrok etishni shakllantirish gʻoyasi J.Meadning har bir inson tugʻilishidanoq boshqa odamlar, birinchi navbatda, uning ota-onasi oʻrtasidagi munosabatlarning obyekti ekanligi haqidagi gʻoyasiga asoslanadi. Shuning uchun har bir bolaning oʻzini anglashi hamda oʻzini idrok etishining dastlabki shakllari, mohiyatiga koʻra, u tomonidan kattalar bilan aloqa qilish va birgalikdagi faoliyat jarayonida ongsiz ravishda sintez qilinadi. Oʻzining qiyofasi bolalarda bolaning individual tajribasi va boshqa odamlar bilan aloqa qilish tajribasining oʻzaro ta’siri sharoitida shakllanadi. Uch yoshga kelib, koʻplab bolalar oʻzlarining qobiliyatlari toʻgʻrisida juda aniq gʻoyalarga ega boʻladilar, shuning uchun individual tajriba faqat katta yoshdagina hal qiluvchi boʻladi va maktabgacha yoshdagi bolalarda ahamiyatsiz rol oʻynaydi, deb hisoblaydigan tadqiqotchilar fikri tasdiqlanmagan. 3-4 yoshda allaqachon oʻzlarining ayrim imkoniyatlarini mustaqil ravishda baholay oladigan va oʻzla

Доказательный фрагмент

«In preschool age, the child's ideas about himself and his perception of the environment change significantly: he begins to more accurately imagine his 315 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning k…»

Образец извлечения

Демо-превью

In preschool age, the child's ideas about himself and his perception of the environment change significantly: he begins to more accurately imagine his 315 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
preschool age, environment, educational method, creative thinking, ta’lim metodi, maktabgacha yosh, atrof - muhit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники