К содержанию
РецензированоEN2025

YOSHLARNING MEHNATDAN BEGONALASHUVINI OLDINI OLISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI · Аllabaev Jahongir Djamolidinovich

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

This article reflects the factors of alienation of young people from work in society. In the world, the ongoing alienation, alienation between generations, and the abandonment of people's own mentality, traditions and customs are becoming dangerous today. In addition to involving the younger generation in useful work, meaningfully spending their free time, and providing them with a full-fledged education, it is important to understand the changes in their psyche in a timely manner and be able to correctly direct them. These include the fact that a person finds his 277 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may happiness through honest work, and that work is the key to achieving happiness. Key words: alienation, youth policy, tradition, customs, values, virtual world, dependence, globalization. Mehnatdan begonalashuvni oldini olish bu bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, avvalambor, ishlab chiqarish vositalarini rivojlantirishni, mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini oshirish maqsadida bularning doimiy texnik va texnologik yangilanishini, bu orqali esa sogʻlom raqobatni tashkil etishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish vositalari ularning ishlashi uchun yuqori malakali ishchini talab qiladi, bu esa ishchilar uchun nafaqat har doim yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish uchun, balki ishchilar malakasini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun ham xarajatlar qilish majburiyatini beradi. Bu nafaqat malakalarni oshirishni talab qiladi, shuningdek, ishchilarning mehnat salohiyatining boshqa tarkibiy qismlari: sogʻliqni saqlash, ijtimoiy koʻnikmalar (ayniqsa, muloqot qobiliyatlari), taʼlim va boshqalar bilan bogʻlaydi. Shu boisdan ham Z.R.Xudayberdiev toʻgʻri taʼkidlaganidek, “...innovatsiyalar va yangi gʻoyalarsiz iqtisodiyotning hozirgi rivojini tasavvur etib boʻlmaydi. Jami aholi tarkibida mehnatga layoqat yoshidagilar salmogʻining ortib borishi yoki boqimandalik yuklamasining pasayishi tendentsiyasi kuzatilayotgan bir paytda, bu holat ikki xil oqibatga olib kelishi mumkin: birinchisi – ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻymaslik natijasida ishsizlik muammosi dolzarblik kasb etishi; ikkinchisi – ortib borayotgan mehnatga layoqat yoshidagilardan samarali foydalanish orqali sezilarli iqtisodiy oʻsishga erishish mumkin. Bunda iqtisodiy faol aholi tarkibida mehnatda bandlar ulushini koʻpaytirishga, ularni samarali mehnatda band etishga eʼtibor qaratish talab etiladi va iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish maqsadida mehnat bozorini boshqarish modeli hamda integratsiyalashgan ijtimoiy-iqtisodiy klaster tuzilmasining taklif etilayotgan mexanizmidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi”. Mehnatdan begonalashuvni oldini olishda zamonaviy ishchini nafaqat ishdan keyin sogʻayibgina qolmay, balki yuqori texnologiyali ishlab chiqarish vositalariga yuqori malakali xizmat koʻrsatishni taʼminlash uchun oʻz bilim va madaniy darajasini koʻtarib, toʻliq dam olish imkoniyatiga ega boʻlishi taʼminlanadi. Maʼlum boʻlishicha, ishchilar oʻzlari yaratgan mahsulotni koʻproq olishni boshlaydilar, bu esa maʼlum darajada, ularni mehnatdan begonalashuvini oldini olishga xizmat qiladi. Xodimlar tomonidan olingan mahsulot ulushining oʻsishi korxona va tashkilotlarda ijtimoiy siyosat bogʻliq holda roʻy beradi. Shu boisdan ham ijtimoiy siyosatni olib boradigan kompaniyalar, ishchilarga bepul (yoki sezilarli chegirmalar bilan) taqdim etiladigan 278 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may jamoaviy tovarlarni ishlab chiqarish uchun toʻlash uchun olingan daromadning bir qismini sarflaydilar. Bunday imtiyozlar doirasi ancha keng - korxona yoki tashkilot oshxonasida bepul (yoki qisman toʻlanadigan) ovqatdan tortib, sanatoriyga yoki dam olish uyiga bepul (yoki qisman toʻlanadigan) yoʻllanmalargacha tashkil etiladi. Ishchilarning bunday imtiyozlardan bepul foydalanishi ish vaqtida ularning samaradorligini oshirish uchun mehnat salohiyatini oshirish talab etiladi. Ishchilar mamlakatning mudofaasi, ichki tartibni muhofaza qilish, yongʻin xavfsizligi, jamoat transporti tizimlari, fundamental ilmiy tadqiqotlar, ekologik dasturlar, taʼlim tizimi, sogʻliqni saqlash va boshqalar kabi jamoat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyati koʻlamini kengaytirish jarayonida ijtimoiy mahsulotning katta ulushini olishni boshlaydilar. Soliqqa tortish tizimi orqali esa ijtimoiy mahsulotni qayta taqsimlashni, shu jumladan mamlakat aholisining koʻp qismi tomonidan bepul isteʼmol qilinadigan jamoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni moliyalashtirishni koʻpaytirishni amalga oshiradi. Jamiyat xodimlarning ish sifatlari toʻgʻri shakll

Доказательный фрагмент

«This article reflects the factors of alienation of young people from work in society.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article reflects the factors of alienation of young people from work in society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
alienation, youth policy, tradition, customs, values, virtual world, urf-odat, yoshlar siyosati, anʼana, begonalashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники