К содержанию
РецензированоEN2025

AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH · Isroilov Qobuljon Toshtemirovich · Haydarova Noila Pardaboy qizi · Husanova Mehribon Sherzod qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

The improvement of preparation for professional activity on bases of acmeological approach, development of the personality in training, need of acmeological approach at preparation for professional activity of the personality tasks are displayed in this article. Key words: acmeological approach, professional activity, personality tasks, preparation for professional activity, displayed in this article. 273 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Dunyoning yetakchi mamlakatlarida o‘quv-bilish faoliyatini akmeоlоgik kasbiy yo‘naltirish, oliy ta’lim tаlаbаsining kasbni egallashida akmega yetishi, yuqori malakaga ega bo`lishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bo‘lajak kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni rivojlantirishda akmeоlоgik yоndаshuvdan kengroq foydalanish, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikni modernizatsiyalash, pedagogik kasbiy ta’lim sharoitida raqobatbardosh pedagoglar tayyorlashni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Akmeologik yondashuvni muvaffaqiyatli amalga oshirish, maqsadga yo‘naltirilgan psixologo-pedagogik shartini tashkil etish, (shuningdek, shaxsni akmeologik yo‘naltirishni shakllantiruvchi metodlar va usullar), pedagogik ta’sir yo‘nalishining ijobiyligi o‘zgarishiga rioya etishni ta’minladi. V.D. Shadrikovning e’tirofiga ko‘ra, oliy pedagogik ta’lim tizimi har qanday pedagogni yuksak darajadagi tilni bilish madaniyatiga, o‘z fikr va mulohazalarini aniq va ravon turli til imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda ifodalay bilish, o‘zining predmeti yuzasidan har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lishi va uni o‘qitish usullarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Akmeologiya majmuaviy, integrativ fan sifatida, insonning rivojlanish va tiklanish dinamikasida, shaxs ijodiy potensialida o‘z-o‘zini namoyon etish qonuniyatlari va omillari hamda ta’limiy va kasbiy yutuqlarga erishish yo‘llarini tadqiq etadi. Subyyektning kasbiy faoliyat muammosi akmeologiyada dolzarb hisoblanadi. Kasbiy ta’limning akmeologik modeli shaxsni kasbiy faoliyatga tayyorlashda yangi sifatga erishishga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti, akmeologik yo‘naltirilgan ta’lim yangi integrativ fikrlash usullari, zamonaviy hayotga moslashtirishda va o‘z-o‘zini namoyon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga ega bo‘lgan bo‘lg‘usi mutaxassislarni yaxlit va barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, pedagogik mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy mutaxassisda akmeologik fikrlashni shakllantirish va kreativ faoliyat usullari, innovatsiyaga, muvaffaqiyatga, kasbiy mohirlikka intilish, ijodiy potensialni namoyon etish qobiliyati, akmeologik va umumiy kasbiy madaniyatning zaruriy komponentlari hisoblanadi. Mutaxassislarni tayyorlashning refleksivli o‘z-o‘zini faollashtirish texnologiyasi keng qo‘llaniladi va kasbiy faoliyatni predmetli va ijtimoiy mazmunini yaratish imkonini beradi. Insonni yoshligidanoq ma’lum bir sohaga yo‘naltira oluvchi texnologiyalarning eng birinchisi va muhim mexanizmi – akmeogrammadir. Akmeogramma–shaxsning kasbiylashuvi va muayyan mehnat ob’yektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar sharoit va omillar tizimini 274 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may namoyon etadi. Akmeogramma doim individual bo‘ladi, u shaxsning imkoniyatlari va istiqbollarini, xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Akmeogramma ma’lumotlar bazasi orqali olib boriladi, uning ko‘rsatkichlar mumkin qadar foizlarda belgilanadi. Akmeogramma akmeografik yondashuvning asosiy metodi va u progressiv rivojlanishga hamda shaxsning professionalizmi konkret mehnat sub’yektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar, sharoit va omillar tizimini namoyon etadi. Talabalar akmeogrammasi individual tavsifga ega, rasmiy ravishda bo‘lib, u samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sub’yektning individual “kesimi”ni, uning imkoniyatlari va istiqbollarini, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘zida mujassam etadi. Akmeogramma professiogramma va psixogrammaga nisbatan individuallikning yuqori darajada namoyon etilishi bilan farqlanadi. Akmeogramma talaba faoliyatining barcha jihatlari (kasbiy faoliyatga tayyorgarlik, har kungi munosabat, shaxsiy rivojlanish va faoliyatning umumiy natijasi) hamda bundan kelib chiqib, bo‘lajak kadrning individual psixologik va psixofiziologik xususiyatlariga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladi. Akmeologiya pedagogika bilan hamkorlikda quyidagi uncha oddiy bo‘lmagan masalani yechishi zarur: inson o‘zining hayoti yo‘lida qanday alohida xususiyatga ega bo‘lgan, ta’kidlangandek mikroakmalarga erishib borishi kerakki, ya’ni u kelgusida katta “makroakma”ni hosil qilsin. Shunga ko‘ra, mu

Доказательный фрагмент

«The improvement of preparation for professional activity on bases of acmeological approach, development of the personality in training, need of acmeological approach at preparation for professional activity of the per…»

Образец извлечения

Демо-превью

The improvement of preparation for professional activity on bases of acmeological approach, development of the personality in training, need of acmeological approach at preparation for professional activity of the per… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
acmeological approach, professional activity, personality tasks, akmeologiya, akmeologik qobiliyatlar, akmeologik yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники