Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR TARBIYASIDA TA’LIM JARAYONI AXBOROTLASHUVINING O‘RNI VA ROLI
Xidirov Xoshim Ibodullaevich · Mavlankulov Shoxruz Dilshod o’g’li (Jizzax politexnika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti)
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
The article presents opinions on the place and role of the currently developing information society in the education of youth. Key words: youth, education, information, education, technology, science, development, innovation, technology, artificial intelligence, etc. Hozirgi rivojlangan jamiyat muayyan intellektual salohiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina axborot texnikasi ilmiy taraqqiyotga turtki berishi mumkin. Jamiyatning intellektual salohiyatini shakllantirishda ta’lim tizimi muhim rol o‘ynaydi. O‘z navbatida, fan ta’lim funksiyasini bajaradi. Binobarin, fan bilan ta’lim o‘zaro aloqa qiladi. Bu aloqa shunda namoyon bo‘ladiki, birinchidan, fan yangi bilim ko‘rinishidagi o‘z mahsulini ishlov berish va tarqatish uchun ta’limga taqdim etadi. Ikkinchidan, ta’lim tegishli tarzda o‘qitilgan va tayyorlangan kadrlarni fanga yetkazib beradi. Fan bilan ta’lim o‘rtasida uzviy aloqa mavjudligiga, ular bir- birisiz rivojlana olmasligiga qaramay, fan va ta’lim inson faoliyatining har xil sohalaridir. Xususan, 244 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may mazkur tafovut inson faoliyatining bu ikki o‘zaro bog‘langan, lekin har xil sohalarini axborotlashtirish jarayonida ham namoyon bo‘ladi. Tarix o‘z ta’lim tizimidan kamdan-kam jamiyat qanoatlanganini ko‘rsatadi. Bu ta’limning klassik modeli eskirgan bugungi kunda, ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ta’lim paradigmasini inqilobiy o‘zgartirish, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini vujudga keltirish tendensiyasi tobora kuchayib bormoqda. Hozirgi ta’lim sohasida qarama-qarshi tendensiyalar - jamiyat hayoti va faoliyatida ta’lim rolining o‘sishi hamda ta’lim sohasida inqiroz kuzatilmoqda. Mazkur inqiroz faqat moliyaviy taqchillik bilan emas, balki industrial jamiyatga samarali xizmat ko‘rsatgan ta’lim tizimi axborotlashgan jamiyat talablariga javob bermasligi bilan ham izohlanadi. Darhaqiqat, axborotlashgan jamiyatda ta’lim butunlay boshqacha rol o‘ynaydi. D.Bell o‘zining kelajak jamiyati konsepsiyasida universitetlarni «postindustrial jamiyatning muhim instituti» deb ta’riflagani bejiz emas. So‘nggi yillarda vujudga kelgan ta’lim sotsiologiyasi S.Lipset, R.Nisbet, J.Furaste va boshqalarning shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi hozirgi jamiyatni ichdan qayta qurishiga umid bog‘lamoqda. Ta’lim sohasidagi inqirozning mohiyati va undan chiqish yo‘llari haqidagi har xil qarashlar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, bu muammolarga nisbatan ikki asosiy yondashuvni qayd etishimiz mumkin. Birinchi yondashuv texnokratik xususiyatga ega. U shakllanayotgan axborot jamiyati yangicha tafakkurni, tez o‘zgarayotgan axborot-texnik borliqqa nisbatan munosabatning yangi tipini shakllantirishni taqozo etadi, degan fikrni ilgari suradi. Bu esa, ta’limning mazmuni va metodikasini o‘quvchilarda axborot bilan oqilona ishlash, kompyuter texnologiyalarini bilish, professional-pragmatik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirishni taqozo etadi. Hozirgi ta’lim tizimida hukm surayotgan inqirozdan chiqishga nisbatan ikkinchi yondashuvni insonparvarlikka asoslangan yondashuv deb nomlash mumkin. U inqiroz sabablari va mazmunini ta’limning noinsonparvarlashuvida, industrial va bozor munosabatlarining vositasiga aylanib qolganida ko‘radi. Mazkur konsepsiya nuqtai nazaridan, ta’lim industrial texnokratizm va bozor utilitarizmi (manfaatparastligi) ta’sirida o‘z insonparvarligini yo‘qotadi va tor kasbiy bilim va ko‘nikmalarga manfaatparastlik nuqtai nazaridan (utilitar tarzda) o‘rgatishga aylanadi. Ta’lim tizimini isloh qilish ta’limning mazmunini aktuallashtirish, o‘quv axboroti oqimlarini yaratish, pedagogik mehnatni taqsimlash va birlashtirishning mutlaqo yangi shakllarini amalga joriy 245 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may etishdan tashqari, ta’limni insonparvarlashtirish va kompyuterlashtirishni nazarda tutgan holda: “Bugun ta’lim tizimida yangi gumanistik qadriyatlar, an’anaviy gumanitar fanlar joriy etilmoqda1”. Ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari muhandislar tayyorlashda, ayniqsa yaqqol aks etadi. Ma’lumki, muhandislar mutaxassislarning eng ommaviy guruhini tashkil etadi. Ular ma’lum sabablarga ko‘ra jamiyat hayotining deyarli barcha sohalari bilan bog‘liq. Muhandislik ta’limining haddan tashqari texnikaviylashuvi, uning insonparvarlik jihatiga kam e’tibor berilishi jiddiy kamchiliklardan biridir. Umuman olganda, “Inson shaxsini, uning qobiliyati va ehtiyojlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnik ta’limni noinsonparvarlashgan ta’lim deb bo‘lmaydi. Texnik faoliyat shaxsning insonparvarlashuvi, unda dunyoga faol ijodiy munosabatni
Доказательный фрагмент
«The article presents opinions on the place and role of the currently developing information society in the education of youth.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents opinions on the place and role of the currently developing information society in the education of youth. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- youth, education, information, education, technology, science, tarbiya, axborot, yoshlar, ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026