Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARNI ESTETIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA SPORT MUSOBOQALARINING AHAMIYATI
MUSOBOQALARINING AHAMIYATI · Dustov Jonibek Amriddinovich
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
Information is provided on the importance of sports competitions in the development of students' aesthetic thinking. Key words: sports, aesthetics, means, professionalism, quality, development, competition, technique, technology. Bugungi kunda ijtimoiy borliq, institutitsional yangilanishlar va modernizatsiyalash inson organizmidan o‘zgarishlarga moslashib yashashni taqozo qilmoqda. Jismonan baquvvat va chaqqon organizm ijtimoiy yukka, o‘zgarishlar dinamikasiga moslashishi mumkin, aks holda stress va depressiya real voqelikka aylanadi, inson bu holatlarda uzoq qololmaydi. Maxsus tadqiqotlar ko‘rsatadiki, stress va depressiya holatlari kishilar bilan ishlovchi sohalarda, ayniqsa o‘qituvchilar, rahbarlar, boshqaruvdagi kadrlar orasida keng uchraydi1. Intellektual faoliyat bilan shug‘ullanish inson organizmida psixologik zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi, gipodinamiyani avj oldiradi. Texnika va texnologiyalar asri bo‘lgan hozirgi davr intellektual mehnatni qo‘llab-quvvatlar ekan, 179 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may shu bilan birga ruhiy zo‘riqishdek stress va depressiyaga mubtalolikni avj oldirmoqda. Bu salbiy hodisalarning fojialarni keltirib chiqarmasligining eng samarali yo‘li mehnat turini almashtirib turish, ya’ni aqliy mehnatdan jismoniy mashqlarga, jismoniy mehnatdan aqliy izlanishlarga o‘tishdir. Intellektual rivojlanish bizning realligimiz, demak, ushbu reallikni jismoniy madaniyat bilan boyitish salomat yashashimiz va uzoq umr ko‘rishimiz kafoldatidir. Milliy o‘yinlarga bolalarning chillak, varak uchirish, kim o‘zdi, kuch sinashish, bekinmachoq, oq terakmi ko‘k terak, besh tosh, arg‘imchoq uchish kabilar ham kiradi. Ular bolalarda chaqqonlikni tarbiyalaydi, mushaklarini chiniqtiradi, musobaqalarda qatnashish ko‘nikmasini shakllantiradi. Sport ham oʻz jozibadorligi bilan jamiyat estetik ehtiyojlarini qondirib kelmoqda. “Sport bu faqatgina biologik funksiya emas, balki estetik tafakkur asosida tahlil qilinadigan madaniy hodisadir. Sport insoniyat madaniy sivilizatsiyasi davomida oʻz konsepsiyasini yaratib, jamiyatning muhim birlamchi faoliyati boʻlib ulgurdi”. Qiziqarli tarixiy sport materiallari, sport hayotidan yorqin holatlar, sport mavzusidagi taassurot qoldiradigan san’at asarlari, voqealarni qamrab oluvchi kaleydoskop. Ushbu mavzudagi qiziqarli materiallar o‘smirlarning sport estetikasiga bo‘lgan qiziqishning manbai bo‘lishi mumkin. “Jismoniy tarbiya darslari hamda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘smirlarni estetik tarbiyalashning muhim shartlaridan biri ularda sport estetikasiga qiziqishni ehtiyoj darajasigacha ko‘tarishdir. Shu bilan birga o‘smirlar hayoti va faoliyati - ning barcha tomonlarini qamrab olish uchun ma’naviy - estetik va albatta jismoniy qobiliyatni rivojlantirish imkoniyatlari berilishi lozim. Zero, jismoniy tarbiya vositasida estetik tarbiyalash bir yoqlamalikni emas, balki barkamollikni shakllantirishga qaratilgan barcha omillarni ishga solishni nazarda tutadi. Sport estetikasiga qiziqishni tarkib toptirish bir qator hissiy omillar - hissiy fon, hissiy muhit, hissiy bilish, materialni o‘smirlar shaxsining hissiy - bilish sohasiga ta’sir etishini, birinchi navbatda, ijtimoiy- shaxsni yo‘naltirilganligining hissiy motivatsion ta’sir etishini talab etadi. Sport estetikasiga bo‘lgan qiziqish sportning istalgan turida sport estetikasini idrok etish va baholash, estetik ifoda elementlari bo‘yicha mashqlar, harakatlar bajarish, egallangan ko‘nikma va malakalrni qo‘llash bilan faollashtiriladi. Bu yerda ishtiyoq muayyan psixologik-pedagogik ta’sir ostida paydo bo‘lgan qiziqish sifatida faollashadi va barqarorlashadi. Qiziqishni ma’no, psixologik va ijtimoiy tushuncha sifatida ko‘rib chiqish, uning 180 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may xususiyatlari, mazmuni va tavsifi, turlari hamda funksionalligini o‘rganish asosida sport estetikasiga nisbatan tavsifni shakllantiramiz”. Bu sportga yaxlit holda, jumladan, estetik qiziqish ob’ektni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga, o‘zini namoyon etishga, qaror toptirishga bundan kuvonch va rohat olishga (hissiy - ijtimoy o‘zini namoyon etish) bo‘lgan tashkiliy - irodaviy intilishdir. Hali jismoniy mashg‘ulotlarda, tanlagan sport turlarida egallagan mahorati sport bilimlar, ko‘nikma va malakalarni yanada oshirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyatning mavjudligi ham shaxsni o‘zining tashqi go‘zalligini oshirishga bo‘lgan ongli tarzda kechuvchi faoliyat turi sifatida sport estetikasining tasnifi tariqasida talqin etishlishi mumkin. Ana shunday talqindan kelib chiqqan holda sport estetikasiga bo‘lgan qiziqishning asosiy ko‘rsatkichlari aniklandi: hissiy-ijobiy, ijtimoiy — shaxsi
Доказательный фрагмент
«Information is provided on the importance of sports competitions in the development of students' aesthetic thinking.»
Образец извлечения
Демо-превьюInformation is provided on the importance of sports competitions in the development of students' aesthetic thinking. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sports, aesthetics, means, professionalism, quality, development, vosita, estetika, sport, kasbiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025