Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB QILISHDA UMUMKASBIY TAYYORGARLIK FANLARIDAN FOYDALANISH
TAYYORGARLIK FANLARIDAN FOYDALANISH · Mamadiyorov Norbek Quvondiqovich
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
A healthy lifestyle is an important part of human life. It includes not only physical health, but also mental and social well-being. Today, promoting a healthy lifestyle, especially among the younger generation, is one of the important tasks. The role of general vocational training subjects in this process is of particular importance. This article discusses how general vocational training subjects can be used to promote a healthy lifestyle, and the pedagogical conditions for using the opportunities for 267 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may promoting a healthy lifestyle in general vocational training subjects. Key words: general professional, sciences, healthy lifestyle, promotion, opportunity, use, pedagogical conditions. Mamlakatimiz “Yangi O‘zbekiston-Uchinchi renessans sari” g‘oyasi asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bunday sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonlarini bugungi kunning ehtiyojlaridan kelib, tashkil qilish sohaga yangicha fikrlash orqali yondashuvni davrning o‘zi talab qilmoqda. Boshqacha aytganda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasi ko‘p jihatdan jismoniy sog‘lom, ma’naviy yetuk, mustaqil fikrga ega bo‘lgan barkamol avlodning ta’lim va tarbiyasiga bog‘liq. Bu bejiz emas chunki sog‘lom odamdan sog‘lom fikr chiqadi, sog‘lom insonning o‘ziga, oilasiga, jamiyatga foydasi ko‘proq tegishi hech kimga sir emas. Shuningdek inson jismoniy sog‘lom bo‘lgandagina hayotiy go‘zalliklarni to‘la idrok eta oladi, atrof-muhitga ziyraklik bilan qaraydi. Buning uchun badantarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi lozim. Badantarbiya insonni har tomonlama tetiklashtiradi, yangi ishlarga undaydi. Shuning uchun ham ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, iymon e’tiqodi sog‘lom, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nlishlaridan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida qaror va farmonlar qabul qilindi, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2010-sonli qarori bo‘yicha mahallalarda aholi o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy tadbirlarga jalb etishning yangi bosqichlarga olib chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari Prezidentimizning 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-414-sonli qarorida soha uchun malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi 60-sonli Farmonida “Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 2026-yilda 33foizga chiqarish, respublika yoshlari o‘rtasida milliy sport turlarini ommalashtirish, sportning ommaviyligini oshirish maqsadida milliy sport turlarini va 268 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may xalq o‘yinlarini rivojlantirish, yurtimizning chekka hududlarida va qishloqlarida sog‘lomlashtirish ishlarining yanada rivojlantirish, barpo etiladigan har bir “yashil hudud”da yugurish, velosipedda harakatlanish uchun “Salomatlik yo‘laklari” hamda badminton, stritboll va vorkout maydonchalarini tashkil etish kabi vazifalar belgilab berildi. Bu vazifalar bosqicha-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning zamirida millatning genefondini saqlab qolish va sog‘lomlashtirish, milliy mintalitetni tiklash, aholi barcha qatlamlarini sog‘ligini mustahkamlash, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash, sog‘lom fikrli, iqtidor va salohiyatga ega bo‘lgan yoshlarni komil insonlar qilib tarbiyalash vazifalari o‘z aksini topgan. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini jismoniy tarbiya va sport vositalari orqali targ‘ib qilishda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning joylardagi filliallarining alohida o‘rni katta. Bu ta’lim muassasasi o‘z ish faoliyatini O‘zbeliston Respublikasi Vazirlar Mahkamasing 2022-yil 4-iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtrisih chora- tadbirlari to‘g‘risidagi 355-sonli qarori asosida tashkil etib kelinmoqda. Ushbu qarorda: -jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxas
Доказательный фрагмент
«A healthy lifestyle is an important part of human life.»
Образец извлечения
Демо-превьюA healthy lifestyle is an important part of human life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- general professional, sciences, healthy lifestyle, promotion, umumkasbiy, sog‘lom turmush tarzi, fanlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025