Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL QILISHDA INTEGRATSION YONDASHUV
QILISHDA INTEGRATSION YONDASHUV · Sodiqova Aziza Hayitovna
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
В этой статье представлен интеграционный подход в начальных классах, основанный на науке о технологиях. В нем освещаются такие показатели, как применимость интеграционного подхода, междисциплинарная интеграция, творческие подходы и практическая значимость. Ключевые слова: интеграционный подход, технологическая наука, компетентностный подход, педагогические требования, технологические навыки, инклюзивное образование, методы обучения Annotation. In this article, the integrative approach in the elementary grades is based on the science of technology. In this, indicators such as the application of an integrative approach, interdisciplinary integration, creative approaches and practical comprehension are covered. Key words: integrative approach, technology science, competence approach, pedagogical requirements, technology skills, inclusive education, educational methods. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida integratsion yondashuvlar asosida dars jarayonlarini tashkil etishga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Integratsion yondashuv, oʻquvchilarning fanlarni chuqurroq tushunishlarini va ular orasidagi oʻzaro bogʻliqliklarni anglashlarini ta’minlaydi. Mamlakatimizning ta’lim sohasidagi islohotlari, jumladan, maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini 261 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may rivojlantirish, oʻqituvchilarning malakasini oshirish, ta’limda integratsion yondashuvni tashkil etish va oʻquvchilarning ta’lim olish sharoitlarini yanada yaxshilash kabi tadbirlar bu jarayonni yanada samarali qilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi, fan va texnika oʻsuvining jadallashuvi, axborotlar texnologiyasining kun sayin keng quloch yoyishi, XXI asrni tinchlik asriga aylantirish uchun insoniyatni yangi xalqlar jamiyatiga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborotlar tizimiga kirib bormoqda. Bunday jamiyatda yashab ketish anchagina tayyorgarlik va katta bilimni talab qiladi”, - degan soʻzlarida kelgusida aynan har tomonlama integrativ bilimli, intellektual yoshlarni tarbiyalash zarurligi e’tirof etiladi. Shu bilan birgalikda, bugungi kun yoshlariga ta’lim va tarbiya berishda shugunning talabiga mos boʻlishi lozimdir. Shuning uchun ham bugun ta’limni rivojlartirish borasida qanday islohotlar olib borilayotgan boʻlsa hammasi yoshlarning intelektual rivojlanishi va sifatli ta’lim olishiga qaratilgandir. Bundan tashqari, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu strategiya, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirish, ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash kabi muhim yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgan e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Bu esa oʻquvchilarning jismonan va ma’nan rivojlanishini ta’minlashda, shuningdek, ularni zamonaviy jamiyatning faol fuqarolari sifatida shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan ushbu oʻzgarishlar, mamlakatimizning kelajakdagi taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi va barkamol avlodni tarbiyalashda yangi imkoniyatlar ochadi. Ushbu maqolaning asosiy mavzusi integratsion yondashuvli ta’lim va uning boshlangʻich sinflar ta’limida qoʻllanilishi. Zamonaviy ta’lim jarayonida boshlangʻich sinflarda darslarni integratsion yondashuvlar asosida tashkil etish tobora ortib bormoqda. Maqolada, texnologiya fani asosida boshlangʻich sinflarga qoʻllaniladigan integratsion yondashuvning afzalliklari, uning oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishdagi roli hamda amaliyotda qoʻllash usullari muhokama qilinadi. Boshlangʻich sinflarda texnologiya fani darslariga integratsion yondashuvni qoʻllash, oʻquvchilarga fanlararo bogʻliqliklarni tushunishda yordam beradi va ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. 262 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Integratsion yondashuv tushunchasini shunga oʻxshash talqin qiladi. L.N.Bakarevaning fikricha, “integratsiya” - fanlarni oʻzaro aloqasi va mazmunan yaqinlashishidir. Integratsiya fanlararo aloqa, oʻqitishni yangi sifat darajaga koʻtaruvchi, ya’ni bir butun “bilimlar monoliti”ni yaratishga imkon beruvchi vosita” deb ta’rif beradi. Integratsion yondashuv, oʻquvchilarni turli fanlarni chuqurroq tushunishlarini va ular orasidagi bogʻliqliklarni anglashlarini ta’minlaydi. Shuningdek, bu yondashuv oʻquvchilarning mustaqil i
Доказательный фрагмент
«В этой статье представлен интеграционный подход в начальных классах, основанный на науке о технологиях.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье представлен интеграционный подход в начальных классах, основанный на науке о технологиях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- integrative approach, technology science, competence approach, texnologiya fani, ompetension yondashuv, integratsion yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025