Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AYBDORLIK HISSINING NAMOYON BOʻLISHIDA TURLI YOSH DAVRLARINING TUTGAN OʻRNI
DAVRLARINING TUTGAN OʻRNI · Djurakulova Dilfuza Farxadovna · ЧУВСТВА ВИНЫ
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This study examined the psychological basis of guilt at different ages. The formation and manifestation of guilt were analyzed to see how they change with age. The study examined the degree and characteristics of guilt among groups of adolescents, adults, and older adults. Differences between age groups are presented based on statistical analysis and a psychological approach. Key words: Guilt, guilt, shame, conscience, error, fear, aggression, social 215 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may emotion, obligation, self-esteem, self-worth, humiliation, humiliation, regret. Zamonaviy psixologiyada emotsional holatlarning inson ruhiy rivojlanishiga ta’siri keng tadqiq etilmoqda. Ayniqsa, aybdorlik hissi shaxsning axloqiy shakllanishi, ijtimoiy munosabatlari va o‘zini baholash mexanizmlarida markaziy o‘rinni egallaydi. Ushbu emotsional holatning kelib chiqishi, rivojlanish dinamikasi va yoshga qarab o‘zgarishi psixologik jihatdan dolzarb masalalardan biridir. Aybdorlik hissi - bu shaxsning o‘z harakatlarini yoki fikrlarini ijtimoiy yoki axloqiy me’yorlarga zid deb baholashi natijasida yuzaga keladigan salbiy emotsional holatdir. Bu holat shaxsning ichki nazorati, o‘zini tanqid qilish qobiliyati va empatiya darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Turli yosh davrlarida ushbu hissiyot turlicha shakllanadi va ijtimoiy tajriba, madaniy kontekst, tarbiya va individual xususiyatlarga qarab farq qiladi. Shu boisdan, aybdorlik hissining turli yosh bosqichlarida qanday shakllanishi va namoyon bo‘lishini aniqlash, bu jarayonning shaxs rivojiga ta’sirini baholash muhim ilmiy vazifadir. Mavzuning dolzarbligi, bir tomondan, yosh psixologiyasi doirasida emotsional-axloqiy rivojlanish muammolarining o‘rganilishi bilan, ikkinchi tomondan, aybdorlik hissi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy buzilishlarning (masalan, depressiya, nevrozlar) oldini olish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Tadqiqotimizning maqsadi turli yosh davrlarida aybdorlik hissining shakllanish xususiyatlarini aniqlash, uning psixologik asoslarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishdan iboratdir. Ushbu tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda tadqiqotning vazifalarini ham belgilab oldik: - aybdorlik hissining nazariy asoslarini o‘rganish; - turli yosh guruhlarida ushbu hissiyotning namoyon bo‘lish shakllarini aniqlash; - emperik tadqiqot asosida yoshlar o‘rtasida aybdorlik darajasini aniqlovchi statistik tahlil o‘tkazish; - aybdorlik hissining shaxsiy rivojlanishga ta’sirini baholash va psixologik tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotimizning obyekti sifatida turli yosh davridagi shaxslarni (o‘quvchilar, o‘smirlar, kattalar, qariyalar) tanlab oldik hamda tadqiqot predmeti sifatida aybdorlik hissining psixologik xususiyatlari va ularning yoshga bog‘liq o‘zgarishini oʻrganishga harakat qildik. Aybdorlik hissi insoniyat tarixida doimo axloqiy me’yorlar va ijtimoiy 216 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may qadriyatlar bilan bog‘liq holda shakllanib kelgan. Psixologiyada bu hissiyot ko‘pincha “normativ emotsiya” sifatida talqin etiladi, ya’ni bu hissiyot shaxsning o‘z xatti- harakatlarini axloqiy jihatdan baholashiga sabab bo‘ladi. Aybdorlik shaxsda o‘zini nazorat qilish, ijtimoiy mas’uliyatni his etish, boshqalar bilan munosabatda halollikni saqlash kabi muhim funksiyalarni bajaradi. Psixoanalitik yondashuvda aybdorlik hissi superego - ichki senzura orqali paydo bo‘ladi. Superego shaxsga jamiyat me’yorlariga zid harakat qilganini eslatib, unga nisbatan salbiy emotsiyalar uyg‘otadi. Ijtimoiy kognitiv nazariyada esa aybdorlik hissi ichki o‘z-o‘zini baholash tizimi orqali vujudga keladi va o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Tangney va Dearing (2002) aybdorlikni uyat hissidan farqlaydi. Aybdorlik - bu "men noto‘g‘ri ish qildim", uyat esa "men yaramasman" degan ichki monolog asosida shakllanadi. Aybdorlik, o‘z navbatida, konstruktiv (xatti-harakatni tuzatishga yo‘naltirilgan) va destruktiv (o‘zini jazolash, o‘zini past baholashga olib keluvchi) shakllarga ega. Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasida aybdorlik hissining shakllanishi ayniqsa bolalik va o‘smirlik davrlarida muhim bosqichlardan biri sifatida tasvirlanadi. 3-6 yosh oralig‘ida bola tashabbus ko‘rsatishga intiladi, biroq bu harakatlar salbiy baholansa, unda "aybdorlik" hissi shakllanadi. Ushbu hissiyotning salbiy tajribasi bolaning ijtimoiy faolligini pasaytirishi, o‘zini inkor qilishga olib kelishi mumkin. O‘smirlik davrida shaxs o‘z “Men” konsepsiyasini shakllantiradi. Aybdorlik hissi bu bosqichda ichki axloqiy me’yorlarning mustahkamlanishiga xizmat qilishi mumkin. Ayni vaqtda bu davrda destruktiv aybdorlik de
Доказательный фрагмент
«This study examined the psychological basis of guilt at different ages.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis study examined the psychological basis of guilt at different ages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Guilt, guilt, shame, conscience, error, fear, aggression, social, vijdon, ayb, aybdorlik hissi, uyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025