К содержанию
РецензированоEN2025

RAHBARGA XOS XUSUSIYATLAR YUSUF XOS HOJIB TALQINIDA

Abduraxmonov Is’hoq · Toshtemirova Rayxona

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

This article presents a methodological analysis of the moral and philosophical ideas, particularly those related to professional ethics, in Yusuf Khass Hajib's work "Kutadgu Bilig." The article also highlights the scientific significance of a rational approach in describing the qualities of a leader. Key words: Yusuf Khass Hajib, "Kutadgu Bilig," morality, etiquette, knowledge, perception, intellect, thinking, logical thinking, leader, rationality. Kishilik sivilizatsiyasi va madaniyatining ilk o‘choqlaridan hisoblangan Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlarning o‘lmas asarlari ming yillar davomida bashariyat ma’naviy taraqiyotida mayoq vazifasini bajarib kelmoqda. Ular tomonidan yaratilgan tabiiy, ilmiy fanlarga oid kashfiyotlar zamonaviy ilm- fanning poydevorini tashkil etgan boʻlsa, sharqona axloq-odobga doir ishlab chiqilgan 182 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may ta’limotlar komil insonni tarbiyalashda hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ming yillardan buyon sharqona tarbiyaning nazariy asosi bo‘lgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asari ham shunday ma’naviy meros sifatida turkiy xalqlar tafakkuri xazinasining noyob durdonasi, odob-axloq falsafasining qomusi hisoblanadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Turkiy xalqlarning ulug‘ shoiri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida ham insonning bilim quvvati va aqliy salohiyati behad ulug‘lanadi”[1.133]. Axloq-odob falsafasining qomusi hisoblangan mazkur asar insoniylikning go‘zal xislatlari: halollik, diyonatlilik, oqilonalik tarannum etiladi. Bizningcha, asarning ilmiy ahamiyati uni ratsional mantiqiylik tamoyiliga asoslanganligidadir. Alloma o‘zining axloqiy-falsafiy qarashlarida kasb etikasiga alohida e’tibor qaratar ekan, rahbarning xarizmatik xislatlarini batafsil yoritib beradi. Avvalo, Yusuf Xos Hojib rahbarlik ilmi mavjudligini hamda uning talablarini ratsional o‘zlashtirib olish lozimligini quyidagicha bayon etadi: Rahbarlik rahbarga erur kasb-u kor. Rahbarlik bilimin bilsin kim sardor[2.170]. Alloma nafaqat rahbarlar, balki barcha insonlarningg ulug‘ligi bilim bilan belgilanishini ta’kidlar ekan, idrok va ma’rifat har qanday jumboq, tugunlarni hal qilish vositasi ekanligini uqtiradi. U idrok, bilimli boʻlmog‘i lozim Xushxulqlik, ahillik qilmog‘i lozim[2.171]. Bilim-la qoʻzg‘atur ish boshin kishi Uquv-la ish tutsa, boʻlmas tashvishi[2.172]. Kimda-kim boʻlsa gar oqil tadbirkor, Inson bil, sen uning orqasidan bor[2.173]. Rahbarlar obroʻsiga putur yetkazadigan salbiy illatlar: besabrlik, shoshqaloqlik - bilimsizlikning oqibati ekanligini quyidagicha bayon etadi: Besabrlik har ish dushmanidir bil Bek bo‘lsa besabr, boq yuzi zahil Shoshqaloq yengil ta’b badfe’l, jahldor Bari bu belgilar bilimsizda bor. Toʻg‘ri yur koʻzi toʻq yat-orli boʻl Soʻz amalda, ochiq, nur yuzli boʻl[2.173]. Darhaqiqat, Yusuf Xos Hojib ta’kidlaganidek, vazminlik, bosiqlik, sermulohazalik, vaziyatni dastlab toʻg‘ri baholash va qaror qabul qilishda mantiqiy- tanqidiy ratsional yondashish rahbar xarizmasiga xos bo‘lgan asosiy xislatdir. 183 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Andisha kabi axloqiy fazilatlarni rahbar uchun ahamiyatini alohida ta’kidlar ekan, shunday deydi: Kim boʻlsa andisha, orli, xulqli, xush, Qoʻlidan kelmas hech nojoʻya yumush. Har kimga andisha, fazilat bergay, U Haqdan baxt- davlat e’zoz ham ko‘rgay. Yomondan tiyguvchi andisha bilsang, Andisha yoʻl boshlar, yaxshilik qilsang. Ko‘ngil, til, fe’lda rost bo‘lmasa rahbar U eldan baxt qochar, har qancha qaytar[2.176]. Yusuf Xos Hojib rahbarga xos bo‘lgan fazilatlarni alohida bayon etar ekan, qat’iyatlilik, ziyraklik, irodalilik va bir soʻzli bo‘lish rahbarning asosiy fazilatlaridan biri ekanligini quyidagicha bayon etadi: So‘zdan qaytgan bekni rahbar deb yursa, Hayoting ishonib, so‘ng afsus ko‘rma. Rahbarga hushyorlik, ziyraklik lozim G‘ofil bek el-yurt g‘amga mulozim[2.177]. G‘ofillik va zulmni rahbar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan illatlarni bayon etar ekan, shunday deydi: Ikki ish-la rahbar el xalqni buzar, Egri yoʻl tortib, pok, chin yo‘ldan ozar. Bu ishning biri- zulm, biri - g‘ofillik, El uchun ikkisi yomon - johillik[2.177]. G‘ofil rahbarning hech ishi bitganmas, Rahbarligi uzoq zamon ketganmas[2.178]. Rahbar xarizmasiga xos fazilatlarni bayon etar ekan, jismonan sog‘lomlik, jasurlik hamda muruvvatlilik, saxovat va himmat kabi axloqiy fazilatlar muhim ahamiyat kasb etishini quyidagicha tushuntiradi: Uzoq rahbar bo‘lay desang, ey dono, To‘g‘ri siyosat qil, elga bo‘l oshno[2.178]. Rahbar bo‘lsin dono, jasur, salomat, Jasurlar dushmanga solar qiyomat. El boshlar rahbarga muruvvat lozim, Himmatli bo‘lsin

Доказательный фрагмент

«This article presents a methodological analysis of the moral and philosophical ideas, particularly those related to professional ethics, in Yusuf Khass Hajib's work "Kutadgu Bilig." The article also highlights the sci…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents a methodological analysis of the moral and philosophical ideas, particularly those related to professional ethics, in Yusuf Khass Hajib's work "Kutadgu Bilig." The article also highlights the sci… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Yusuf Khass Hajib, "Kutadgu Bilig, " morality, etiquette, Yusuf Xos Hojib, odob, “Qutadg‘u bilig”, axloq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники