К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTAB DIREKTORI O‘RINBOSARLARINING BOSHQARUV QOBILIYATLARIGA QO‘YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR VA ULARNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

ULARNING PSIXOLOGIK ASOSLARI · Akilov Faridun Firdavsovich · E-mail: Faridunjon@gmail.com

Журнал универсальных научных исследований · 2023 · 2025

Аннотация

This article broadly covers the modern requirements for the management skills of deputy school principals. It mainly covers the importance of cooperation in certain situations, the ability of the teacher, who largely determines the collaborative activity in the pedagogical process, and the student, who determines and controls his own behavior and behavior in accordance with it, to manage himself, control his own behavior, to educate his own "I", to develop work motives, to show negative attitudes or aggressive reactions, to perceive discomfort in the relationships expressed to him, and the psychological characteristics of the interaction between the teacher, parents and the student. Key words: critical analysis, social cooperation, labor motives, object-subject, constant control of one's own activity, personal position, respondents, psychological factors. Mavzuning dolzarbligi. Maktabda yoshlar xulq-atvorida jinoyat motivlari shakllanishi psixoprofilaktikasining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘spirinlik yoshidagi o‘quv-tarbiya jarayoni ota-ona, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘ziga xos ko‘rinishlarini shakllantirishni taqozo etadi hamda shaxs kamoloti uchun e’tibor talab etadigan muhim bosqich sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi №472-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorning maqsadi aholiga ayniqsa yoshlarga sifatli psixologik xizmat ko‘rsatish, psixologik xizmat faoliyatini boshqarishni muvofiqlashtirish, ta’lim muassasalari bilan profilaktika inspektorlari va jamoat vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, psixologiya maktabini rivojlantirish hamda oliy ta’limda tor ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, psixologik markazlar tashkil etishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazini ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarishni amalga oshiradigan Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish Respublika markaziga aylantirildi. Shunga ko‘ra, o‘quvchilar ta’limi va ularni tarbiyalash, hamda kasbga 197 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may yo‘naltirish jarayonida zaruriy holat sifatida ota-ona, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligini hamda profilaktika inspektorlari va jamoat vakillari shaxsiy pozisiyadan bir qator munosabat tizimi orqali baholashga to‘g‘ri keladi. Bunda, birinchidan, qaysidir o‘rinlarda munosabatning “obyekt-subyekt”, ikkinchidan, "subyekt-obyekt” tizimi ko‘rinish olishi, uchinchidan, "subyekt-subyekt" tizimi tarzida o‘rin egallashi lozim, degan mulohaza bilan ushbu holatni uyg‘unlashtirib olamiz. Ammo pedagogik jarayondagi hamkorlik faoliyatini ko‘p jihatdan belgilovchi pedagog va unga muvofiq o‘z hatti-harakati va xulq-atvorini aniqlovchi, nazorat qiluvchi o‘quvchining ma’lum vaziyatlarda o‘zini boshqarishini, albatta, tadqiq etish maqsadga muvofiq. Biz ushbu holatni pedagogik hamkorlik sharoitida o‘qituvchi bilan o‘quvchi munosabatlarining affektiv jihatlarini tadqiq etishni lozim topdik. Ushbu muammo yuzasidan ayrim psixologik tahlillar beramiz. Bu borada tadqiqot metodikasi sifatida Ch.D.Spilberger-Yu.L.Xaninning o‘z- o‘zini baholash metodikasiga murojaat qildik. Metodika va uning tatbiq etish tartibi va xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan. Ma’lumki, o‘quvchilarni tarbiyalash jarayon murakkab va turli xil vaziyatlarga boydir. Bunda o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchining o‘zaro tushunishi, bir-birini idrok etishi, bir-birini qabul qilish yoki qila olmasligi, yuz beradigan vaziyatlarni haqqoniy baholay olmaslik masalalari, qadriyatlar tizimida anglash mumkin va anglab bo‘lmaydigan hollarni kuzatilishi, empatiyaning yetishmasligi, muloqot maromini belgilay olmaslik, o‘smirning motivasion yo‘nalganligi, dunyoqarashi va maqsadining mos kelmasligi hamda oxir-oqibat shaxsning kamolot darajasi bilan bog‘liq ko‘pgina muammoli jihatlar ko‘zga tashlanadi. Shu sababli ham o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchi hamkorligining psixologik tavsifini muayyan vaqt uchun keskin belgilashning o‘zi ancha munozarali munosabatni keltirib chiqarishini unutmaslik kerak. Shunday ekan, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘zlarini turli vaziyatlarda, xulqiy hamda shaxsiy jabhadan hatti-harakatlarini qanday baholashlari mumkin, degan savol tug‘iladi. Bunda metodikaning shkalalari xususiyati borasidagi mualliflarning fikrlariga yana bir bora to‘xtash orqali asosiy tadqiqot natijalariga murojaat etishga to‘g‘ri keladi. Yu.L.Xaninning ta’kidlashicha, bezovtalanish holati yoki vaziyatli bezovtala

Доказательный фрагмент

«This article broadly covers the modern requirements for the management skills of deputy school principals.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article broadly covers the modern requirements for the management skills of deputy school principals. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
critical analysis, social cooperation, labor motives, object-subject, tanqidiy tahlil, ijtimoiy hamkorlik, mehnat motivlari, obyekt subyekt
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники